Kema transporti

Londonni Temza daryosi kesib ötsa, Bangkokni Çao Phraya daryosi bölib yuboradi. Daryoda 5 xil turdagi kema turi faoliyat körsatadi.
- Mahalliy yönaliş (Bayroği yöq). Har bir bekatda töxtaydi, duşanbadan jumagaça 6:00 va 18:30 oraliğida faoliyat körsatadi. Har 20 daqiqada keladi, narxi 10-20 bat.
- Kök bayroqli (turistik kema). Bortda ingliz tilida ma'lumot beruvçi gid böladi. Asosan turistik obyektlar bekatlarida töxtaydi. Narxi - 50 bat. Bir kunlik 140 bat tölab, kun böyi aylaniş ham mumkin. Kema 9 dan 19:00 gaça har kuni işlaydi.
- Olovrang bayroqli. Asosiy bekatlarda töxtaydi. 6 dan 19:00 gaça faoliyat olib boradi. Narxi 20 bat.
- Sariq bayroqli. Katta ekspress kema. Ikki mahal işlaydi faqat. Ertalabki 6dan 7gaça, va keçqurungi 16:30 dan 20:00 gaça - duşanbadan jumagaça. Narxi 20-30 bat.
- Yaşil bayroqli. Ekspress kema. Köp joylarda töxtamaydi. Bu ham ikki mahal faoliyat körsatadi. Narxi 13-32 bat.
Kemalar xaritasi
Bundan taşqari uzun dumli kema - taksi sifatida işlaydi. Şuningdek mehmonxonalarning şattl kemalari ham suzib yuradi. Ular mehmonxonaga boruvçilarni taşiydi.
Eng romantik kema - kruizlar kemalar içida eng kattasi. Uning içida restoran va köngiloçar attraksionlar mavjud.
Kruiz
Biz sayohat davomida turistik kemaga çiqdik. Şunisi qulayroq ekan, odam kam, bemalol ötirib atrofni tomoşa qilib ketiş mumkin.






Kaosan Road bekatida kemadan tuşdik, Kaosan Road köçasi haqida esa alohida yozaman nasib qilsa...