Malayziyani yaxshi ko’raman

malayziya

Malayziyani yaxshi ko’raman.

– Davlatimizning mustaqillikka erishishi ularnikiga o’xshash. Malayziya 1957-yilda Buyuk Britaniyadan ajralib chiqib mustaqillikni qo’lga kiritgan. Hech qanday urushsiz, diplomatik yo’l bilan, o’sha vaqtdagi bosh vazir – Tunku Abdul Rahmonning sa’y-harakatlari evaziga biz kabi tinchgina mustaqillikka erishishgan. Ular mustaqillik kunini bizdan bir kun avval – 31-avgustda nishonlashadi.

– Malayziyada Ramazon oyi yangi yil bayramidek kutib olinadi. Ko’chalar bezaklar, tabrik bannerlari bilan to’lib ketadi. Bayram sababli do’konlarda chegirmalar tashkil qilinadi. Iftor vaqti bo’lganini do’kon suhandoni ham, aeroport suhandoni ham e’lon qiladi.

Odamlari mening birodarim, notanishlar ham ochiq yuz va muloyimlik bilan muomala qiladi. O’rangani ochiq kiyinganini yomonotliqqa, ochiq kiyinib yurgani o’ranganini radikalga chiqarmaydi. Turli millat vakillarini farqlar emas, umumiylik birlashtirib turadi.

Transport tizimi yaxshi rivojlangan. Yo’llarda bir-birini «siqib qo’yish» degan gap yo’q. Qaysi mashina boshqa qatorga o’tsa (bizda siqib qo’ydi deyiladi), orqadagi mashina sekinlashib yo’l beradi. Signal chalishni hayoliga keltirmaydi.

– Ko’chalari xavfsiz. Soat kechasi 1 da ham bemalol sayr qilish, yo’l chetida turgan, oBike dasturi yordamida ijaraga olinadigan velosipedda aylanish mumkin.

Malayziyani yaxshi ko’raman.