Taylandga turistik viza oliş tartibi

Agar siz Taylandga 2 haftadan köp muddatga bormoqçi bölsangiz, oldindan turistik viza'ni Taylandning Özbekistondagi konsulligida rasmiylaştiriş kerak böladi. Töğri va barça yiğilgan hujjatlar viza oliş vaqtini kamaytiradi.
2 haftagaça dam olişga borayotgan bölsangiz, Taylanddagi aeroportda "Visa on Arrival" viza oliş varianti ham bor.
Turistik vizaning aeroportda olinadigan vizadan afzalliklari:
- arzon - $40 bir kişi uçun
- 3 oygaça Taylandda qoliş mumkin
Kamçiliklari:
- viza oliş 1 hafta 10 kungaça çözilib ketişi mumkin.
- qöşimça byurokratik hujjatlar yiğiş
Qayerda vizani rasmiylaştiriladi?
Taylandning Özbekistondagi konsulligida. Manzil: Toşkent şahri, Zulfiyaxonim köçasi, 1A uy. Möljal: Labzak, UMS ofisi yonida. Tel: +998 71 2418289 Hujjatlarni qabul qiliş: Duşanba-Juma 10:00-12:30. Hujjatlarni beriş: Duşanba-Juma 15:00-17:00 Vizaning tayyor böliş muddati: 5 iş kunigaça
Viza oliş uçun nimalar kerak?
- Iş joyidan lavozim va oylik maoş körsatilgan ma'lumotnoma; işsizlar uçun mahalladan ma'lumotnoma - ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak
- Har bir odam uçun bankdagi hisob raqamida kamida $800 borligi haqida bankdan ma'lumot noma - rus/özbek tilida berilgan bölsa, ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak; homiyning kafolat xati; nikoh qayd etilganligi haqida ma'lumotnoma.
- $40 konsullik yiğimi. Vizani tezkor rasmiylaştiriş uçun konsullik yiğimi $70 böladi.
- Mehmonxonadan taklifnoma yoki vauçer. Airbnbda joy band qilinganligi haqida ingliz tilida ma'lumot ham yetarli böladi.
- Boriş va qaytiş aviabiletlari nusxasi
- 1ta 3.5x4.5 rasm
- Amal qiliş muddati 6 oydan kam bölmagan pasport + pasport nusxasi
- Tibbiy suğurta - ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak
- Töldirilgan anketa (ingliz tilida töldiriladi)
Tayland turistik viza formasi
Bolalar uçun qöşimça:
- Tuğilganlik haqida guvohnoma - ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak
- Bola otasi yoki onasi bilan sayohat bölsa, onasi yoki otasidan rozilik xati - ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak. Qarindoşlari bilan sayohatga çiqsa ota-onasidan rozilik xati kerak böladi
- 1 ta 3.5x4.5 rasm
- Maktabdan ma'lumotnoma - ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlanişi kerak
Turistik vizani agar Taylandga qöşni bölgan davlatlardagi Tayland elçixonalaridan birida oladigan bölsangiz, kamroq hujjatlar talab etiladi:
- Mehmonxonadan taklifnoma yoki vauçer. Joy band qilinganligi haqida ingliz tilida ma'lumot ham yetarli böladi.
- Boriş va qaytiş aviabiletlari nusxasi
- 1 ta 3.5x4.5 rasm
- Amal qiliş muddati 6 oydan kam bölmagan pasport + pasport nusxasi
- $40 konsullik yiğimi
- Töldirilgan anketa (ingliz tilida töldiriladi)
Elçixonalarda beriladigan viza 1.5 iş kunida tayyor böladi. Masalan duşanba kuni 9:30 dan 11:30 gaça hujjat topşirsangiz, ertasiga 14:30 dan 16:30 gaça bölgan muddatda olişingiz mumkin. Elçixonada odam köp böladi va uzun navbatlar hosil böliş ehtimoli katta. Men turistik vizani olgan Kuala Lumpurdagi elçixonada, 2-bölib kiriş uçun ertalab soat 8 da borgan edim :) Viza urilgan pasportni oliş uçun ham navbat katta, lekin bunda navbat tez keladi (~ 30 daqiqada).