WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Malayziyani yaxşi köraman

malayziya

Malayziyani yaxşi köraman.

  • Davlatimizning mustaqillikka erişişi ularnikiga öxşaş. Malayziya 1957-yilda Buyuk Britaniyadan ajralib çiqib mustaqillikni qölga kiritgan. Heç qanday uruşsiz, diplomatik yöl bilan, öşa vaqtdagi boş vazir - Tunku Abdul Rahmonning sa'y-harakatlari evaziga biz kabi tinçgina mustaqillikka erişişgan. Ular mustaqillik kunini bizdan bir kun avval - 31-avgustda nişonlaşadi.

  • Malayziyada Ramazon oyi yangi yil bayramidek kutib olinadi. Köçalar bezaklar, tabrik bannerlari bilan tölib ketadi. Bayram sababli dökonlarda çegirmalar taşkil qilinadi. Iftor vaqti bölganini dökon suhandoni ham, aeroport suhandoni ham e'lon qiladi.

  • Odamlari mening birodarim, notanişlar ham oçiq yuz va muloyimlik bilan muomala qiladi. Örangani oçiq kiyinganini yomonotliqqa, oçiq kiyinib yurgani öranganini radikalga çiqarmaydi. Turli millat vakillarini farqlar emas, umumiylik birlaştirib turadi.

  • Transport tizimi yaxşi rivojlangan. Yöllarda bir-birini "siqib qöyiş" degan gap yöq. Qaysi maşina boşqa qatorga ötsa (bizda siqib qöydi deyiladi), orqadagi maşina sekinlaşib yöl beradi. Signal çalişni hayoliga keltirmaydi.

  • Köçalari xavfsiz. Soat keçasi 1 da ham bemalol sayr qiliş, yöl çetida turgan, oBike dasturi yordamida ijaraga olinadigan velosipedda aylaniş mumkin.

Malayziyani yaxşi köraman.