Leetcode 7. Reverse Integer

32 bitli x integer son berilgan. Uning raqamlarini teskari o’girib qaytaring. Agar teskari o’girish 32 bitli integer sig’imi [-231, 231-1] oralig’idan oshib ketadigan bo’lsa, 0 qiymatini qaytaring.

Dasturlash muhiti 64 bit integer sonlarni qabul qilmaydi deb hisoblaymiz.

Example 1:
Input: x = 123
Output: 321

Example 2:
Input: x = -123
Output: -321

Example 3:
Input: x = 120
Output: 21

x soni [-231, 231-1] oralig’ida beriladi.

Ishlash tartibi

  1. Son manfiy bo’lishi mumkin, shuning uchun uning absolyut qiymatini olamiz: Math.abs(x)
  2. Uni stringga aylantiramiz. Buning uchun .toString() yoki template literal ishlatishimiz mumkin.
  3. String harflarini array elementlariga aylantiramiz: str.split()
  4. Hosil bo’lgan arrayni boshini ohiriga qilib o’zgartiramiz: arr.reverse()
  5. Arrayni stringga qaytaramiz: arr.join('')
  6. Stringni songa o’zgartiramiz: parseInt(str, 10)
  7. Sonning vektorini (musbat, manfiy) olib, uni songa ko’paytiramiz: num * Math.sign(num)
  8. Agar son [-231, 231-1] oralig’ida bo’lsa sonni, aks holda 0 qaytaramiz.

Kod