Taylandda Islom dini XX asr ikkinchi yarmidan boshlab kengayib bormoqda va u buddizmdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Musulmonlarni Taylandga ko’chib kelgan malayziyaliklar, pokistonliklar, tamil, panjob, va qo’shni Kambodjadan kelgan chami-qochoqlar tashkil qiladi. Bundan tashqari afrika davlatlaridan ham ko’chib kelgan qora tanli musulmon ahli ham mavjud.
Taylandda islom bir xilda tarqalmagan. Umumiy hisobda aholining 7% musulmonlar bo’lsa, Narathivat viloyatidagi aholining 82% qismi musulmonlardan iborat. Tayland tomonidan egallab olingan Patani sultonligining asosiy dini islom dini bo’lgan. Janubdagi 4 viloyat – Narathivat, Yala, Pattani va Satunda musulmon malayziyaliklar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Mamlakatda masjidlar faol darajada qurilmoqda. 2000-yildan boshlab ularning soni 2000 dan oshdi. Shuningdek yangi madrasalar qurilmoqda, sababi musulmonlarning soni bir necha sabablarga ko’ra ortyapti:
- islom ijtimoiy tenglikni ta’minlaydi va jamiyatda kasta sifatida tabaqalarga bo’linishni qoralaydi;
- madrasalar bepul o’rta va oliy ta’lim beradi;
- davlatning turizmni yanada rivojlantirish siyosatiga qarshilar tomonidan norozilik sifatida.
Taylandda islomga munosabat ekstremistik harakatlar xavfi va janubdagi separatizm sababli salbiy holatda.
Ijtimoiy hayotda islom
Masjidlar. Katta turistik obyektlarda va savdo markazlarida tahorat va namoz o’qish xonalari mavjud. Poytaxtda ko’plab kichik masjidlar bor:
Oziq-ovqat. Halol oziq ovqat, ayniqsa go’shtni topish osonmas, faqat katta supermarketlardagina halol go’shtni topish mumkin. Quyida Bangkokdagi halol go’sht sotuvchi ba’zi do’konlar ko’rsatilgan:
Oziq ovqat mahsulotlariga halol belgili tamg’a uriladi va bu juda katta qulaylik keltiradi:
Kafe va restoranlar. Bangkokda turk, arab, bengal va malay oshxonalari halol ovqat taklif qiladi:
Ovqatlar:
Aksariyat aholisi buddistlar bo’lgan mamlakat uchun bundan ortig’ini kutish noo’rin bo’lsa kerak.