Talabalar
Haydovchimiz Abror o’zining «Zangiota-Otchopar» yo’nalishi bo’yicha qatnashga mo’ljallangan Damas mashinasida ertalab semiz-ozg’in yo’lovchilarni bozorga olib kelib tashlagach o’qishga keladi va bir kun avval kechasi bo’lib o’tgan choyxona yoki qandaydir munosabat bilan o’tkazilgan yig’ini sababli chala qolgan uyqusini orqa partalardan biriga cho’zilgancha hech kimga xalaqit bermay, ya’ni xurrak otmay davom ettiradi.