Yahudiylar va koronavirus

Koronavirus va yahudiylar

Koronavirusni yahudiylar fitnasiga bog’lash nazariyasi haqida o’zbek blogerlari biror narsalarni yozishyapti. Telegramdagi sinfdoshlar guruhida ushbu blogpost  haqida fikrimni so’rashgandi. Guruhda yozganlarimni umumlashtirib, maqola sifatida bu yerga ham qo’shib qo’ydim.

TL;DR

Qisqasi, maqolada faktlar buzib koʻrsatilgan.

Koronavirus – 36 dan ortiq bo’lgan viruslar guruhi. Uning MERS va SARS turi cho’chqa grippi va parranda grippi ham deyiladi. Koronavirus yaqinda paydo boʻlmagan, faqat ohirgi turi dunyoda keng tarqalib ketdi.

Dajjol haqida esa odamlarning safsatasidan koʻra Rosululloh SAVning hadislariga ishongan maʼqul.

Belgilar

Yahudiylarning messiyani kutishayotgani rost. Rosa tirishib hammayog’i malla bo’lgan sigirni ham bir yarim yilcha oldin tug’dirib olishdi. Aslida Tavrotda «Ahmad» (Muhammad SAV) kelishi yozilgandi, ular so’nggi payg’ambar arablardan chiqqani uchun hasad o’tida Rosululloh SAVni tan olishmagan va boshqasi keladi dib kutishmoqda.

1-belgi.

Kitobda Wuhan-400 ning to’g’ri kelishi tasodif, aslida virus tavsifiga faqat shu nom tasodifan mos tushgan xolos. Bunday tasodiflar uchrab turadi, hozir eslaganim, Simpsons multfilmida 19 yil oldin Trampning prezidentlikka kelishi tasvirlangandi: https://www.businessinsider.com/the-simpsons-is-good-at-predicting-the-future-2016-11

Rasmga olingan kitob sahifasining qizil rangda belgilangan qismi tagida virusning yuqishi va nimalar keltirib chiqarishi ham tavsiflangan. Tarjimasi:

  • faqat odamlarga yuqadi, hayvonlarga yuqmaydi (covid – mushukka ham yuqqan digan yangilik chiqdi)
  • tashqarida 1 minutdan ko’p yashay olmaydi (covid tashqarida, buyumlarda 2 kungacha saqlanib qolishi mumkin)
  • bemor harorati 30 gradusgacha tushib ketadi (covidda temperatura ko’tariladi)

2-belgi.

Contagion kinosi o’sha vaqtda trendni ushlash uchun chiqarilgan kino, aniqrog’i cho’chqa grippi ko’payib borayotgan paytda suratga olingan. Trend vaqti chiqqan kinolarga yana 2012 ni eslasa bo’ladi. Esingizda bo’lsa, 2012-yilda dunyoni ohiri deb vahima qilishgandi.

3-belgi.

Bunga e’tirozim yo’q. Menimcha ham virus laboratoriyada yaratilgan. Buning anig’ini bilishning imkoni bo’ladimi yo’qmi, bilmadim.

4-belgi.

Bechora Bill Geyts virus haqidagi ma’ruzasi uchun u ham aybdorga chiqipti. Videoda u cho’chqa grippini misol qilib keltirgan, yana Ebola haqida gap borgan. Bill Geyts videoda virus epidemiyasini to’xtatish uchun investitiya kiritdik degan. Shuningdek, tibbiy personalning yetishmasligi haqida gapirgan:


(Ruscha subtitri ham bor, yaxshi ma’ruza bo’lgan)

5-belgi.

Yana faktlarni buzib ko’rsatish. Event 201 simpoziumida dunyo epidemiyaga tayyormasligi haqida gap borgan.

6-belgi.

Madonnaning qo’shig’ini COVID-19 ga bog’lash – muallifning fantaziyasi bo’lsa kerak. Ma’lumot uchun, rus propagandasi bundan ham absurdroq bog’lamlar o’ylab topgan, masalan 1-kanalda:

«Берем слово «корона». Чем раньше занимался Трамп? Правильно: раздавал короны на конкурсе красоты».

7-belgi.

Endi Trump shaxsiy imzosini koronavirusga o’xshamasin dib o’zgartirishi kerakmi? Bu ham absurd.

Shaxsiy fikrim – Trump o’zi yaxshi odammas. Yolg’onchi, uchiga chiqqan millatchi va o’z manfaati yo’lida o’z xalqiga ham tupurib qo’yadigan odam. AQSHning hozirgi krizis holatiga kelishiga uning hukumati eng katta aybdor. Trump yanvar oyidayoq razvedka xizmatidan olgan ko’plab ogohlantirish ma’lumotlariga qaramay, virusga qarshi biror chora ko’rmadi.

* * *

Yuqoridagi sanab o’tilgan belgilarni dajjolning kelishiga va mikrochiplarni tarqatishga bog’lashgan.

Dajjol haqida

Dajjol haqidagi hadislar: http://n.ziyouz.com/books/islomiy/boshqa/Dajjol%20haqida%20nima%20bilasiz.pdf

Dajjol to’satdan, biron-bir belgisiz chiqib qolmaydi. Chunki uning chiqishi juda xatarli bo’lib, qiyomatning yaqinlashganini va yerning umri tugab borayotganini bildiradi. Uning chiqishi katta fitna bo’ladi. Juda ko’p insonlar Dajjol makrining qurboniga aylanishadi, haq bilan nohaq, aralashib, insonlarning dinlari ham buzilib ketadi. Shuningdek, bu la’nati ilohlikni da’vo qilib, odamlarga: «Men sizlarning rabbingizman», deydi. Shuning uchun uning chiqishi tasodif bo’lmaydi. Balki oldin alomat va belgilari zohir bo’ladi. Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xabarda u kishi shunday deganlar:

«Madinada devor soyasida o’tirgan edik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xonalarida edilar. So’ng oldimizga chiqib dedilar: «Nima qilib o’tiribsizlar?» Biz aytdik: Gaplashib o’tiribmiz».
«Nima haqida gaplashyapsizlar?»
«Qiyomat haqida».
«Sizlar o’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi. Avvalgisi quyoshning mag’ribdan chiqishi, so’ngra tutun, so’ngra Dajjol, so’ngra yer hayvoni, so’ngra uch marta yer yutishi, mashriqda bir marta, Arab jazirasida bir marta (uchinchisi aytilmagan), Isoning chiqishi. Ya’juj va Ma’jujning chiqishi. Oxirgi alomat – Yamanda Adan qa’ridan chiqadigan olov. U bironta odamni qoldirmay mahsharga haydab boradi» (Sahih hadis. Muslim rivoyati).

Shu ma’noda Huzayfadan rivoyat qilingan boshqa hadis ham bor: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralaridan chiqdilar. Biz qiyomat haqida gaplashib o’tirgan edik. «O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat qoim bo’lmaydi, – dedilar. – quyoshning mag’ribdan chiqishi, Dajjol, tutun, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, Iso ibn Maryamning chiqishi, uch marta yer yutiish – mashriqda, mag’ribda, Arab jazirasida, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarni mahsharga haydaydi. Odamlar tunda uxlasalar ham, kunduz kuni mizg’isalar ham, olov ular bilan birga bo’ladi (ya’ni, ulardan ajramaydi)» (Muslim rivoyati).

Imom Qurtubiy aytadi: «Yuqoridagi hadisda qiyomat alomatlari umumiy ravishda, tartibsiz keltirilgan. Birinchi hadisda esa «so’ngra» lafzini ishlatish orqali tartib ifodalangan. Lekin Huzayfaning yana boshqa hadisida tartib aniq bayon qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hujralarida edilar. Biz pastroqda o’tirgan edik. Bizning oldimizga chiqib: «Nimani eslayapsizlar?» deb so’radilar. «Qiyomatni», javob berdik. «O’nta alomatni ko’rmaguningizcha qiyomat bo’lmaydi, — deb (sanay boshladilar): — Mashriqdagi yer yutish, mag’ribdagi yer yutish, Arab jazirasidagi yer yutish, tutun, Dajjol, yer hayvoni, Ya’juj va Ma’juj, quyoshning mag’ribdan chiqishi, Adan qa’ridan chiqadigan olov. U odamlarning orqasidan (quvib) yuradi» («Тazkira» kitobidan).

Kitobda yana Dajjolning sifatlari ham keltirilgan. Xulosa sifatida, yahudiylar Dajjolni kutib turishgani bilan, u faqat Alloh taoloning xohish irodasiga va belgilab qo’ygan vaqtiga bog’liq.

Mikrochiplar

Inson tanasiga o’rnatiladigan mikrochiplarning virusga aloqasi ham yo’q. Ular hali ham tajriba bosqichida. Miyadagi ma’lumotlarni o’qiy oladigani ham faqat ba’zi nerv signallarni ushlashi mumkin xolos. Bu yerda ham muallif fantaziya qilgan.

Bitta chip yordamida hamma ma’lumotlarning olinishi – bu juda yaxshi narsa. Inson tanasiga qo’yiladigan chip NFC texnologiyasiga o’xshab ishlaydi:

NFS chip
NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan, tanaga o’rnatiladigan chip.

Har bir odamning bazada IDsi bo’ladi, unda odamning barcha ma’lumotlari turadi. Lekin odamning qayerda yurganini bilish; uyida nima qilayotganini kuzatish/eshitish uchun chip yetarli emas. Serverga ma’lumot yuborishi uchun esa tirnoqdek chipda batareyka, internet, gps bo’lishi kerak. Bu hozir imkonsiz. Chip faqat NFC orqali odamning IDsini beradi xolos. Boshqa davlatlardagi ID kartaga o’xshab ishlaydi. Huddi shunaqa ID kartani O’zbekiston ham keyingi yili chiqarmoqchi.

Agar inson ongini, hatti-harakatini chiplar orqali boshqarishning imkoni bo’lganda Xitoy avvalo o’z xalqiga tadbiq qilmasmidi?

Ilon Mask

Ilon Maskning Starlink loyihasi butun dunyoni internet tarmog’iga ulashdan iborat. Nima uchun 2 oyda 6ta parvoz? Sababi faqat Ilon Maskning firmasi raketaning yonilg’i to’ldirilgan qismini yerga qayta qo’ndirib undan qayta foydalanishni eplay oldi. Buning natijasida, har bir raketaning tepa qismini yasab, tagidigi yonilg’i qismi uchun bitta apparatni birnecha marta ishlatish imkoni paydo bo’ldi. Modulli raketa yasaldi.

Tesla, SpaceX, Hyperloop… Ilon Mask – asrimizning afsonaviy olimi. U kabi dunyoda ilmga, kashfiyotga, ilojsiz texnologiyalarga bor budini tikib, ish chiqarolganlar barmoq bilan sanarli. Musulmonlar undan ilhomlanib, aniq ilmlarga qiziqishsa, bizda ham juda yaxshi rivojlanish bo’lgan bo’lardi.

Xulosa

Tahminlar asosida yozilgan maqolani tarqatib, kamiga shu mavzuda Youtube’da virus haqiqatlari nomidan video qilish nimaga kerak bo’lishi mumkin? Men tahmin qilmayman…

Ilm o’rganing, uni dunyoviy va diniyga ajratib o’tirmang. Faqat ilm bilan musulmonlarning mavqesini bu dunyoda yuksaltirish mumkin.

 

P.s. Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh hazratlari Sayhun va Jayhun haqidagi hadisga javob bergan ekanlar: http://savollar.islom.uz/s/17448
Sayhun va Jayhun – Amudaryo va Sirdaryo emas.