WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Taylandga aeroportda viza oliş tartibi (Visa on Arrival)

Thailand Visa onr arrival

Taylandga 2 haftagaça dam olişga ketayotganlar uçun, Taylandning Özbekistondagi konsulligida turistik viza rasmiylaştiriş, viza tayyor bölişini bir hafta kutiş zarur emas, Taylanddagi aeroportning özida vizani rasmiylastiriş mumkin. Visa on arrival (VOA) - Ukraina, Özbekiston, Qozoğiston va yana 18 ta davlat fuqarolariga beriladi va 15 kungaça amal qilinadi.

Qayerda viza rasmiylaştiriladi?

Agar siz haftasiga 4 marta qatnaydigan Toşkent-Bangkok yönalişlaridan birida Taylandga keladigan bölsangiz, Suvarnabhumi aeroportida "Visa on arrival" punktiga borasiz. Taylandning boşqa xalqaro aeroportlari - Dong Muang (Bangkok), Utapao (Pattaya), Pxuket va Çiang May aeroportlarida ham VOA punktlari mavjud.

Viza oliş uçun nimalar kerak?

  1. Amal qiliş muddati 6 oydan kam bölmagan hamda kamida 3ta böş sahifasi bor biometrik pasport.
  2. 2ta 4x6 rasm. Aslida 3.5x4.5 hajmdagi rasm ham yetarli böladi.
  3. Qaytiş çiptasi. Sizda Taylanddan 14 kun içida çiqib ketiş çiptasi bölişi zarur.
  4. Mehmonxona yoki Airbnb orqali band qilingan hamda ijara puli tölangan joy haqida ma'lumot. Qalbakilaştirişning foydasi yöq, baribir tekşirişadi. Ijaraçining töliq ismi va telefon raqami, mehmonxona manzili TM.6 va TM.88 formalarida kiritiladi.
  5. Viza narxi kattayu-kiçik uçun bir xil - 2000 bat (~$65). Narx dam oliş mavsumiga qarab 1000 batga tuşişi mumkin. VOA punktiga borişda, yölda pul almaştiriş şahobçalaridan AQŞ dollarini Tayland pul birligi - batga almaştirişingiz kerak böladi. Barça dollaringizni almaştirmang, odatda aeroportda eng past kurs böladi. Şuningdek Mastercard/Viza öqiydigan va bat beradigan bankomatlar ham mavjud.
  6. Dam oliş uçun pul. 1 kişi uçun 10 000 bat ($330) yoki oila uçun 20 000 ($660) bat. Menda söraşmadi, lekin körsatişni talab qilişlari ham mumkin.
  7. Qöniş taloni (Посадочный талон). Toşkentda siz olgan talonning özingizda qolgan bir qismi. Yöqotmaslik uçun, pasportingiz orasiga solib yuriş tavsiya etiladi.
  8. Töldirilgan TM.6 migratsion karta. Aslida samolyotda berilişi kerak, lekin Uzbekistan Airways samolyotlarida bermasliklari ham mumkin. U holda, Tayland aeroportida "Passport control" yaqinidagi hodimlardan TM.6 card yoki "Arrival/Departure card" deb suriştirasiz.

Arrival/departure card Arrival/departure card 9. Töldirilgan TM.88 forma.

viza on arrival form Visa on arrival form

Vizani oliş tartibi

Dastlab immigratsion nazorat ofitseri siz töldirgan 2ta formani tekşirib beradi, kamçilik joyi bölsa yoki boşqa hujjatlar yetarli bölmasa töldirib kelişga qaytarib yuboradi. Ofitserga 2 xil navbat bor: oddiy va tezkor. Tezkor navbatda deyarli odam bölmaydi, oddiy navbatda esa örtaça yarim soatlik navbat bölişi mumkin. Hujjatlar tekşirib bölingaç nomerli talon beriladi. Talon bilan 20 daqiqagaça viza tayyor bölişini kutiladi. Odatda 10 daqiqaga qolmasdan talondagi nomerni aytib çaqirişadi. Viza urilgan pasportni olgaç, pasport nazorati ofitseriga borasiz va u pasportga ştamp urib beradi.