Korrupsiyaga qarshi kurash

Taylandda saylov

Kecha prezident Shavkat Mirziyoyev ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish haqida ham eslab o’tgan. Qizig’i kecha Tayland bosh vaziri Prayut Chanocha ham korrupsiya va poraxo’rlikning har qanday ko’rinishiga qarshi kurashish bo’yicha chiqish qilib, davlat idoralarining ishida shaffoflikni ta’minlashga e’tibor qaratishni ta’kidlagan.

Prayutning chiqishi 9-dekabrda butun dunyo bo’yicha e’lon qilingan anti-korrupsiya kuniga bag’ishlangan yig’ilishda bo’lib o’tdi.

Anti-korrupsiya borasida jon kuydirayotgan Prayutning jamoasi aslida sutdek oppoq demokratlardan tashkil topmagan.
Ular ichida
– qimmatbaho General Rolex soati bilan skandalda qolgan bosh vazir o’rinbosari – Pravit (Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ham salom 😉);
– «bu yil saylov o’tkazishga vaqtimiz bo’lmadi, keyingi yili o’tkazamiz» deydigan hukumat (bu kabi so’zlarni men ancha avval eshitganman!);
bor. Hukumatning o’zi esa harbiy diktaturaga yaqin faoliyat olib boradi.

Darvoqe Pravitning bayonotiga ko’ra u Rolex soatini do’stidan qarzga olib turgan, do’sti esa olamdan o’tgan. Pravit mudofaa vaziri ham ekanligini inobatga olsak, bu biroz havotirli bayonot.

Korrupsiyaga qarshi kurashmoqchi bo’layotgan ikki davlat – O’zbekiston va Taylandda korrupsiya millat darajasidagi «kasallik». qanday qilib uni yengish mumkin, bunisidan xabarim yo’q.

P.s. Saylov 24-fevralda o’tadigan bo’libdi. Natijasi esa… ikki oydan keyin ma’lum bo’larkan. 😄

Manba:
https://www.thaivisa.com/forum/topic/1072169-junta-reaffirms-feb-24-as-date-for-national-poll/