WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Awakening Bangkok

image

Awakening Bangkok - yoruğlik dekoratsiyalarini öz içiga olgan festival bölib, har yili ötkazib kelinar ekan. Men faqat bu yilgi festivalni tasodifan (har doimgidek) bilib qoldim va ötgan şanbada dekoratsiyalarni aylanib çiqdim.

Instalyatsiyalardan biror ma'no izlaş qiyin, manimça şunçaki tomoşa qilib, aylanib çiqiş kerak. E'tiborli tarafi - ular bir joyda emas, 5-6 köçaga, asosan, kam ta'minlangan aholi yaşaydigan köçalarga tarqalgan.

Misol uçun, ulardan biri - Horun jamoasi (mahallasi) Bangkokdagi eng qadimiy musulmon mahalla. Ularning öz masjidi bor, Juma kuni kamdan-kam ingliz tilida ma'ruza qilinadigan masjidlardan biri. Kaminaning ham bu yerga ba'zi vaqtlarda işi tuşib turgan (Bangkokdagi dastlabki kunlarda halol göşt qidirib; bir-ikki juma kunlari va Qurbon hayitida). Ayni şu mahallaga törtta dekoratsiya qöyilgan ekan. Bu yerga dekoratsiyalarni qidirib kelganlarni körib, yoş bolalar xursand edi.

Maqsad ham aslida dekoratsiya-festival bahona kam ta'minlangan mahallalarga e'tibor qaratiş bölgandir balki. Masalan, men uçun dekoratsiyalar heç bölmaganda, bema'ni şakllardan köra köproq ma'lumot bera oldi.

P.s.s. Dekoratsiyalar haqida bu yerda: https://www.timeout.com/bangkok/awakening-bangkok-2020-artworks