WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Krabiga sayohat. 1-kun

IMG_20180909_105935

Ko Lan'ga qilingan sahoyatdan söng, navbatdagi uriniş Krabi şahridagi Ao Nang plyajiga boriş böldi.

Krabi nimasi bilan qulay?

Birinçidan musulmonlar köp, demakki halol ovqat topiş muammo bölmaydi. Ao Nang oilaviy boriş uçun möljallangan, tinç joy, tungi klublari yöq (kimgadir plyus, kimgadir minus).

Ao Nang plyajidan (Noppharat pier) turli xil ekskursiyalarga yöl oliş mumkin, masalan tiniq suvli baunti-orollarga boriş, eşkak yeşib daryoda sayohat qiliş yoki çöqqiga çiqiş (climbing) - barçasining imkoni bor.

Şuningdek, Ao Nanğda juda köp mehmonxonalar qad rostlagan. Bu yerda istalgan narxda mehmonxona topsa böladi.

Sayohatni rejalaştiriş

  1. Çipta. Krabi şahrida kiçkina aeroport bor, bu yerga Bangkokning Don-Muang aeroportidan AirAsia reyslari muntazam qatnaydi. Çiptani çegirmalar bölayotgan vaqtda sotib oldik, 3 odam uçun boriş-qaytiş çiptasi $81 böldi.

  2. Mehmonxonani booking.com yoki agoda.com dan topsa böladi. Agoda.com'da mehmonxonaning qurilgan yili haqida ma'lumot bor. Tropik ölkalarning mehmonxonalarida 8-10 yildan keyin dimiqqan noxuş hid keladigan bölib qoladi (tajribadan ötgan), şuning uçun qurilganiga 3-4 yildan ortiq bölmagan mehmonxonada turgan ma'qul. Va albatta, mehmonxona tanlaşda uning joyiga, reytingiga, foydalanuvçilarning baholariga e'tibor qaratiş kerak. Biz "8icon" mehmonxonasini tanladik (va afsuslanmadik). Agoda.com da "8icon" deb qidirsangiz, topiladi. Turistik mavsum bölmagan davrda borganimiz uçun mehmonxona nomerining narxi $30 atrofida edi. Hozir uning narxi $70-$140 atrofida (kuniga qarab).

  3. Ekskursiya band qiliş. Ikki kunga 2 maşhur ekskursiyalarni tanladik: "4 islands" va "Phi Phi islands". Ular haqida ham batafsil maqola qilaman nasib qilsa. Ekskursiyalarni Klook dasturi yordamida topiş va band qiliş mumkin. Klook'da narxlar nisbatan arzonroq.

1-kun

1 soatdan ortiq davom etgan parvozdan söng, Krabiga keldik. Aeroportda heç kim heç narsa tekşirmaydi. Çemodan olmagan bölsangiz, samolyotdan tuşib töğri - aeroport eşigidan çiqib ketaverasiz.

Aeroport yaqinida taksilar turadi. Ularda taksometr bor, lekin aeroport hududida turgani uçun bölsa kerak, qöşimça 150 bat oladi. Umumiy hisobda aeroportdan 8icon mehmonxonasiga boriş 420 bat böldi.

Krabi ajoyib! Tikka qoyalar orasidagi şahar! "Serious Sam 2" öyini uçun Krabi tanlab olinmaganmidi mabodo? :-D

Mehmonxonaning yangiligi bilinib turipti. Odam kam:

Basseyniga umuma tuşmadik, vaqt bölmadi:

Arğimçoq va arqonli krovatlar bor:

Hovlida katta-kiçik velosipedlar turadi. Heç kim indamaganiga qaraganda, ulardan foydalaniş bepul. :-D

Mehmonxonaning yana bir katta ustunlik tarafi bor. Uning yaqinida tungi bozor joylaşgan! Nomer tanlayotganda bozor yonidagi xonalarni bermasliklarini talab qiling, aks holda keçasi şovqindan uxlay olmaysiz. ;-)

Ao Nang night market

Bozor sözidan köra "street food" (köça ovqati) nomi köproq mos kelsa kerak, bozorda asosan oçiq tamaddixonalar joylaşgan. Aksariyatida halol ovqatlar qilişadi.

Mehmon böling:

Qölbola muzqaymoq tayyorlaş:

Birinçi kun şu tariqa tugadi.