WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Bugun

Bangkok binolari

Facebookda bangkoklik sayyohlar (ekspatlar) guruhlariga a’zo bölganman. Guruhlarda uy ijaraga beriş, rözğor mahsulotlari va mebellarni arzon-garovga sotib yuboriş haqida e’lonlar berib borişadi. Ba’zan texnikalar ham çiqib qoladi.

Keça e’lonlar orasidan 26000 batga amerikalik ekspat ($900) MacBook Pro 13 2016 Touch bar 8Gb/512Gb (eng kuçli komplektatsiya) sotayotgani haqidagi e’lonni körib qoldim. Macbookning yuqorida aytib ötilgan konfiguratsiyaga ega yangi 2017-versiyasi $2000 turadi, Taylandda esa yanayam qimmat - $2400. Macbook Pro olişni möljallab yurganim uçun sotuvçi bilan aloqaga çiqdim. U bilan ertaga ertalab 9 da Starbucks’da uçraşişga kelişdik.

Kelişilgan vaqtdan vaqtliroq kelganim bois, quruq qöl bilan tirjayib ötirmaslik uçun kafedan katta kruassan va kofe olib ötirdim. Starbucks’ga birinçi marta kirişim edi aslida :-)

Starbucks. Kruassan va kofe Starbucks. Kruassan va kofe

Kofega odamlar nima uçun işqiboz bölişini heç tuşunolmasam kerak. Oddiy içimlik... bilmadim. Onam kelişlari kerak Starbucksga. Kofe ta’mini ular tuşunadilar :-D

9 da sotuvçi macbook’ni kötarib keldi. Ustida qirilgan joyini hisobga olmasa taşqi körinişidan yaxşi tutilganga, içi oçilmaganga öxşaydi. Diagnostikada ham xatolik çiqmadi. Batareya sikli esa atigi 6!

Macbooklarning batareya sikliga e’tibor beriş kerak böladi. Apple yangi noutbuklariga 1000 siklgaça kafolat beradi.

Töğrisi, egasi qanaqa işlatganini tuşunmadim. Yoki doim tokga ulab işlatgan, yoki deyarli işlatmagan. Batareya holati ham 100% siğimligiça turipti.

Xullas, sotib olmaslik uçun ayb topa olmadim. Sotuvçiga kutib turişni aytib kartadagi pulni naqdlaştiriş uçun metro bekatidagi bankomatga borib keldim.

Tayland öta naqdlaşgan mamlakat. Malayziyada Mastercard kartam faqat köçadagi sayyor-sotuvçilardan harid qiliş uçun ötmagan bölsa, Bangkokda hattoki bankda tölov ötqaziş uçun bankomatga borib naqd pul olib kelişingiz kerak.

Bankomatlar esa serob, har bekatda bor. Hozirgaça Kasikorn, KrungThai, Bangkok banklardan naqdlaştirgan bölsam, Bangkok bankning konvertatsiya kursi yuqoriroq/foydaliroq bölib çiqdi (vaqt ötişi bilan özgarişi mumkin). Albatta naqdlaştiriş uçun alohida, pastroq kurs beriladi. Çet el kartalari uçun har bir naqdlaştirişda 220 bat ($7) komissiya uşlab qoladi. Şuning uçun bir urinişda katta miqdorda naqdlaştirgan ma’qul.

Turistlar mahalliy bankdan hisob raqami oça olişmaydi, buning uçun xorijliklarda işlaşga ruxsat beruvçi (work permit) viza bölişi kerak.

Pulni naqdlaştirib qaytganimda, sotuvçi yonida hind ötirardi. Menimça u bilan ham 9 da uçraşişni kelişişganu, men vaqtliroq kelganman. Uning afsus-nadomatidan sotuvçi bilan kim birinçi bölib gaplaşganini hal qiliş iştiyoqi bordek körindi. Şoşayotganim uçun, noutbukni olib ofisga ketdim.

Aslida savdo ustiga savdo qiliş harom amal. Sotuvçi şunçaki hammani 9 ga çaqirgan bölsa, boşqa gap. Men keça gaplaşganimda, agar noutbuk ahvoli yaxşi bölsa, olaman deb aytgandim. Noutbuk yaxşi çiqdi, demak savdo bölgan böladi. Sotuvçi mendan boşqasi bilan ham sotiş böyiça kelişgan bölsa, u insoniylik jihatdan ham ma’qul iş qilmagan böladi.

Ofisda Keyt (inglizça ism, lekin özi tayka) kutib turgan ekan, qoliş uçun ruxsatni yana bir oyga çözdiriş uçun hujjatlarni tayyorlab qöyipti. Endi duşanba kuni immigration office’ga borib, çözdirib keliş kerak böladi.

Viza 3 oyga beriladi, lekin aeroportda 1 yoki 2 oyga ruxsat beruvçi ştamp urib berişadi. 2 oy yaşab bölgaç, şaharning özida immigration office’ga borib yana bir oyga (vizaning amal qiliş muddatidan oşmagan holatda) çözdiriş mumkin. Viza narxi 2000 bat bölsa, ruxsatni 1 oyga çözdiriş 1900 bat :-)

Soat 12ga yaqin Özbekiston konsulligidan telefon qilib çaqirtirişdi. Konsul işga çiqiptilar nihoyat! Konsullikga 1 oy oldin diplomimning tarjimasini notarial tasdiqlatiş uçun bergandim. Boş konsul Toşkentga ketgani uçun 1 kunda hal böladigan iş 1 oyga çözildi (konsul 1 oy Özbekistonda qolib ketdi). Işxonamdagilar esa hayron, şunaqasi ham böladimi, kattasi ketgan bölsa, boşqasi urib bersin peçatini deb. Gap şundaki, biz hali ham sovet boşqaruv tizimining asoratidamiz. Bitta odamning imzosiga yoki peçatiga barça narsa boğliq bölgan boşqaruv tizimimiz bor. Bunisi ham yaxşi tomonga özgarib qolar, har holda yaxşi özgarişlar köp bölyapti. Masalan, turizmni rivojlantiriş böyiça qaror loyihalari kaminani ança xursand qildi.

Iş kunini barakali böldi deyiş qiyin, yangi noutbukni içidagi barça narsalarini öçirib taşlab, operatsion tizimni va dasturlarni boşqatdan örnatdim. Juma bölgani uçun, haftalik çarçoq ham yiğilib qolgandi.

Macbook Pro "13 2016 Macbook Pro "13 2016

Macbookning sensorli touch-bari bahsli mavzu. Körinişidan noodatiy funksiya taklif qilingan, oddiy foydalanişda (internet, email) asqotadi, lekin iş jarayonida qanday qilib foyda keltiradi, bilmadim. Men odatda F1-F12 knopkalarini köproq işlataman. Sensor-barda F1-F12 tugmalarini çiqariş uçun doim Fn funksiyani işlatiş kerak ekan.

Touch ID (barmoq skaneri) esa kerak! Hozir budjet telefonlarga qöyilayotgan barmoq skanerini noutbuklarga qöyişni yaqindan boşlaşdi.

Macbook Pro "13 2016

Iş kuni 6dan oşganda tugaydi.

 

Uyda Zokirjon kutib ötirgan böladi. Kelib eşikni taqillatmayman, şunçaki eşik ruçkasini bir marta qimirlatib qöyaman. Zokir yugurib kelib töxtamasdan eşik ruçkasini qimirlatib, oçmoqçi böladi. Oyisi ham uning qitir-qitir qivotganini körib eşikni oçadi.

Uyda tinç ötirib ovqatlaniş yöq, öğlim albatta tizzamga ötirib oladi va menga şerik böladi. :-D

...Allohga şukur!