Aeroport-hoji

Oktyabr oyi örtasida, işxonadan olingan 2 haftalik dam oliş kunlarida Toşkentda sandiroqlab yurmasdan, Umra ziyorati va Rosululloh S.A.V.ning qabrlarini ziyorat qilişni niyat qildik.
Prezidentimizning oqilona siyosatlari va mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida (va yana şu yerda sizning reklamangiz bölişi mumkin edi), biz yoşlarga mahalla idorasining eşigi tagida sarğayib turiş, qariyalarga prioritet beriladigan tuşunarsiz navbatlarga yoziliş nasib etmadi, Hudoga şukur. Turistik-firma barçasini rasmiylaştirib, uçib ketiş kunini aytişi uçun pasportimning elektron nusxasi kifoya qildi.
10 kunlik safarni FlyDubai'ning Toşkent-Dubay reysi bilan boşladik. Şu joyda monopol Uzairways ogorodiga toş otib ketmasam bölmaydi, çunki 2 kun avval $500 tölab Bangkokdan Toşkentga şaloği çiqqan sassiq Boing 757 da kelgandim. Hatto styuardessalar ham "samolyotimiz eski edi" deb hijolat tortişgan. Lowcoster FlyDubai'ning samolyotlari esa yangiroq va toza ekan, xizmat körsatişi ham yoqdi. Uyalmasdan va burunni berkitmasdan uçsa böladi xullas. ;)
Yengil ötgan tungi parvozdan keyin, ikkinçi reysgaça 6 soat böş vaqt bor ekan. Şaharga çiqişga esa köp vaqt va viza kerak, şu sababli aeroportning 2-terminalini aylanib qöyaqoldik. Xalqaro aeroport har bir davlatning yuzi. Nima sotişi, narx-navosi, hodimlarning qoş-qovoğiga qarab, içkarida sizni nima kutayotganini tahmin qilib olaverasiz. ;) Arab-pokistonlik atir sotuvçining bizga - buğdoyrang juftlikka qarab turib, ayolimga rusçada bidirlab ketişi ayniqsa hayron qoldirdi, çunki ayolimni Malayziyada malayka, Taylandda tayka deb öylaşardi. Sotuvçilarga ingliz tilida muomala qilamiz, ustimizda ham özbekligimizni anglatuvçi biror belgi yöq...
Bizga kuyunib mahsulotini reklama qilayotgan sotuvçining şaştini qaytargança, haridni keyinga, qaytiş kuniga qoldirib nonuşta uçun Makdonalds'ga ketdik. Şu Makdonalds bilan heç omadim yurişmagan. Bu safar ham bemaza bigmak yegaç, ohir-oqibat şu brendga qadam ranjida qilmaydigan böldim. Özimizdagi drujba-burgerlar bundan mazaliroq!
Aeroport namozxonasiga kirganimda, "No eating, no sleeping" tipidagi ogohlantirişlarga qaramay, 20 m.kv. xonada 10 taça odam dumalab yotardi. Mendan oldin kirib kelgan hind çaqqonlik qilib tördagi namoz öqiş mumkin bölgan yagona joyni ham "bron" qildi. Noz uyqudagilarni uyğotib yubormaslik uçun piçirlab, imo-işoralar bilan unga tuşuntirgaç, uni öz hamyurtiga yaqinroq joylaşib yotişiga köndirib, ibodatni qilib oldik. Toşkentdagi masjidlarda uxlaşni niyat qilişgandami, polojeniyaçi çollar darrov yumşoq joyiga tepib, haydab çiqargan bölişardi. Şunaqa, "birni körib fikr qil, birni körib şukur qil". Ha darvoqe, masjidlarimizda ayollar xonasi yöq. Sayyoh va yölovçi zaifalarga noqulay holat. Buni ham fikr qilişimiz kerak, hadeb şukr qilavermasdan))
A mayli, yölda davom etamiz... :)
Aeroportlarda tekin wifi har doim böladi, faqat wifi'ning qança vaqtga tekinga berilişi aloqa operatorining xasisligiga boğliq. Dubay aeroporti adaşmayotgan bölsam, uzilib-uzilib turadigan 3 soatlik wifi taqdim etdi, imkoni bölganlarga internet ulab berdik. Şu örinda, internet tarqatişdagi sahiylik borasida Bangkokning Suvarnabhumi aeroportiga yetadigani bölmasa kerak, Taylandning 3 ta katta operatori 3 soatdan tekin internet beradi. Umumiy holda 9 soat internetda ötirsa böladi.
Dubay-Madina parvozi u qadar qiziqarli keçmadi. Oynadan faqat çöl körinardi, Madina şahri yaqinidagina tepaliklar közga tuşa boşladi. Aeroporti böm-böş, tuşunarliki "sezon" emas. Şunda ham çegaraçi ofitserkalarga yetib olgunça zig-zag kutiş yölakçasida bir soatça turdik.
Guruhimizdan 3tasi çegaradan ötib olgaç, ofitser nimagadir töxtab qoldi, qölidagi pasportni kompyuterdagi ma'lumot bilan soliştirdi. Bir muddat hayron qarab turdi, kattasini çaqirib nimalarnidir körsatdi. Söngra pasportni unga berib yubordi. Şu tariqa, pasport yiğiş boşlandi. Safarlarda yurib, pasportni uşlab qolişning xosiyati yaxşi emasligini birovlarning tajribasida uçratganman. Bu safar ham "vizada nimadir problema böldi" deya ofitser yoniga yaqinlaşar ekanman, "pofigist" harakterimda ham katta söroq belgisi osilib turardi. Yöq, mening pasportimga kiriş muhrini urib, qaytarib berişdi. Yöl oçiq!
Ayolimning pasporti esa el qatori yiğişlarga qöşilib bölgandi...
Davomi bor...