WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Qonuniy freelanser - yakka tartibdagi tadbirkor

Individualnyj-predprinimatel

Frilanserga yakka tartibdagi tadbirkor bölişning nima keragi bor?

E'tirozga öxşab ketadigan bu savol örinli va deyarli har bir frilanser faoliyati davomida bu savolni öziga özi berib körgan bölsa kerak.

  • Frilanser işga bormaydi; uyda, kafeda yoki kovorking-ofisda ötirib işlaydi. Frilanserning mijozlari köpinça çet davlatlaridan bölişadi. U nimaga tadbirkor bölib röyhatdan ötsin?
  • Tadbirkor bölgaç, xorijdan pul ötkazmalarini qanday qilib qabul qiladi?
  • Tekşiruvlar nima böladi? Tekşirib bezovta qilaverişadimi?

Dastlab men ham YTT bölişdan nima ma'no bor deb öylagan edim. 2014-yilda iş joyimdan xayrlaşgaç, bir muddat uyda ötirib işladim. Yangi uylangan emasmanmi, uyda işlaşda diqqatni jamlaş va kod yozişga motivatsiyani uşlab turiş qiyin böldi. Keyinroq TÇK kovorking markazida işni davom ettirdim.

Hayot gözal, hammasi yaxşi ketayotgandi. Lekin 2 oydan keyin TÇKni "nalogoviy" bosdi. Nazorat haridi vaqtida administrator - yoşi katta ayol kassa çekini bermagan. Haridor-soliqçi ayni tekşiruv uçun imkoniyatni poylab turgan emasmi, laşkari bilan bostirib kirib hammani söroqqa tutib çiqişdi. Biz "yuqori tezlikdagi internetdan foydalaniş uçun kelgandik" deb tuşuntiriş xati yozib çiqib ketdik. Kovorking egalari uçun tekşiruv juda oğir böldi, katta jarima tölaşdi, keyinçalik TÇKni kovorking sifatida yopib qöyaqolişdi.

Şunday qilib yuqorida berilgan birinçi savolning javobini topdik:

Tinç işlaş uçun baribir qonuniy tarzda, yakka tartibdagi tadbirkor bölib röyhatdan ötiş kerak.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hokimyatda röyhatdan ötiş (patent oliş), bankda hisob oçiş va tuman soliq inspeksiyasida röyhatdan ötiş 2-3 kun vaqt oladi. Frilanser-dasturçilar YTT uçun ruxsat berilgan faoliyat turlari röyhatida - "Faoliyatning boşqa turlari" kategoriyasida bölib, ular Toşkent şahridagi faoliyati uçun oyiga eng kam iş haqining (EKIH) 2 baravari miqdorida qat'iy soliq va 1 baravari miqdorida pensiya fondi tölaşlari kerak.

Tan oliş kerak, yaxşi işlab turgan frilanser uçun 3 ta minimalka tölov kiçik summa.

Faoliyat uçun ijaraga ofis oliş yoki uy manzilini körsatiş mumkin. Manzil patentga yoziladi, şu sababli hokimyatga borişdan oldin ijara masalasini hal qiliş kerak böladi. Ijaraga qöyuvçi hokimyatga kafolat xati yozib beradi.

Frilanser uçun YTTning ikkinçi muammosi

Xöş, röyhatdan ötdingiz, endi xorijdagi yoki Upworkdagi mijozlar bilan şartnoma tuziş, unda Özbekistonda oçilgan valyuta hisob raqamini körsatiş kerak böladi. Mening tajribalarim 2015-yilda, banklar tadbirkorlarga naqd dollar tugul sömni ham berişga qiynalib yurgan vaqtda bölgandi. Hozir albatta köp narsalar özgardi. Şunday bölsada, "sarguzaştlar" bilan baham körmaslik adolatsizlik bölardi ;-)

Demak, menda xorijlik töğridan töğri aloqaga çiqadigan va Upwork frilans-birjasi orqali işlaydigan hamkorlar bor edi. Dastlabki turdagilar bilan şartnoma qiliş mumkin edi, ammo bank peçati bölmagan şartnomalarni qabul qilmagan. Şartnomaga peçat qöyiş asosan MDH davlatlarida keng tarqalgan. AQŞ yoki Ğarbiy Yevropada bunday amaliyot kam uçraydi. Şunday ekan, qanday qilib men hamkordan yöq peçatini qöyib berişni sörayman? Tupik.

Upwork bilan esa vaziyat yanada çigalroq. Upwork frilanserlar bilan şartnoma tuzmaydi, foydalanuvçi şartlari asosida birjadan foydalanişni tartibga soladi. https://www.upwork.com/legal#useragreement Foydalanuvçi şartlarida taraflarning nomlari körsatilmagan böladi (ha albatta, peçat ham yöq). Tabiiyki, bu ham bank uçun şartnoma örnida ötmaydi.

2015-yilda konvertatsiya oçilmagani bois, valyutani hisob raqamiga qabul qiliş uçun şartnoma qilgan taqdirda ham boşqa noqulay şartlar bor edi:

  • Valyutaning 50% qismini bankga sotiş majburiy. Davlat kursida, köça kursidan 2 barobar arzonga! :-D
  • Valyutani Özbekiston hududida işlata olmaysiz. Qaçondir çet el safariga çiqadigan bölsangiz, kartangizga tuşirib berişadi. Yana bir yöli? Albatta bankga sotiş. Bu safar ixtiyoriy-majburiy holda :-D
  • YTT birjaga çiqa olmaydi, şuning uçun valyutani birjada sotişning imkoni yöq edi.
  • Valyutani ham, konvertatsiya qilingan sömni ham naqdlaştirişning iloji yöq.

Hozirgi kunda bank bilan boğliq vaziyat ança yengillaşgan. YTT subyekti valyutani davlatga sotişga majbur emas. Yangiliklarda öqiganim böyiça, u valyutani naqdlaştirişi ham mumkin ekan. Şartnoma masalasini özingiz amallang endi.

YTT bölişni istamayotganlar uçun yana bir yoğliqqina kontr-argument beraman: Mirzo Uluğbek innovatsion markazi rezidenti bölib umuman soliq va pensiya fondi tölamasligingiz mumkin. Bunda oylik daromadingizning 1% ni innovatsion markazga ötkazasiz.

2016-yilda hukumat YTT subyektlari uçun 2tagaça (ba'zi yönalişlar uçun 3ta) yollanma işçi oliş huquqini berdi. Ular uçun YTT tölayotgan soliqning 3 dan biri va pensiya fondining yarmi qöşimça tölanadi.

Tekşiruvlarçi?

YTT bölib 2 yilga yaqin faoliyat olib borgan bölsam, tölovlarni öz vaqtida tölab bordim. Şu sababli bölsa kerak, heç kim tekşirişga kelgani yöq. Soliqçilar naqd pul aylanadigan joylarni köproq tekşirişadi. Frilanserlarga esa e'tibor ham berişmaydi.

P.s. 2017-yilda YTTni firmaga özgartirgaç (O, firma işi - katta sarguzaşt!), Payoneer virtual hisob raqamidan firmaning hisob raqamiga pul yuborişga harakat qilib kördim. Bank hodimlarning konservatorligi (qörqoqligi deb öqing) sababli bunisi ham öxşamadi. 2-3 marta bankga qatnab, qoniqarli javob ololmagaç, harakatni töxtatdim.

P.s.s. Ha, aytganday. Öşa vaqtlarda pulni naqdlaştiriş uçun Payoneer kartani Turkiya yoki Dubayga qatnaydigan savdogar tanişlarga berib yuborarişga majbur edim. Ular kartadagi pulga tovar harid qilişardi. Menga pul kerak bölganda foizsiz naqdlaştirib berişardi, baraka topişsin. Xullas, örtaça hisobda, mart oyida işlab topgan pulim may ohiri yoki iyunda qölimga tegardi. La'nati!