WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

UzAirways vs AirAstana

UzAirways vs AirAstana

UzAirways'ning Bangkokga reyslari haftasiga ikkitagaça kamaygani sababli, hafta ohirida Bangkokga uçiş uçun AirAstana'ning Toşkent-Almati-Bangkok reysiga çipta olişga majbur böldim. Ikki kompaniyaning çiptalari orasidagi farq $20 orasida edi. Deyarli bir xil narxdagi çipta AirAstana va UzAirways'ni soliştiriş imkonini beradi.

Air Astana'ning afzalliklari:

  • Vebsayti qulay va zamonaviy. Kompaniya saytida bilet sotib oliş jarayonida bepulga örindiq joyini va ovqat turini (vegetarian, halol) tanlaş imkoni bor.
  • Kompaniya reys haqida email va sms bildirişnoma berib turadi. Reys yarim soatga keçiksa ham ogohlantiradi.
  • Toşkent-Almati reysiga Embraer yangi E190-E2 samolyot qöyilgan. Şuningdek, Almati-Bangkok reysidagi Boeing 767 ham yangidek holatda.
  • Bir yarim soatlik Toşkent-Almati reysida ham içimlik va şirinlik berişadi.
  • Almati-Bangkok reysi 2 yarim soatga keçikdi, şu sababli styuardessalar aeroport hududida reys yölovçilariga içimlik taklif qilişdi.
  • Reyslarda wifi bor, tarmoqqa ulanib film körib ketiş mumkin. Mediatekasida yangi filmlar köp. Boeing 767 örindiq-planşetlari zamonaviyroq, işlatişga qulay.
  • Almati-Bangkok reysida yölovçilarga puflanadigan böyin-yostiq, közyopqiç (uxlaş uçun), krem, va boşqa yölovçilar uçun zarur bölgan aksessuarlarni taqdim etişadi.
  • Ovqat borasida xilma-xillik köproq. Yegulik tarqatişdan avval menyu berib çiqişadi. Yölovçilarda 2-3 variant içidan tanlaş imkoniyati va tanlovga vaqti böladi.

Uzairways afzalligi:

  • Bangkokga töğridan-töğri parvoz.

Xulosa Keyingi safarlarda, birinçi navbatda albatta AirAstana'ning takliflarini körib çiqaman. 😉