THIS COMPUTER HAS A VIRUS

Kollejda o’qib yurgan paytimda (3-kursda) kompyuter xonasida qiziqarli voqea bo’lib o’tgandi…

Kompyuter xonasida Internet ishlamayotgan vaqt, Delphi’da o’tirib zerikib ketdim. Nima qilishni bilmasdan (dars vaqtida) «Udalenniy rabochiy stol»dan server kompyuterga kirdim. (Login va parolni bilardim). Ichidan uni-buni titkilab ko’rdim. Tuzukroq arziydigan narsa yo’q edi. Shu payt hayolga server kompyuter bilan xazillashish kelib qoldi. «Udalenniy rabochiy stol»da serverni «Dispetcher zadach»ni ochdim. «Udalenniy dostup»dan boshqa kompyuterga kirganda «Otpravit’ soobcheniye» punkti bo’ladi. U yerdan serverga kompyuterda virus borligi haqida xabar yubordim. U tahminan mana bunday edi:

«This computer has a VIRUS. Shut down or Restart computer now!».

Tomosha ana o’shandan keyin boshlandi. Server kompyuterda o’tirgan o’qituvchini ahvolini ko’rsangiz. (Server kompyuterda o’shanda qaysidir institutdan kelgan laborant o’tirgandi). Avvaliga o’qib ham ko’rmay, «x»ni bosaverdi. Bu yozuv ko’p chiqavergach o’qib ko’rib tushunganidan keyin avval rangi oqardi, so’ngra ikkinchi etajdan birinchi etajga – dasturlash tili o’qituvchisi oldiga «marafoncha» yugurish qilindi. O’qituvchi sinf xonasiga kirib kelganida esa men serverdan chiqib ketib muloyimgina bo’lib o’z kompyuterimda o’tirardim. O’qituvchi hech narsa topolmagach, yana chiqib ketdi. Men avvalgi holatni yana qaytardim. Serverdagi «boshqaruvchi» guruhimizdan bittasini chaqirib nima uchun bunday yozuv chiqayotganini so’radi. U bola ham kelib-kelib mendan «Windows o’zi ham virusni aniqlab chiqarishi mumkinmi» deb so’rab qoldi.

«Bo’lishi mumkin, agar Windowsni feyrvoli ishlayotgan bo’lsa.» – bu meni javobim edi. Yana ikkita-uchta gap bilan «kiydirib» yubordim. Shu bilan dars tugadi.

Ikki kundan keyin yana kelsam server kompyuter o’chiq! Nima uchunligi so’rasam, virus borligi uchun o’chirishganligini aytishdi. Kulib sirimni ochib qo’ymaslik uchun tezda ketvoraqoldim. Server kompyuter «Kaspersky»da 3 martalab tekshirtirildi. Kutgan viruslari chiqa qolmasdi. Ular ancha vaqtgacha nima bo’lganligini tushunmay hayron bo’lib yurishgandi.

(Hozirda server kompyuterga kirishni deyarli iloji yo’q, sababi «Udalenniy dostup» o’chirilgan. Buning ustiga login, parollar ham o’zgargan).