Frilansda mijozlarning 9 turi

Upworkdagi 5 yildan ortiq vaqt davomida turli mijozlar bilan işladim va xulosa sifatida ular bilan taniştirib ötaman. Agar siz frilanser bölib işlaydigan bölsangiz, ular bilan Upworkdan taşqarida ham duç kelasiz :)
Quyida sanab ötiladigan mijozlarning turlari butun dunyoda topiladi:
-
Yangi. Frilansga yangi kelgan mijoz. Narxlarni bilmaydi, qanday işlaşni bilmaydi. Tanişining gapiga köra frilans-birjalardan arzonga dasturçi topib saytini yangilab olişi mumkin ekan. Frilanserlarni tanlaş qoidalarini bilmagani uçun arzonroğini tanlaydi. U bilan işlaş lotoreyadek gap, harakteri qandayligini oldindan biliş qiyin. Adekvat bölsa va omadi kelib yaxşi frilanser uçrasa, frilanser bilan işlaş jarayonida tajriba orttiradi.
-
Ziqna. Uzoqdan taniş mumkin uni. Birjaga qöygan işida odatiy narxdan ikki barobar arzon narx qöyadi. Masalan, $150 budjet bilan, "Drupaldan Wordpressga saytni ötqizib beriş"ni söraydi. Yoki $15 narx qöyib, "Oson iş, biladigan dasturçi 20 minutda qilib bera oladi" mazmunidagi iş qöşadi. Agar reytingni oşiriş va mijozning bahosini yiğiş niyatida bölmasangiz, undan uzoqroq yurganingiz ma'qul.
-
Mazlum. Uning avvalgi
qizifrilanseri işni çala taşlab ketgan. Aslida kim aybdorligini bila olmaysiz. Mijoz avval ziqna bölgan bölişi yoki frilans-birjaga yangi kelganida tajribasiz frilanserga uçragan bölişi mumkin. -
Şiva. Aslida mijoz şivamas, u 6 qölli şiva-frilanser qidiradi. Bitta frilanser sayt dizaynini çizadi, dasturlaydi, SEO-optimizatsiya qiladi, maqola yozadi deb hisoblaydi. Ziqnalik xususiyati ham bor bölişi mumkin. Tajribali frilanser işni boşlaşdan oldin uning hajmini detallarigaça aniqlaştirib oladi, şuning uçun "şiva" tajribasizlarga boşoğriq böladi.
-
Dallol. Uning dasturlaşdan ham, menejerlikdan ham xabari yöq. Şunçaki tanişiga dasturçi topib berib örtada pul işlab olmoqçi. Dasturçining gapini tanişiga, tanişining gapini dasturçiga yetkazib turadi. Garçi örtada turib pul işlayotgan bölsada, heç qanday mas'uliyatni öz böyniga olmaydi. Bilmadim, qiziq loyiha bölsa u bilan işlaş mumkindir. Mas'uliyatsizligi pand berib qolib, işni örtasida ham taşlab ketişi mumkin.
-
Frilanser. Ha, mijozning özi frilanser. Köpinça işi köpayib ketgani uçun yordamçi qidirayotgan böladi (yoki özi qilolmagan işi uçun yordam söraydi). Yaxşi mijoz. Muhimi u özi nima istayotganini biladi. Saviyali frilanser bölsa, u bilan bitta loyihada çeklanib qolmay, yangi loyihalarda ham hamkorlik qiliş mumkin. Masalan, Malayziyaga xizmat safariga taklif qilgan Sem özi ham dasturçi edi va u bilan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida birneça katta loyihalarda hamkorlik qildik (hozirça tanaffus).
-
Profi. Digital-agentlik yoki veb-studiyaning loyiha-menejeri. Dasturçilari jamoasining işi köpayib ketgani sababli yangi iş kuçi qidirayotgan böladi. U aqlli, uzoqni köra oladi, iş jarayonida maslahatlar berib turadi. Frilanser u bilan birga ösişi, tajriba orttirişi mumkin. Köpinça uzoq muddatli hamkorlik qilinadi. Masalan profi-mijozlarimiz - AQŞdagi Runner Agency va Vertical Nerve agentliklari bilan 4 yildan beri aloqada bölib turamiz. Ba'zi işlarda yordam söraşadi.
-
OK. Şokolad-mijoz. Iş bitirilgaç, tugadimi-böldi qabilida qabul qiladi. Tekşiriş, xato bölsa qaytariş degan tuşunça yöq. Bunaqasi kamdan-kam uçraydi, ammo bor :-)
-
Özbek (Lagan). Uzr, qöşmasam bölmaydi uni. Loyiha yaxşilab muhokama qilinadi, smeta tuziladi, narxlarni minimaligaça keliştiradi. "Ok, ertaga şartnoma tuzamiz" deydida, keyin yöq bölib qoladi. Huddiki heç narsani kelişmagandek, bamaylixotir yuraveradi. Afsuski bunaqasini faqat özbek mijozlar içida uçratdim.
Siz qanday mijozlar bilan işlagansiz?..