1D interval search. Intervallar kesişmasini topiş

1D interval search (1D interval qidiruv) deb berilgan interval asosida u bilan kesişadigan boşqa intervallarni topişga aytiladi.
Biz 1D interval search'ni interval search tree yordamida ifodalaş va tree'da qidirişni körib çiqamiz.
Interval search tree
Interval search tree - binary search tree strukturasi yordamida yasaladigan ma'lumot tuzilmasi. Amaliyotda işlaş samaradorligini oşiriş uçun red-black tree'dan foydalaniladi. Har bir node'da 2 ta key - intervalning boşi (yoki pasti, low) va ohirgi (yoki yuqorisi, high) qiymatlari böladi. low qiymatidan node'ning key'i sifatida foydalaniladi. Şuningdek node'da node çild'laridagi eng katta high intervalining qiymati ham saqlanadi.
Interval Search Trees. Image credit: algs4.cs.princeton.edu
Interval search tree'da low qiymatlar key sifatida işlatilayotgani uçun tree'da bir xil low qiymatli intervallarni saqlay olmaymiz. Sababi - tree'dagi key'lar unikal bölişi kerak.
**Tree'ga interval qöşiş **binary search tree kabi böladi. Biz dastlab low qiymatlar böyiça qidirib qöşilişi kerak bölgan joyni topamiz. Keyin root'gaça orqaga qaytib, yöldagi har bir node'da maksimum high interval qiymatini soliştirib, kerak bölganda yangilaymiz. Orqaga qaytiş bor bölgani uçun, qöşişda rekursiv funksiya işlatiladi.
1D interval search amalining işlaşi quyidagiça:
- Agar tekşirilayotgan node'ning intervali berilgan interval bilan kesişsa, uni qaytaradi. Iş tugaydi.
- Agar çap sub-tree böş bölsa, öng sub-tree'dan tekşirişni davom ettiradi.
- Agar çap sub-tree'dagi max high qiymat, berilgan intervalning low'idan kiçkina bölsa, öng sub-tree'dan tekşirişni davom ettiradi.
- Aks holda çapdan davom ettiradi.
Intervallar kesişmasini qidiriş. Image credit: algs4.cs.princeton.edu
Kesişuvning (intersection) ikki holati mavjud. Birinçi holatda, agar biz öng sub-tree'ga ötadigan bölsak, demakki çap sub-tree'da kesişuv yöq böladi. Isboti sifatida biz low qiymatni çap sub-tree'dagi max qiymat bilan tekşirganimizni keltiramiz.
Ikkinçi holatda, agar biz çapga ötsak, demak çapda intersection bor yoki intersection umuman yöq. Isboti - berilgan intervalning high qiymati çap sub-tree'dagi eng kiçik node'ning low qiymatidan kiçik bölişi.
Uşbu algoritm hamma kesişuvlarni topmaydi, faqat bitta interval topilişi bilan işni tugatadi. Masalan yuqoridagi rasmda çap tarafda ham [16, 22], öng tarafda ham [21, 24] kesişuv bor. Algoritm faqat bitta kesişuvni topadi xolos.
Ikki intervalning kesişuvini aniqlaş
Agar soliştirilayotgan ikki interval uzunligining yiğindisi ularning minimum low va maksimum high nuqtalari uzunligidan katta bölsa, demak ikki interval kesişadi.
Image credit: https://stackoverflow.com/a/25369187/10982308
[a1, a2] va [b1, b2] intervallar uçun:
if (Math.max(a2, b2) - Math.min(a1, b1) < (a2 - a1) + (b2 - b1)) {
// ikki interval kesişadi
}
Tahlil
Qöşiş (insert) va bitta kesişgan intervalni qidiriş (search) O(log N) vaqt oladi. Barça kesişuvlarni topiş esa - O(R log N), bu yerda R - kesişuvlar soni.
Kod
Interval search tree APIda tree yasaş va tree'dan intervalni topiş funksiyalari yozilgan.
Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/trees/interval-search-trees.js
Mavzu böyiça savollarni Github’dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository’da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin.