Suffix array va matnni suffix array’da qayta ishlash
Bizga N belgiga ega matndan so’zni qidirib, barcha so’zlarni topish kerak bo’lsin. To’g’ri, so’zni topadigan tayyor sub-string funksiyalar allaqachon mavjud. Ammo texnik intervyu jarayonida qo’yiladigan masalada tayyor funksiyadan foydalanmaslik kerak bo’ladi. Bunda odatiy yechim – brute-force algoritmi yordamida matndagi barcha belgilar solishtirib chiqiladi. Ishlash vaqti – O(N2), tezkor yechim emas.