WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Rekruiterlar bilan işlaş uçun maslahatlar

recruiter bilan işlaş

Yangi iş joyi qidiriş jarayonida tajribali rekruiterlar bilan işlaş albatta yaxşi natija beradi. Rekruiter orzuingizdagi kompaniya eşiklarini oçişga yordam qölini çözişi, rezyumeingizni körib çiqib öz fikrini aytişi, intervyular davomida nimalar haqida gapiriş yoki gapirmaslik kerakligi haqida tuşunça berişi mumkin. Ularning barçasi iş qidiriş jarayonida asqotadi.

Siz rekruiterni özingiz topişingiz yoki rekruiter özidagi job pozitsiyasi uçun sizga aloqaga çiqişi mumkin. Rekruiter bilan qanday tanişişingizdan qat'iy nazar, quyidagi maslahatlar rekruiterlar bilan pozitiv hamkorlikda böliş hamda hamkorlikdan maksimal foyda çiqarişga yordam beradi.

Maqsadingizni aniqlab oling Nima sizning ustunlik tarafingiz? Qaysi tartibdagi kompaniya madaniyati sizga töğri keladi? Qaysi kompaniyalarda işlaşni xohlaysiz? Uşbu savollarga javob topiş karyeraviy maqsadingiz uçun rekruiter topişda kerak böladi.

Rezyumeni yangilab boring Rekruiterlar albatta nomzodga aloqaga çiqişdan oldin rezyumelar bilan tanişib çiqişadi. Töğri töldirilgan rezyume rekruiterlar bilan işlaş imkoniyatini oşiradi. Şuningdek, rezyumeni töğri töldiriş ham zarur. Masalan, rezyumega hozir rasm qöşilmaydi, hobbilaringizning esa heç kimga qiziği yöq (Rezyume töldiriş haqida alohida maqola yozaman).

Rekruter bilan intervyu Rekruiterlarga karyeraning tarixi va maqsadlaringizni ma'lum qilişingiz, ularga sizga mos iş topişlari uçun yordam beradi.

Tavozeli munosabatda böling Töğri, rekruiterlar sizni iş beruvçi bilan taniştirib qöyişgani uçun bonus olişadi ammo bu ularning mehnatini qadrlamaslikni yoki ularga salbiy munosabatni keltirib çiqarmasligi lozim. Ular nomzodlarning bazani yaratib, huddi siz kabi boşqalar uçun ham mos keladigan iş joyini qidirişadi, köp rezyumelar bilan tanişib çiqişadi. Şuningdek, telefondagi intervyu davomida aloqani qisqa va lönda qiliş, telefon va email orqali köp bezovta qilavermaslik ham siz tarafingizdan böladigan professional yondaşuv bölib baholanadi.

Kelişuvlarga rioya qiling Agar rekruiter bilan intervyu rejalaştirgan bölsangiz, öz vaqtida qatnaşing, hattoki telefondagi intervyuda ham. Intervyuga keç qoliş yoki aloqaga çiqmaslik nafaqat sizni işonçsiz odam sifatida körsatadi, balki rekruiterni iş beruvçi oldida noqulay ahvolga tuşirib qöyişi mumkin.

Ularga işoning Axborot texnologiyalari sohasidagi rekruiterlar köp holatlarda texnik terminlardan va AT kompaniyalarning iş faoliyati hamda talablaridan boxabar bölişadi. Şunçaki ularga işoning, karyerangiz haqida iloji boriça köp ma'lumot taqdim eting. Masalan, siz qisqa vaqt birneça joyda işlagan bölsangiz yoki karyerangizda uzoq muddatli töxtalişlar bölsa, ular haqida albatta tuşuntiring. Şunda rekruiter sizni iş beruvçilarga qaysi yöl bilan taniştirişni biladi, nomzod böyiça beriladigan savollarga tayyorgarlik köradi.

Töğrisözlik Rekruiterlar töğrisözlikni qadrlaşadi. Bunga iş tajribasidan tortib, boşqa rekruiterlar bilan işlayotganingizni ham bildirişingiz kiradi. Birneça rekruiterlar bilan işlaş normal holat, ammo biror işga intervyuga borayotganingiz yoki işga joylaşiş arafasida ekaningiz haqida albatta BARÇA siz bilan işlayotgan rekruiterlarga xabar bering. Rekruiterlar uçun nomzod bilan işlaş, unga vaqt ketqiziş va oxir-oqibatda nomzodning loqaydligi (noprofessionalligi) sabab, bonussiz qolişdan yomoni yöq.

Konstruktiv tanqid - foydali Rekruiter sizning karyerangiz va tajribangiz bilan tanişib çiqqaç, kamçiliklaringiz yoki rezyumeingdagi kamçiliklar haqida sörang. Bu sizga kamçiliklaringizni töğrilaş va işga kiriş imkoniyatlaringizni oşiriş uçun xizmat qiladi.

Işga kirganingizdan keyin ham aloqani saqlab qoling Köp holatlarda rekruiter karyera-advokatingiz bölib qolişi mumkin. Siz qaçon yana iş qidirişingiz mumkinligini bilmaysiz, şu sababli ham uzoq muddatda rekruiter bilan aloqani saqlab qoliş foydali böladi. Heç bölmaganda har olti oyda email xat yozib özingizni rekruiter radarida uşlab turişingiz ehtimoli bor.