Kuala Lumpur shahri transport tizimi

Hukumat tomonidan 90-yillar o’rtalaridan boshlab transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar hamda pulni to’g’ri sarflay olish – hozirgi kunda Kuala Lumpurning transport tizimi taraqqiy etgan shaharlardan biri bo’lishiga xizmat qildi.

Bugungi kunga kelib, shahar transport tizimida avtobuslar, 5 xil turdagi poyezd, metro va monorelslar xizmat ko’rsatadi hamda shahardagi probkalarning kamayishiga hissa qo’shib kelmoqda:

1. ERL (Express Rail Link) – KLdan 57 km uzoqlikda joylashgan, KL xalqaro aeroportini bog’lab turish uchun ishga tushirilgan tezyurar poyezd liniyasi. U soatiga 175km gacha tezlikda harakatlana oladi va 40daqiqa ichida shahar markaziga olib kelishi mumkin.

KLIA Express
KLIA Express
ERLning 2 xil liniyasi mavjud:
1) KLIA Express – aeroportdan shahargacha to’xtamasdan yetib boradi.
2) KLIA Transit – aeroportdan shahargacha bekatlarda to’xtab boradi.
2. KTM Komuter – Britaniya koloniyasi davridan qolgan eski poyezd yo’l tizimining Kuala Lumpur va uning yon-atroflarini bog’lovchi qismi. Hozirgi kunda zamonaviy poyezdlar bilan ta’minlangan bo’lishiga qaramay, raqobatda shahar ichidagi boshqa transport yo’nalishlariga yutqazadi.
KTM Komuter
KTM Komuter
KTMning 2ta yo’nalishi bor. 3-yo’nalish esa endi qurilmoqda.
3. LRT (Light Rapid Transit) – o’zimizning metroni eslatib yuboradi. Farqi – LRT asosiy vaqtini tashqarida yurish bilan o’tqazadi. LRTning 2.5 ta yo’nalishi bor, 2-yo’nalish yarmidan 2ga ajraladi
LRT
LRT

4. Monorels – tramvayga o’xshaydi. Eng sekin yuradigan transport turi ekan. Asosan KLning markaziy ko’chalarida harakatlanadi. Ichki ko’rinishi biroz eskirgan, eng talabgor transport shu bo’lsa kerak, faqat shundagina odam ko’p edi.

Monorels
Monorels

5. MRT (Mass Rapid Transit) – qurilganiga 1 yil bo’lgan yangi metro yo’nalishi. Uning haydovchisi yo’q, avtomatik boshqariladi! Saloni toza, yangiligi bilinib turipti. Tezligi 90km/soatgacha chiqadi. Bekatlarining yarmi yer ostida joylashgan.

MRT
MRT

Bundan tashqari, elektrda yuradigan avtobuslarga ega BRT Sunway yo’nalishi ham mavjud. 2018-yilga kelib esa o’zining alohida yo’lkasiga ega bo’ladigan BRT Federal yo’nalishi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Keyingi yil ishga tushadigan BRT Federal yo'nalishi maketi (sariq rangdagi avtobuslar)
Keyingi yil ishga tushadigan BRT Federal yo’nalishi maketi (sariq rangdagi avtobuslar)
LRT, MRT va Monorels yo’nalishlari bitta tarmoqqa ulangan va biridan ikkinchisiga o’tish yo’lakchalari bor. Yer ustidagi deyarli barcha bekatlarda ventilyatorlar, yerosti bekatlarida konditsionerlar o’rnatilgan. Poyezd salonlarida ham konditsionerlar salqin havoni ta’minlab beradi.
Vagonlar saloni toza, monorelsni hisobga olmaganda, qolgan transportlarda yoqimsiz hidlar yo’q. Nima uchundir aksariyat o’rindiqlar metalldan ishlangan va konditsionerning salonni sovutib yuborishi hisobiga doim muzdek bo’lib turadi.
Salon ichida reklama plakatlari o’rniga kichik monitorlar o’rnatilgan. Ekranda reklamalar va transportdan to’g’ri foydalanish qoidalari xazil aralash ko’rsatib o’tiladi. Birovning kiyimiga, soch turmagiga boshqasi ahamiyat bermaydi. Bu yerda ham kattalarga joy berish odobi bor. 🙂
Poyezd yo’llari va bekatlari uchun yerdan balandda alohida yo’llar o’tqizilgan, eskalatorlar va liftlar xizmat ko’rsatadi.
Eskalator
Eskalator

Bekatlarda transport tizimining xaritasi osib qo’yilgan, yozuvlar ingliz tilida.

Poyezd yo'nalishlari
Poyezd yo’nalishlari

Barcha yo’nalishlar uchun yagona kartochka tizimi joriy etilgan. Kartochka metroga ham, avtobusga ham o’tadi. Metroga kirishda va avtobusga chiqishda to’lovni amalga oshirish uchun, kartochkani apparatga tekkazib qo’yish kifoya. Kartochka VIP emas albatta, kartani sotib olish, so’ngra pul to’lab kartani to’ldirish kerak. Yo’nalishga qarab narxlar o’zgarib boradi, lekin qanaqa qilib hisoblanishini tushuna olmadim. 15.50 ringgit (~$3.7) to’laganimdan so’ng, kartaga 9.90 ringgit tushdi. Barcha liniyalarni aylanib chiqqanimdan keyin esa, hisobimda 3.4 qoldi. 6.5 ringgit (~$1.55) 4.5 soatlik sayr uchun shunchaki kulgili summa.

Bekatlarda poyezd yo’li to’sib qo’yilgan. Bekat eshiklari poyezd kelganda ochiladi:

MRT bekati
MRT bekati

Qizig’i haydovchisiz poyezdlar ham, haydovchiga ega poyezdlar ham bekatda o’ta aniqlikda to’xtaydi. Poyezd to’xtagach, bekat eshiklari hamda poyezd eshiklari orasidagi farq 5-sm.gacha bo’lishi mumkin:

MRT bekati

Bekatlarda birorta militsiya hodimini uchratmaysiz. Ularga ish ham yo’q, bekatlar va vagonlar kameralar bilan jihozlangan. Qo’riqchilar o’z xonasida kuzatib borishadi.

MRT bekati

Poyezd yo’nalishlari shaharning barcha qismini bog’laydi. Hukumat o’z aholisining eski uylarini turistlar ko’rib qolishidan uyalmaydi shekilli, eski uylar katta devorlar bilan berkitib qo’yilmagan.

Umuman olganda, transport tizimi shaharni ko’rish uchun eng qulay vosita hisoblanadi.

TTDI bekatidan olingan rasm

Katta parkovka:

Shahar

Masjid

Tabiat va urbanizatsiyaning uyg'unlashuvi
Tabiat va urbanizatsiyaning uyg’unlashuvi
Golf maydoni
Golf maydoni
Hi-tech uslubida qurilgan uylar
Hi-tech uslubida qurilgan uylar
Bukit Jalil stadioni bekati
Bukit Jalil stadioni bekati

Transportda o’tgan sayohat Kuala Lumpurning holatini ko’rsatib berdi. Qurilishlar juda ko’p, aksariyati baland minoralar. Shahar rivojlanish bosqichida, zamonaviylashmoqda. Yaxshi o’ylangan transport infrastrukturasi esa shahar chekkalarini markazga bog’lash bilan birga, yangi texnologiyalarni ijtimoiy hayotga jalb qilib, shaharliklar va sayyohlar uchun o’ta qulay transport yo’nalishlarini va vositalarini taqdim etib kelmoqda.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing!