Bangkokda qölga tuşgan 11 özbek qizi

Özbeklar haqida Taylandda juda kam maqola çiqadi, adaşmayotgan bölsam, bir yil içida 1ta xabar öqidim şekilli. Uni ham yaxşi deb bölmaydi:
Big Joke bags eleven Uzbek prostitutes in Nana, Bangkok
Ok, bir boşidan boşlaymiz.
Big Joke sirkdagi masxaraboz emas, u immigratsiya boş ofitseri. Big Joke laqabini uning publikaga köp öynagani uçun öylab topişgan bölsa kerak. U Tayland mediasida hisobotlar bilan çiqib turadi.
Özbek ***... Ular bizdan köra rivojlangan istalgan davlatda topiladi. Taylandda ham qönim topganlari bor ekan. Bu axloqsizlik allaqaçon özbekning virusi bölib ulgurgan (çet elda yuradiganlar bilişadi).
Nana - Bangkokning "spalniy" tumani.
Big Joke jamoasi sentyabrdan noyabr oyi boşigaça "X-Ray" operatsiyasini boşlab, mamlakatda noqonuniy yurgan yoki noqonuniy işlayotgan muhojirlarni ovlaş işlarini olib bordi. Ular asosan qoratanli (afrikalik, hind, pokistonlik, va hokazo) odamlardan şubhalangan. "Biz avval ularning özini topamiz, keyin hujjatlarini tekşiramiz" deb rasistik bayonot bergan ham immigratsiya ofitserlaridan biri böladi. Tekşiruv xorijlik ekspatlarda vahima uyğotdi, hatto rus forumlarida pasportni yoningizda olib yuring deb tavsiya ham berişdi.
Özbek qizlar şuğullangan iflos iş Taylandning xorijliklar uçun ruxsat berilgan kasblar röyhatida yöq, unday iş umuman kasblar röyhatida yöq (şuning uçun taylandliklar massaj körinişida maskirovka qilişadi). Ular katta ehtimol bilan turistik viza asosida işlaşgan. Immigratsiya ofitserlariga ham qizlarning raqobatçilari yetqizgandir.
Qölga tuşganlarning ahvoli nima böldi, bilmadim. Ştraf, deportatsiya va Taylandga kirişga taqiq bölsa kerak.
Nima deyişga hayronman. Axloqsizlikka qarşi kuraşiş kerak, baraka topgurlar. Şarmandalik!
Manba: https://www.thaivisa.com/forum/topic/1066553-big-joke-bags-eleven-uzbek-prostitutes-in-nana-bangkok/