WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

KL Bird Park

quş

KL Bird Park - Kuala Lumpurdagi quşlar parki bölib, maşhur turistik makonlardan biri hisoblanadi. Bu yerga yiliga 200 mingdan ortiq sayyoh taşrif buyuradi. Parkda 200 turdan ortiq 3000 taça quşlar mavjud bölib, ularning 90% mahalliy quşlar va 10% çetdan olib kelingan. Parkning öziga xosligi şundaki - aksariyat quşlar uçun qafaslar yöq, ular boğda uçib yurişadi yoki yerda odamlar orasida aylanib yurişadi! Boğning tepa qismi tör bilan yopib qöyilgan xolos.

Boğga kiriş uçun kattalarga $16 tölanadi. 3 yoşgaça bolalarga bepul. Hamma yerda bölgani singari bu yerda ham Mastercard va Visa kartalari ötadi.

Boğga kiraverişda tötilar qafasiga közingiz tuşadi. Qafas ham kattagina:

tötilar ini

Quşlar mehmon quruq kelmasligiga umid qilib, oldingizga kelib olişadi.

tötilar

Öğlim Zokirjon uçun hamma quşlar “ququ” hisoblanişi sababli, tötiquşlarning farqiga borganiga şubha qilaman :)

zokir töti köryapti

KL Bird Park aslida katta boğ, har xil daraxtlar bor. Kirişda xarita berişdi, lekin xaritasiz ham adaşib qolmadik.

kl bird park

Quyidagi quşni köp uçratdik. Nomini bilmaymiz, begonalarni öqrayib kuzatib turardi: :)

quş

quş

Quşlar şunçaki oldingizda sayr qilib yurişadi:

Zokir va tovuslar

Qiziq, yomon hid yöq (tuyaquşlarni hisobga olmaganda), hammayoq top-toza. KL Bird Park hodimlari qanday qilib buning uddasidan çiqişgan ekan?

tovus

quş

quş

laylak

Parkda tovuslar köp edi.

tovus

tovus

tovuslar

Nima uçundir oq tovuslar qafasda:

oq tovus

Boyöğlilar:

boyöğli

boyöğli

Quşlar papaya mevasini tanavvul qilişmoqda:

quşlar

Bu quş şunçalik jiddiyki, haqiqiyligini biliş uçun qölimni dumiga olib bormagunimça qimirlamadi ham:

quş

Tuyaquşlar:

tuyaquş

Ular şunçalik kattaki, ustiga minib sayr qilib kelsa böladi :)

tuyaquşlar

tuyaquş

Mana biz ;-)

Zokir va Şerzod

Tötiquşlar:

quşlar

quş

Laylaklar:

laylaklar

quş

quş

quş

laylak

Plyaj ;-)

quşlar plyaji

quş

quş

Ördaklar uçun alohida katak qilingan. Ular suzadigan basseynda turli xil baliqlar mavjud:

baliqlar

Maxsus avtomat-budkalarda baliqlar va quşlarni ovqatlantiriş uçun 50 sentga oziq-ovqat sotiladi. Şunday qilib park hodimlari ham foyda körişadi, ham jonzotlarning qorni töyadi. Ajoyib öylangan marketing!

baliqlar

quş

Bular bulbul ekan:

bulbul

Şallaqi tötiquşlar:

töti

töti

şarşara

Yomğir yoğmayapti, şarşara ostida turibmiz. Mana öxşa şarşara:

şarşara

şarşara

Bu yerda ham baliqlar suzib yuradi. Sun'iy park tabiat bilan uyğunlaşib ketgan:

şarşara

sun'iy köl

Quşlar inkubatorlar yordamida köpaytirilar ekan. Jöjalar:

jöjalar

Ekskursiya 2 soatga yaqin davom etdi. Park yopilişiga yaqin u yerni tark etdik. Oldinda bizni Aquaria KLCC (Okeanarium) kutib turardi...