PHP dasturçi bilişi kerak bölgan Javascript hususiyatlari

PHPdan keyin Javascriptda (Jquery emas) kod yozişni boşlaganimda tilning ba'zi öziga xosliklari men uçun yangilik bölgan. Quyida ularni tuşuntirişga harakat qilaman.
Aminmanki, siz qaysi tildagi dasturçi bölişingizdan qat'iy nazar, qaçondir Javascript'da kod yozişingizga töğri keladi. Qöşimçasiga, dasturlaşni örganmoqçi bölib yurganlarga ham PHPdan emas Javascriptdan boşlaşni maslahat bergan bölardim.
this
Javascriptda this - bu keladigan joyiga (kontekstiga) qarab, turli qiymatlarni öz içiga oladi:, U global obyekt, klass obyekti (PHPdagi kabi) yoki funksiyaga boğlangan bölişi mumkin.
var person = {
firstName: "John",
lastName: "Doe",
id: 5566,
fullName: function() {
return this.firstName + " " + this.lastName
}
}
person.fullName "John Doe" qaytaradi.
const va let
Javascriptda const bilan konstanta e'lon qilinadi.
const person = {}
person konstant - özgarmas qiymatga ega. Lekin! konstant obyekt va array e'lon qilib, uni töldiriş mumkin!
person[firstName] = "John"
person[lastName] = "Doe"
Özgarmasligi şundaki, person ning öziga qiymat beriş mumkin emas:
person = { firstName: "John", lastName: "Doe" }
^ Işlamaydi, sababi person avvalroq const bilan e'lon qilib qöyilgan. Işlaşi uçun, const'ni let'ga özgartiriş kerak.
Aloqador mavzu: Javascriptda var, let va const
Nuqta-vergul kerakmas (deyarli)
PHP nuqta-vergulni ( ; ) kod/qator ajratuvçi sifatida köradi. Javascriptda esa, ba'zi holatlarni hisobga olmasa, qator ohirida nuqta-vergul şartmas. Javascript interpretatori yangi qatorni ham ajratuvçi sifatida köradi.
Ba'zi holatlarga
for (let i = 0; i < 10; i++) {}
kiradi.
Spread operatori
PHP 7.4 da nihoyat spread operatorini kiritişdi. Javascriptda bu avvaldan bor va juda qulay. Şuningdek yaramas mutatsiyalardan ham asraydi (mutatsiyalar haqida pastroqda).
const person = {
firstName: "John",
lastName: "Doe"
}
const employee = {
...person,
age: 25
}
console.log(employee) // { firstName: "John", lastName: "Doe", age: 25 }
Funksiyalarni argument sifatida işlatsa böladi
Funksiyani faqat nomini işlatib, argument sifatida foydalaniş, boşqa özgaruvçiga beriş, va hk, özgaruvçilar bilan nima qilsangiz, funksiyada ham şuni amalga oşiriş mumkin.
const notify = function(someVar, anotherVar, someFunc) {
someFunc(someVar)
}
function callbackFunc(funcVar) {
console.log(funcVar)
}
notify(1, 2, callbackFunc)
Yoki funksiyani argumentning özida e'lon qiliş ham mumkin:
const notify = function(someVar, anotherVar, someFunc) {
someFunc(someVar)
}
notify(1, 2, function(funcVar) { console.log(funcVar) })
Funksiya içida funksiya yoziş mumkin
Bunda parent funksiyadagi özgaruvçilarni child funksiya içida işlatsa böladi. Javascript'ni tuşuniş uçun this, scope va context'ni tuşunib olişni maslahat bergan bölardim. ;)
function notify(someVar, anotherVar, someFunc) {
function sendEmail() {
// do something
}
}
Javascriptda array yöq!
PHPda biz biladiganimiz - nomer indeksli array, string indeksli array (associative) array, object - barçasi Javascriptda bitta: object. Şuning uçun
const employee["john"] = {}
const employee.john = {}
bir xil. Törtburçak qavslar, Array funksiyalari - barçasi maskirovka. Isboti:
typeof [] === "object" // true.
Javascriptda class ham yöq!
Ha, nomi bor, class'ga öxşab işlaydi. Lekin u class emas, şunçaki funksiyaning (obyektning) dekoratsiyasi. Masalan, quyidagi class va funksiyalar aslida bir xil.
class Person {
constructor(person) {
this.firstName = person.firstName
this.lastName = person.lastName
}
getFullName() {
return console.log(this.firstName + ' ' + this.lastName)
}
}
const employee = new Person({ firstName: "John", lastName: "Doe" })
va
const Person = {
firstName: null,
lastName: null,
getFullname: function() {
return this.firstName + ' ' + this.lastName
}
}
const employee = Person
employee.firstName = "John"
employee.lastName = "Doe"
employee.getFullname()
Sababi, Javascript - prototype'ga asoslangan dasturlaş tili.
Şuningdek, Javascriptda class'da private özgaruvçi va private metod e'lon qilib bölmaydi (2020-yil ohiriga köra).
Destrukturizatsiya
Obyekt yoki array özgaruvçi elementlari qiymatini bir vaqtning özida bir neça özgaruvçiga beriş imkoniyati bor. Misollar:
const { id, name } = query // id = query.id, name = query.name
const { firstName, lastName } = { f: "John", l: "Doe" }
const [ year, month, day ] = "2020-11-20".split("-")
// Spread va destrukturizatsiya birgalikda
const person = { firstName: null, lastName: null }
const { ...person, age, occupation } = { firstName: "John", lastName: "Doe", age: 25, occupation: "Engineer" }
Property Value Şorthand
Agar object property qiymati özgaruvçi orqali berilsa va özgaruvçi hamda property nomi bir xil bölsa, ularni qisqartiriş mumkin.
const firstName = "John"
const lastName = "Doe"
const person = {
firstName, // firstName: firstName,
lastName, // lastName: lastName
}
Strelkali funksiyalar
Konteksti (yoki this) yöq bölgan funksiyalar ham mavjud. Bu köpinça funksiyani qisqartiriş uçun qulay. Soliştirib körişga:
const elements = [
'Hydrogen',
'Helium',
'Lithium',
'Beryllium'
]
// Har bir element nomining uzunligini massiv körinişida qaytaradi: [8, 6, 7, 9]
elements.map(function(element) {
return element.length;
})
// Funksiyani strelka-funksiya körinişida yoziş:
elements.map((element) => {
return element.length;
})
// Agar bitta amal böladigan bölsa, {} va return'ni ham qisqartiriş mumkin
elements.map((element) => element.length)
// Agar argument bitta bölsa, qavslarni olib taşlasa böladi
elements.map(element => element.length)
// Özgaruvçi nomini qisqartiramiz ;)
elements.map(e => e.length)
// Agar object qaytariş kerak bölsaçi? U holda object () orasiga olinadi.
elements.map(e => ({ length: e.length }))
Javascriptda tuzukroq tartiblaş funksiyasi yöq!
PHPda array'ni tartiblaş funksiyalari talaygina, ular hayotimizni osonlaştirgan. Javascriptda faqat bitta .sort() funksiyasi bor. U harflar böyiça tartiblaydi, şunda ham töğri tartiblamaydi.
// Notöğri tartiblaş
[1, 4, 14, 9, 22, 5, 8].sort() // [1, 14, 22, 4, 5, 8, 9]
[46, 't', 'Y', 'a', 'c', 'W'].sort() // [46, "W", "Y", "a", "c", "t"] (avval sonlar, keyin katta harflar, ohirida kiçik harflar)
// Töğri tartiblaş
[1, 4, 14, 9, 22, 5, 8].sort((a, b) => a - b) // [1, 4, 5, 8, 9, 14, 22]
[46, 't', 'Y', 'a', 'c', 'W'].sort((a, b) => a.localeCompare(b)) // [46, "a", "c", "t", "W", "Y"]
Promise
PHPda yozilgan kod ketma-ketlikda, qatorma-qator işlasa, Javascriptdagi ba'zi Promise funksiyalar kelajakda işlaydi. Masalan:
const wait = time => new Promise((resolve) => setTimeout(resolve, time))
wait(3000).then(() => console.log('Hello!'))
console.log('Bye!')
Kod işlaganda dastlab "Bye!", 3 sekunddan keyin "Hello!" çiqaradi. PHPda dastlab, 3 sekund kutib "Hello!", keyin "Bye!" körsatgan bölardi.
Promise funksiyaning bajarilişi yakunlanişini kutiş uçun funksiyaNomi().then(() => { ... }) dan foydalaniş kerak. ES6 da esa yengillik bor: Promise funksiya async kalit sözi bilan e'lon qilinadi. Funksiyaning yakunlanişini kutiş uçun funksiya nomidan oldin await sözi işlatiladi.
const wait = async (fn, delay) => setTimeout(fn, delay)
await wait(() => console.log('Hello!'), 3000)
console.log('Bye!')
Mutatsiyalar
Javascriptda primitiv ma'lumot tuzilmalari (string, boolean, number) özgaruvçiga qiymat berilganidan keyin, ular özgarmaydi, mutatsiyaga uçramaydi. Array va Object'da esa, ularning property'si özgarganda yoki yangi property qöşilganda mutatsiyaga uçraydi.
const puppy = {
name: 'Dessi',
age: 9
}
puppy.age = 10
puppy object mutatsiyaga uçradi, uning age property'si özgardi.
Köpinça mutatsiyalar muammoga olib keladi. Boşqa misolni köramiz.
const myFirstArr = [1, 2, 3, 4]
const mySecondArr = myFirstArr
myFirstArr.push(5)
console.log(myFirstArr)
console.log(mySecondArr)
myFirstArr = [1, 2, 3, 4, 5] böldi, töğri.
mySecondArr çi? PHP dasturçi [1, 2, 3, 4] ga teng deb javob beradi, javob notöğri. mySecondArr = [1, 2, 3, 4, 5] , mySecondArr ga ham 5 qöşilgan!
const egg = { name: "Humpty Dumpty" };
const newEgg = egg;
newEgg.name = "Errr … Not Humpty Dumpty";
newEgg.name endi "Errr … Not Humpty Dumpty" ga teng.
egg.name esa... u ham "Errr … Not Humpty Dumpty" :D
Mana bu mutatsiya boşoğriği. E'tibor bergan bölsangiz, const mutatsiyadan himoya qilmaydi, u faqat özgaruvçiga boşqa qiymat berişdan saqlaydi xolos.
Mavzu: Nima uçun mutatsiyalar sodir böladi?
Mutatsiyani çetlab ötişning bir neça usullari bor. Ulardan eng oddiysi - yangi array'ga eski array'ni töğridan tögri bermasdan, spread operatori orqali qiymatini beriş. Yuqoridagi misollarda mutatsiyadan saqlaniş uçun quyidagiça yoziş kerak:
const mySecondArr = [...myFirstArr]
const newEgg = {...egg}
Şunda bir array'dagi mutatsiya boşqasiga ta'sir qilmaydi.
Katta proyektlarda, masalan React'da tayyor bibliotekalardan foydalaniladi: https://immutable-js.github.io/immutable-js/
Hozirça şular. Men maqolada javascriptning ğalati işlaydigan holatlarini çetlab ötişga harakat qildim. Qiziqsangiz, bu yerda ular bilan tanişib çiqişingiz mumkin: https://javascriptwtf.com/