Leetcode 9. Palindrome Number

x son berilgan, funksiya agar x palindrom bo’lsa true, aks holda false qaytarishi kerak. Palindrom son deb ohiridan boshiga qarab o’qilganda ham bir xil chiqadigan sonlarga aytiladi. Masalan, 121 – palindrom, 123 – palindrom emas. Shuningdek, -121 ham palindrom emas, chunki teskari o’qilganda 121- bo’lib qoladi.

Leetcode 7. Reverse Integer

32 bitli x integer son berilgan. Uning raqamlarini teskari o’girib qaytaring. Agar teskari o’girish 32 bitli integer sig’imi [-2^31, 2^31 – 1] oralig’idan oshib ketadigan bo’lsa, 0 qiymatini qaytaring.

Leetcode 5. Longest Palindromic Substring

Bizga s string berilgan. Undan eng uzun palindrom substringni topish kerak. s string uzunligi 1 va 1000 belgi orasida bo’ladi. Palindrom deb, o’ng va chap qismi bir-biriga simmetrik bo’lgan so’zlarga aytiladi. Ya’ni so’zni ohiridan boshiga o’qiganda ham bir xil so’z chiqadi.

Leetcode 2. Add two numbers

Ikki bo’sh bo’lmagan, non-negativ sonlarni taqdim qiluvchi linked list’lar berilgan. Listdagi raqamlar teskari tartibda joylashgan, har bir node bitta raqamdan iborat. Ikki sonni qo’shib, javobini linked list’da qaytaring.

Leetcode 1. Two Sum

Leetcode 1. Sonlardan iborat nums array va yig’indisi target berilgan. target’ni nums array’dagi qaysi sonlarning yig’indisidan iborat ekanligini topib, ularning indeksini array ko’rinishida qaytarishimiz kerak.

Minimum edit distance

Minimum tahrirlash masofasi deb be’mani tarjima qilinadigan minimum edit distance (yoki ixtirochisi sharafiga Levenshtein distance) algoritmi ikki so’z o’rtasidagi farqlar sonini aniqlashga yordam beradi.

Ryukzak masalasi (Knapsack problem)

Bizda har biri vaznga va qiymatga ega bo’lgan turli buyumlar bor. Ryukzakga (yoki biror idishga) solish uchun ularni shunday tanlash kerakki, buyumlar ryukzakning maksimum og’irlik limitidan kichkina yoki teng bo’lsin va solingan buyumlarning umumiy qiymati iloji boricha eng kattasi bo’lsin. Ushbu masala ryukzak masalasi, inglizchada knapsack problem deb ataladi.