WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Qur'on örganiş haqidagi tajriba

Quran-pak-1-1

*Quyidagilarni faqatgina ma'lumot örnida qabul qilasiz. *

Avvalo bu videoni körişni tavsiya etaman:

15 minutda Qur'on örganiş videosini çiqargan kanalning Youtube'dagi nomi - Nur. Tatarlarniki, lekin aksentsiz rusça gapirişadi. Bu kanalni Qur'onni qanday qilib örganişni qidirganimda topgandim. Özbek tilida videokurslar yöq (afsuski), turkça videoni tarjima qilişgani borakan, alif harfini "elif" deb öqiganidan keyin, boşqa kurslarni qidirişda davom etgandim.

Darslarni Rossiya musulmonlar idorasi huzuridagi Qur'on fanlari öqituvçisi, şariat fanlari va arab filologiyasi bakalavri Ilyos Ilyosov tuşunarli va sodda tilda olib boradilar.

Pleylistda 66 ta video bor, videokursda harflarni örgatişdan boşlab, ohirgi videosi Yasin surasiga kelgan (yana yangilari çiqsa kerak).

Videodagi harflarni qanaqa yozilişini yoki qanaqa öqilişini tuşunmaganda vikipediyadan arab alifbosi jadvali bilan soliştirişi mumkin:

https://en.wikipedia.org/wiki/Arabic_alphabet

Qiziq tarafi ingliz tilida sözlarni töğri öqiy oliş arab harflarini örganişda ham qöl kelarkan. Masalan ث harfi "think" sözidigi "th" talaffuzi kabi öqiladi, ذ harfi "them", "there" sözidagi "th" kabi talaffuz qilinadi.

Videokursda harflarni 1 oyga qolmay örganib oliş mumkin, muhimi daftar-ruçka bilan yozib boriş, maşq qiliş kerak.

Tajvid

Albatta Qur'onni harf taniş bilan öqib bölmaydi, tajvidni ham biliş zarur. Videokursda 26-darsdan Qur'on öqiş boşlangan, şunda savollar tuşunmagan joylar çiqib keladi. Videokursni 30-videogaça örganib, keyin tajvidni töliqroq tuşuniş uçun bu saytga ötgan ma'qul:

https://umma.ru/tadzhvid/

Bu saytning yaxşi tarafi - arab yozuvlarini ustiga bossa, ularni öqib beradi. Saytda grammatika va Qur'on öqiş qoidalarini örganib çiqqandan keyin, yana videokursga qaytilsa, qalqala, idğom, izhar kabi terminlarda qiyinçilik bölmaydi.

Harflar va tajvidni örganib çiqqanimdan keyin daftar qisqa şpargalkaga aylandi, esdan çiqqan joylarini qarab olaman. Yaqinda ziyouz.com saytiga nimagadir kirganimda Munavvar qori Abduraşidxonov'ning Tajvidul Qur'on kitobini körib qoldim:

https://n.ziyouz.com/books/islomiy/boshqa/Munavvar%20qori%20Abdurashidxonov.%20Tajvidul%20Qur'on.pdf

Munavvar qorini maktabda adabiyot darsida ötgan edik. Fitrat, Çölpon kabi jadidlardan biri. Uning 21 varaqli kitobi - tajvid uçun haqiqiy şpargalka! Muallifni Alloh rahmat qilsin!

Qiroat

Qur'onni töğri öqiş uçun arab tovuşlariga quloqni va sözlaşuv apparatini moslaş kerak. Qur'onni eşitişga Mişari Al-Afasiyning qiroati manimça eng yaxşisi:

https://quran.uz/quron-audio/mashhur-qorilar/1339-hatm.html

Qur'on yodlaş uçun aşula eşitişni Qur'on eşitişga almaştirdim. Foydasi yaxşi böldi, bir haftada kiçkina suralardan 2tasini, 2 minutga yaqin suralarni bir haftada bittasini yodlasa bölarkan.

Muslim Pro

Qur'onni Muslim pro programmasidan topsa böladi: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bitsmedia.android.muslimpro

Programmada tajvid qoidalari qöllaniladigan harflar turli ranglarda belgilab çiqilgan. Şuningdek rahmatli şayh hazratlarining tarjimalari, Sa'd Al Gamdi qorining qiroatidagi audiosi bor. Al-Afasiyning qiroatini ham tanlasa böladi, buning uçun $5 ga programmaga 1 yilga obuna böliş kerak.

Tafsir

Menimça tafsir (Qur'on ma'nolari tarjimasi) böyiça "Tafsiri Hilol"ga yetadigani yöq. Kitoblarni sotib olişning imkoni bölmasa, Google Play'dan dasturini köçirib olib, arzimagan pulga Click yoki Google wallet orqali sotib oliş mumkin (~ $4): https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hilal.tafsir

 

Hozirça şular. Omon böling!