Sayyohlar uçun suğurta

Baxtsiz hodisa oqibatida (Hudo körsatmasin) davolanişda katta pulga tuşib ötirmaslik uçun sayyohlarga suğurta polisiga ega böliş muhim. Darvoqe, Toşkentdagi konsullik polisni körsatmasangiz viza bermaydi.
Suğurta haqida quyida batafsil ma'lumot berişga harakat qilaman. Agar safar vaqtida sizning yoningizda ortiqça 2000-4000 AQŞ dollari yuradigan bölsa, maqolani öqimasangiz ham böladi ;)
Suğurtada nima muhim?
Eng muhimi qança summaga suğurta qilinganingiz va nimalardan suğurtalanganingiz. Polisda mayda şriftlarda şartnoma yozilgan böladi, uni ohirigaça öqib tuşunib oliş kerak. Masalan Kafolat firmasining suğurtasida tişni davolaş uçun $150 gaça işlatişga ruxsat beradi, hatto $20000 ga suğurtalangan bölsangiz ham. Şuningdek, mast holda bölganda yoki motobayk haydaganda yordam bermaydi. Motobayk haydaş aktiv sport turlariga kirib, boşqa (qimmatroq) suğurta oliş kerak. Öz özidan tuşunarli, motosikldan yiqiliş yoki avariya böliş ehtimoli katta.
Qança summaga suğurta olgan ma'qul?
Sayyohlik suğurtasi $20 000, $30 000, $50 000 kabi böladi. Odatiy dam olişda eng arzoni ham yetib ortadi. Muhimi suğurtaning bölişi, siz suğurta sotib oliş uçun yuqoridagi summalarning 1 foizini ham sarflamaysiz, davolaş uçun pul zarur bölganda suğurtasiz bölişingiz öta açinarli hol böladi.
Assistans nima u va qanaqasini tanlaş kerak?
Assistans - çetda öz mijozlarini davolatiş uçun kasalxona bilan şartnomaga ega bölgan kompaniya, u sizga xizmat körsatadi. Ularning ba'zilari:
- Mondial Assistance(Группа Allianz Global Assistance)
- Euro-Center(ERV)
- Axa assistance (AXA)
- Savitar Group
- Class Assistance
- AP Companies
- Europ Assistance
- Global Voyager Assistance (GVA)
Köpinça assistansni suğurta kompaniyasi özi tanlab, polisga yozib qöygan böladi. Biz olgan Kafolat firmasining polisida Latviyaning ... kompaniyasi assistans sifatida körsatilgan. Katta summaga davolaniş kerak bölganda assistansga qönğiroq qiliş kerak. Assistans özining kasalxonalaridan biriga yuboradi va uning ruxsati bilan kasalxonadagilar sizga qaraşni boşlaşadi.
Kiçik narxdagi tölovlarni özingiz tölab, Toşkentga qaytganda firma ofisidan ularni qaytarib olişingiz mumkin. Hali bizning bunga işimiz tuşmagani uçun qay darajada qiyinligi haqida biror narsa deya olmayman.
Suğurtaga nimalar kirmaydi va nima sababdan davolaşdan boş tortişlari mumkin?
Barçasi şartnomada aniq yozib qöyilgan. Umumiy holda aytganda:
- surunkali kasalliklar (faqat oğir hollarda bemor holatini stabil uşlab turiş uçun qaraşadi, surunkali kasallikni davolaş suğurta majburiyatiga kirmaydi)
- stomatologiya, 70-200 dollargaça sarflaşga ruxsat beradi.
- sport bilan şuğullaniş, motobayk va avtomobil haydaş. Bunday holatlar aktiv sport bilan şuğullaniş hisoblanadi. Masalan, motosikldan yiqilsangiz yoki akvaparkda noxuş hodisa röy bersa oddiy suğurta polisi bilan ular uçun harajatlarni qoplab bölmaydi.
- özini özi davolaş. Agar kasalxonaga kelgunça özingizni davolaşga harakat qilib körgan bölsangiz ham doktorga bu haqida oğiz oçmagan ma'qul.
- mast holatda.
- muddati ötgani.
Tibbiyotdan taşqari yana nimalardan suğurtalaş mumkin?
- Bagaj yöqotişdan
- Parvozlarning keçikişi yoki uçmasligidan
- Baxtsiz hodisalardan
- fuqarolik javobgarligidan
Sayohat davrida ham suğurta oliş mumkinmi?
Özbekistondagi firmalardan onlayn turistik suğurta olişning iloji yöq (yana bilmadim). https://cherehapa.ru/ saytidan oliş mumkin, bunda suğurta sotib olinganidan 6 kun ötib kuçga kiradi. Agar siz kasal bölib qolib keyin olsangiz, suğurta yordam bermaydi. Mahalliy (tay) suğurtani olmaslik kerak. Ular qimmat va assistans katta ehtimol bilan ingliz tilida sözlaşmaydi.
Suğurta holati vujudga kelganda nima qiliş kerak?
Assistansga qönğiroq qilasiz, uning telefon raqami polisda körsatilgan. Qoidasi böyiça assistansning mahalliy telefon raqamlari bölişi kerak (bizdagi polisda faqat Latviya raqamlari bor ekan). Assistans sizni kasalxonaga yuboradi (qaysi biriga borişni aytadi). Kasalxonada röyxatdan ötgaç, assistansning bepul davolaş uçun tasdiğini kutasiz. Harajati katta bölgan davolaşlarda assistansning tasdiqlaşi çözilib ketişi mumkin.
Davolaş kursi tugagaç, dorilar kasalxonaning özida suğurtangiz hisobidan beriladi. Taylandda dorilarni dorixonalardan sotib oliş odatiy hol emas. Dorixonalar bor, faqat oddiy kasalliklar uçun dorilar sotişadi.
Agar kiçik harajatli davolaş kursi bölib, unga öz hisobingizdan tölasangiz, suğurtaning firmasiga taqdim etiş uçun beriladigan harajatlar qoğozini olişni unutmang! Firma ana şu qoğoz orqali harajatlarni qoplaydi. Qöşimçasiga - kasalxonaning taşrif qoğozini olsangiz, yetarli bölmagan hujjatlarni faks orqali yuborişlarini sörab aloqaga çiqişingiz osonlaşadi.