WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Rahmatli şayh hazratlari haqida

Tafsiri hilol

Tan olaman, şayh hazratlari vafot etgunlariga qadar ularni "tanimasdim", nima uçun janozalarida bu qadar köp odam qatnaşgani ham öşanda men uçun jumboq bölgan. Qiziqib internetdan hazrat haqlarida ma'lumot topganman, ularning kitoblarini uyda buvam va buvimlarning şkaflaridan qidirganman. Topganlarim orasida "Tafsiri Hilol"ning 5ta kitobi közimga köp körinib, 3 juzli "Kifoya" kitoblarini mutolaa qilişdan boşlagandim.

3 yil oldingi qiziqiş endi hazratning kitoblariga emas, dinni örganiş uçun qiziqişga özgargan. "Kifoya" kitobidan boşlab hozirgaça 10 dan ortiq asarlarini öqib çiqdim, ammo oldinda baribir eng kattalari - "Tafsiri Hilol", "Hadis va Hayot", "Ruhiy tarbiya" va "Oltin Silsila" turipti ("Hadis va Hayot" hamda "Tafsiri Hilol"ni boşladim).


2015-yilda firma uçun Çorsu bozori yaqinidan ijaraga joy olgandik. Har juma ofisga eng yaqin bölgan Töxtaboy masjidiga çiqardim. Masjid imomi Is'hoqjon Begmatov domlaning ma'ruzalari köpçilikka ma'qul bölar, qişin-yozin odam töla bölardi. Afsuski, domla 2017-yilda işdan olingaç, ularning ma'ruzalari töxtab qoldi, masjid esa 30% ga böşadi.

Is'hoqjon domla rahmatli şayh hazratlarining eng yaqin şogirdlaridan bölgan ekanlar. Ma'ruzalarni aniq-lönda, kitob-daftarga qaramasdan gapirardilar, vaqt ötib ketgani sezilmasdi. Ma'ruzalar internetda töğridan-töğri efir körinişiga ham ötgandi (adaşayotgan bölişim mumkin), youtube'dagi ummat.uz kanaliga qöyib borilardi. Videolar hozir ham turipti.