WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Dasturçi 35 dan keyin: Stabil iş, kofe va yangi rol izlaş

Dasturçi software arçitect

Dasturçilik dunyosida 20 yoşli “junior”ning energiyasi bilan 35 yoşli tajribali mutaxassisning qaraşlari bir xil bölmaydi. Vaqt ötgan sari qadriyatlar, kuç-quvvat, hatto motivatsiya ham özgaradi. “Super-pupper” startaplar, “yozib bitolmaydigan” yangi ğoyalar endi avvalgidek qiziq tuyulmaydi. 35 dan keyin köp dasturçilar uçun asosiy qadriyat – bu stabil iş joyi,** barqaror daromad** va tinçlik.

Kalla kofesiz işlamaydi

Avvalgi yillarda bir keçada butun loyihani yozib taşlaş, kodni “refactor” qiliş uçun tun böyi uxlamay işlaş odatiy edi. Endi esa bitta “pull request”ni yozişdan oldin ham kofe kerak böladi. Haqiqat şuki, organizmni aldab bölmaydi. Lekin şu bilan birga tajriba, mehnatni töğri taqsimlaş va “şoşilmay, sifatli qiliş” qobiliyati keladi.

Sönggi “Evrika!” kayfidan beri…

Har bir dasturçining hayotida bir davr böladi – yangi texnologiya örganib, kutilmagan muammoni hal qilgan paytdagi - "Evrika!" hissiyoti. Lekin 30 dan keyin bu kayfiyat odatda ortda qoladi. Çunki köp narsalar takrorlanayotgandek bölib ketadi. Yangi framework çiqdimi? “Hamma baribir eski muammolarni yangi nom bilan yeçmoqda” degan qaraş paydo böladi.

Software Arçitect sari

Yillar davomida kod yozib, tizimlar qurib, muammolarni yeçib kelgan dasturçi endi tabiiy ravişda Software Arçitect roliga intiladi. Bu – endi özi kod yozmasligi ham mumkin, lekin tizimni qanday quriş, qayerda qanday yeçim işlatiş kerakligini biladi. Bu, bir tomondan, tajribaning eng yuqori nuqtasi.

“Keyingi qadam nima?” savoli

Şu yoşda köp dasturçi karyerasining ohirini his qiladi: endi 10 yil oldingidek kuniga 12 soat kod yozişning imkoni yöq. Oldinda esa ikki asosiy yöl bor:

  1. Proyekt-menejerlik – kod yozişdan asta-sekin çiqib ketib, jamoa va biznes jarayonlarini boşqarişga ötiş.
  2. Team-leaderlik – kod yozişni butunlay taşlamasdan, lekin köproq boşqalarni yönaltiruvçi, ustoz sifatida işlaş.

Konsalting – yangi bosqiç

Ba’zilarga esa bu ham torlik qiladi. Tajribani yiğib, mustaqil böliş istagi tuğiladi. Natijada özining kiçik bölsa ham konsalting firmasini oçiş – eng mantiqiy qadam bölib qoladi. Endi u nafaqat dasturçi, balki biznes egasi, maslahat beruvçi va yöl körsatuvçiga aylanadi.


Xulosa: 35 dan keyingi dasturçilik – bu yoşlikdagi şiddat emas, balki tajriba, muvozanat va yangi yöl tanlaş davri. Endi savol bitta: kod yozişni davom ettirib, tajriba bilan bölişasizmi yoki butunlay boşqaruv sari ötasizmi? Har ikkisi ham qadrlidir, faqat qaysi yöl sizga köproq ma’no berişini topiş kerak.