Bangkokdagi hayot. Bir haftadan so’ng.

Bangkokdagi birinchi hafta ham o’tdi. Bu vaqt orasida hayotimda quyidagi o’zgarishlar bo’lib o’tdi:

  • Ko’chada pishiriladigan taomlarga ancha o’rganib qoldim. Barbekyuda pishiriladigan baliqning mazasi ajoyib!
  • Tuk-tukga (3 g’ildirakli avtomobil-taksi) va motobaykga o’tirdim. Motobayk-taksi tirbandlikda doim yo’lini topib ketadi!
  • Sal bo’lmasa 3-kuni ko’chada qolishim mumkin edi! Airbnb hodimi yordam berdi va kupon taqdim etdi (bu haqida keyinroq batafsil yozaman).
  • Kompaniyaning deyarli barcha qoidalarini buzishga ulgurdim (ertalab kech qoldim, obeddan keyin 1 soat kech qoldim, telefon o’ynadim va h.k.). Baxtimga yangi hodimni tushunishyapti va qo’llab quvvatlashmoqda.
  • Laosga rejalashtirilgan viza-ran sayohat bekor qilindi. Menimcha biznes-viza uchun Kuala-Lumpurga uchsam kerak. Keyingi haftada ma’lum bo’ladi. Kompaniya barcha sayohatlarni to’lamoqda.
    Hamkasblar haligacha ismimni to’g’ri talaffuz qilishni o’rgana olishmadi. Hattoki «Sher» deb chaqirishlariga rozi bo’lsam ham foyda bermayapti. «Sha», «She», «Shi»… g’alati eshitilyapti.
  • Ingliz tilining turli xil talaffuzlarini o’rganyapman, ko’proq fransuzcha va taycha talaffuzlarni. Bosh dasturchimiz – fransuz.