Wordle.uz da kun so’zini bir urinishda topish ;)

1-kun. So’zni topish uchun o’zbek tilining imlo lug’atini yuklab oldim va kichik dastur yozib, ular ichidan faqat 5 ta harfli so’zlarni qoldirdim. So’ngra VS Code dastur muharririda REGEX bo’yicha qidiruv bilan 5 ta urinishda topdim. REGEX qidiruv quyidagicha:
SALOM so’zida faqat A harfi bor bo’lsa va u boshqa pozitsiyada turgan bo’lsa, qidiruv patterni quyidagicha bo’ladi:
[a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][b-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ][a-k,n,p-r,t-z,ó,ǵ]
Bu degani, S L O M harflari barcha pozitsiyalarda, A harfi esa faqat ikkinchi pozitsiyada tushirib qoldiriladi. Shu tariqa topilgan so’zlardan foydalanib keyingi tahminni kiritish mumkin.

2-kun. Sayt muallifining twitterida so’zlar ro’yhati bor rasm qo’yilgan ekan. Unda kelishik qo’shimchalari qo’shilgan so’zlar ham bor: «mehri», «nomni», «qizim». Demak shunchaki so’z emas, qo’shimchali so’zlarning ham chiqishi ehtimoli bor.

3-kun. Barcha so’zlar ro’yhati dasturning kodida allaqachon mavjud. Bu so’zlar bo’yicha qidiruvni ancha osonlashtiradi.

4-kun. Dastur backend’ga hech qanday so’rov yubormayapti. Demak kun so’zi ham qayerdadir frontendda turipti. Dastur kodi «kun so’zi» bugungi sana bo’yicha generatsiya qilinib, localStorage’da saqlanayotganini ko’rsatdi (👇 rasmda). Bugungi sanani foydalanuvchi qurilmasidagi sanadan olish – kun so’zining barchada bir xil bo’lmasligiga olib kelishi mumkin. Masalan, kimningdir kompyuterida boshqa sana turgan bo’lsa, u uchun kun so’zi boshqalardan farqli bo’ladi.