Vaqt qadri

Tom Kruz iştirok etgan "Грань будущего" (Edge of tomorrow) kinosi yoqadi. Ölgaç 24 soat orqaga qaytib qoladigan qahramon - Keyj (Kruz), har safar biror narsani örganib, tajribasi ortib boradi. Dastlabki qaytişlarida öz jamoasidagilarni ogohlantirişga urinadi, keyingisida ularni qutqaradi, söngra voqealar rivojini özgartirmoqçi böladi. Tajribasi ortgaç, öz atrofidagilarni qutqarib kiçik qahramonlik körsatiş emas, balki faqat unda bölib turgan qobilyatni işga solib, insoniyatni qutqarişga bel boğlaydi.
Bizning ötayotgan kunlarimiz ham şunday. Kunlar deyarli bir xil qaytalanib turadi. Biz bir kundagi vaqtimizni turli darajadagi qahramonliklarga sarflaşimiz mumkin - ijtimoiy tarmoqlarda vaqt ötkazişimiz, ançadan beri rejalaştirib yurgan işimizni tugatişimiz, rizqimizni topiş uçun mehnat qilişimiz, biror ilm örganişimiz, va h.k. Ohir-oqibatda, biz kundalik vaqtimizni sarflayotgan yumuşlar bizning qay darajadagi inson ekanligimizni boşqalar oldida ham, Yaratuvçi oldida ham aniqlab beradi.
Vaqtni behuda sarflamaylik, uning qiymati yuqori, har biri hisobli. Zero bizda kino qahramoni - Keyj kabi, vafot etgaç ortga qaytib qoliş qobilyati yöq.