Yahudiylar va koronavirus
Koronavirusni yahudiylar fitnasiga boğlaş nazariyasi haqida özbek blogerlari biror narsalarni yozişyapti. Telegramdagi sinfdoşlar guruhida uşbu blogpost haqida fikrimni söraşgandi. Guruhda yozganlarimni umumlaştirib, maqola sifatida bu yerga ham qöşib qöydim.
TL;DR
Qisqasi, maqolada faktlar buzib körsatilgan.
Koronavirus - 36 dan ortiq bölgan viruslar guruhi. Uning MERS va SARS turi çöçqa grippi va parranda grippi ham deyiladi. Koronavirus yaqinda paydo bölmagan, faqat ohirgi turi dunyoda keng tarqalib ketdi.
Dajjol haqida esa odamlarning safsatasidan köra Rosululloh SAVning hadislariga işongan maʼqul.
Belgilar
Yahudiylarning messiyani kutişayotgani rost. Rosa tirişib hammayoği malla bölgan sigirni ham bir yarim yilça oldin tuğdirib olişdi. Aslida Tavrotda "Ahmad" (Muhammad SAV) kelişi yozilgandi, ular sönggi payğambar arablardan çiqqani uçun hasad ötida Rosululloh SAVni tan olişmagan va boşqasi keladi dib kutişmoqda.
1-belgi.
Kitobda Wuhan-400 ning töğri kelişi tasodif, aslida virus tavsifiga faqat şu nom tasodifan mos tuşgan xolos. Bunday tasodiflar uçrab turadi, hozir eslaganim, Simpsons multfilmida 19 yil oldin Trampning prezidentlikka kelişi tasvirlangandi: https://www.businessinsider.com/the-simpsons-is-good-at-predicting-the-future-2016-11
Rasmga olingan kitob sahifasining qizil rangda belgilangan qismi tagida virusning yuqişi va nimalar keltirib çiqarişi ham tavsiflangan. Tarjimasi:
- faqat odamlarga yuqadi, hayvonlarga yuqmaydi (covid - muşukka ham yuqqan digan yangilik çiqdi)
- taşqarida 1 minutdan köp yaşay olmaydi (covid taşqarida, buyumlarda 2 kungaça saqlanib qolişi mumkin)
- bemor harorati 30 gradusgaça tuşib ketadi (covidda temperatura kötariladi)
2-belgi.
Contagion kinosi öşa vaqtda trendni uşlaş uçun çiqarilgan kino, aniqroği çöçqa grippi köpayib borayotgan paytda suratga olingan. Trend vaqti çiqqan kinolarga yana 2012 ni eslasa böladi. Esingizda bölsa, 2012-yilda dunyoni ohiri deb vahima qilişgandi.
3-belgi.
Bunga e'tirozim yöq. Menimça ham virus laboratoriyada yaratilgan. Buning aniğini bilişning imkoni böladimi yöqmi, bilmadim.
4-belgi.
Beçora Bill Geyts virus haqidagi ma'ruzasi uçun u ham aybdorga çiqipti. Videoda u çöçqa grippini misol qilib keltirgan, yana Ebola haqida gap borgan. Bill Geyts videoda virus epidemiyasini töxtatiş uçun investitiya kiritdik degan. Şuningdek, tibbiy personalning yetişmasligi haqida gapirgan:
(Rusça subtitri ham bor, yaxşi ma'ruza bölgan)
5-belgi.
Yana faktlarni buzib körsatiş. Event 201 simpoziumida dunyo epidemiyaga tayyormasligi haqida gap borgan.
6-belgi.
Madonnaning qöşiğini COVID-19 ga boğlaş - muallifning fantaziyasi bölsa kerak. Ma'lumot uçun, rus propagandasi bundan ham absurdroq boğlamlar öylab topgan, masalan 1-kanalda:
«Берем слово «корона». Чем раньше занимался Трамп? Правильно: раздавал короны на конкурсе красоты».
7-belgi.
Endi Trump şaxsiy imzosini koronavirusga öxşamasin dib özgartirişi kerakmi? Bu ham absurd.
Şaxsiy fikrim - Trump özi yaxşi odammas. Yolğonçi, uçiga çiqqan millatçi va öz manfaati yölida öz xalqiga ham tupurib qöyadigan odam. AQŞning hozirgi krizis holatiga kelişiga uning hukumati eng katta aybdor. Trump yanvar oyidayoq razvedka xizmatidan olgan köplab ogohlantiriş ma'lumotlariga qaramay, virusga qarşi biror çora körmadi.
Yuqoridagi sanab ötilgan belgilarni dajjolning kelişiga va mikroçiplarni tarqatişga boğlaşgan.
Dajjol haqida
Dajjol haqidagi hadislar: https://n.ziyouz.com/books/islomiy/boshqa/Dajjol%20haqida%20nima%20bilasiz.pdf
Dajjol tösatdan, biron-bir belgisiz çiqib qolmaydi. Çunki uning çiqişi juda xatarli bölib, qiyomatning yaqinlaşganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning çiqişi katta fitna böladi. Juda köp insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanişadi, haq bilan nohaq, aralaşib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Şuningdek, bu la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. Şuning uçun uning çiqişi tasodif bölmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir böladi. Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kişi şunday deganlar:
"Madinada devor soyasida ötirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xonalarida edilar. Söng oldimizga çiqib dedilar: "Nima qilib ötiribsizlar?" Biz aytdik: Gaplaşib ötiribmiz". "Nima haqida gaplaşyapsizlar?" "Qiyomat haqida". "Sizlar önta alomatni körmaguningizça qiyomat bölmaydi. Avvalgisi quyoşning mağribdan çiqişi, söngra tutun, söngra Dajjol, söngra yer hayvoni, söngra uç marta yer yutişi, maşriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uçinçisi aytilmagan), Isoning çiqişi. Ya’juj va Ma’jujning çiqişi. Oxirgi alomat - Yamanda Adan qa’ridan çiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahşarga haydab boradi" (Sahih hadis. Muslim rivoyati).
Şu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilingan boşqa hadis ham bor: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralaridan çiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplaşib ötirgan edik. "Önta alomatni körmaguningizça qiyomat qoim bölmaydi, - dedilar. - quyoşning mağribdan çiqişi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning çiqişi, uç marta yer yutiiş - maşriqda, mağribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan çiqadigan olov. U odamlarni mahşarga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham, kunduz kuni mizğisalar ham, olov ular bilan birga böladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)" (Muslim rivoyati).
Imom Qurtubiy aytadi: "Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravişda, tartibsiz keltirilgan. Birinçi hadisda esa "söngra" lafzini işlatiş orqali tartib ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boşqa hadisida tartib aniq bayon qilingan: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda ötirgan edik. Bizning oldimizga çiqib: "Nimani eslayapsizlar?" deb söradilar. «Qiyomatni», javob berdik. "Önta alomatni körmaguningizça qiyomat bölmaydi, — deb (sanay boşladilar): — Maşriqdagi yer yutiş, mağribdagi yer yutiş, Arab jazirasidagi yer yutiş, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoşning mağribdan çiqişi, Adan qa’ridan çiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi" ("Тazkira" kitobidan).
Kitobda yana Dajjolning sifatlari ham keltirilgan. Xulosa sifatida, yahudiylar Dajjolni kutib turişgani bilan, u faqat Alloh taoloning xohiş irodasiga va belgilab qöygan vaqtiga boğliq.
Mikroçiplar
Inson tanasiga örnatiladigan mikroçiplarning virusga aloqasi ham yöq. Ular hali ham tajriba bosqiçida. Miyadagi ma'lumotlarni öqiy oladigani ham faqat ba'zi nerv signallarni uşlaşi mumkin xolos. Bu yerda ham muallif fantaziya qilgan.
Bitta çip yordamida hamma ma'lumotlarning olinişi - bu juda yaxşi narsa. Inson tanasiga qöyiladigan çip NFC texnologiyasiga öxşab işlaydi:
NFC texnologiyasi asosida işlaydigan, tanaga örnatiladigan çip.
Har bir odamning bazada IDsi böladi, unda odamning barça ma'lumotlari turadi. Lekin odamning qayerda yurganini biliş; uyida nima qilayotganini kuzatiş/eşitiş uçun çip yetarli emas. Serverga ma'lumot yuborişi uçun esa tirnoqdek çipda batareyka, internet, gps bölişi kerak. Bu hozir imkonsiz. Çip faqat NFC orqali odamning IDsini beradi xolos. Boşqa davlatlardagi ID kartaga öxşab işlaydi. Huddi şunaqa ID kartani Özbekiston ham keyingi yili çiqarmoqçi.
Agar inson ongini, hatti-harakatini çiplar orqali boşqarişning imkoni bölganda Xitoy avvalo öz xalqiga tadbiq qilmasmidi?
Ilon Mask
Ilon Maskning Starlink loyihasi butun dunyoni internet tarmoğiga ulaşdan iborat. Nima uçun 2 oyda 6ta parvoz? Sababi faqat Ilon Maskning firmasi raketaning yonilği töldirilgan qismini yerga qayta qöndirib undan qayta foydalanişni eplay oldi. Buning natijasida, har bir raketaning tepa qismini yasab, tagidigi yonilği qismi uçun bitta apparatni birneça marta işlatiş imkoni paydo böldi. Modulli raketa yasaldi.
Tesla, SpaceX, Hyperloop... Ilon Mask - asrimizning afsonaviy olimi. U kabi dunyoda ilmga, kaşfiyotga, ilojsiz texnologiyalarga bor budini tikib, iş çiqarolganlar barmoq bilan sanarli. Musulmonlar undan ilhomlanib, aniq ilmlarga qiziqişsa, bizda ham juda yaxşi rivojlaniş bölgan bölardi.
Xulosa
Tahminlar asosida yozilgan maqolani tarqatib, kamiga şu mavzuda Youtube'da virus haqiqatlari nomidan video qiliş nimaga kerak bölişi mumkin? Men tahmin qilmayman...
Ilm örganing, uni dunyoviy va diniyga ajratib ötirmang. Faqat ilm bilan musulmonlarning mavqesini bu dunyoda yuksaltiriş mumkin.
P.s. Şayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh hazratlari Sayhun va Jayhun haqidagi hadisga javob bergan ekanlar: http://savollar.islom.uz/s/17448 Sayhun va Jayhun - Amudaryo va Sirdaryo emas.