Internet va yoşlar (bir kunlik kuzatuv)

Bugungi kunda Internetning yoşlar tarbiyasiga zarari haqida matbuot va elektron naşrlarda şunçalik köp gapirib yuborişdiki, natijada Internet biz yoşlar uçun “xavf manbai“ga aylanib qolgan degan tuşunça kelib çiqdi. Xöş Internetning qaysi jihatlari va nima uçun yoşlarga bunçalik “xavf tuğdirmoqda”? Biz Internetda işlaş jarayonida nimalarni çetlab ötişimiz kerak? Bu savollarga javob topiş uçun bir kunni şu mavzuga bağişlaşga qaror qildim.
Men Internetga bir kunda eng kamida yarim soatni sarf qilaman. Odatda ertalab öqişga ketişdan oldin Internetga kiraman. Kunning boşlanişi ham bundan mustasno bölmadi. Birinçi kuzatuvni öqiş joyim – TATU elektron kutubxonasidan boşladim. Sababi universitetning elektron kutubxonasi Internetga ulangan, u yerdagi talabalar nima bilan şuğullanişayotgani qiziqtirardi. Elektron kutubxona soat 9 da oçiladi. Men 9 yarimda elektron kutubxonaga yetib keldim. (Öqişga kirganimga 8 oydan oşgan bölsada, xali elektron kutubxonaga kirib körmagan ekanman. ) Kun endi boşlanganligi boismi, talabalar biroz kam, 26 kompyuterga ega kutubxonada 17-18 talaba ötirardi. Tört-beş talaba karta öyinini (!) öynab ötiribdi. Talabaga köpinça ikki narsa yetişmaydi: birinçisi pul, ikkinçisi vaqt. Bular bölsa boşqa işi yöqdek, öyin bilan band. Yana şunça bola öz poçtasini tekşirmoqda. Ba’zilari şou-biznes, futbol yangiliklarini öqimoqda. Mana, foydali iş bilan şuğullanayotgani bor ekan: Mustaqil iş mavzusini Internetdan (aniqroği Google’dan) qidirayotgan bölsa kerak. Google’ning natijalarining 8-sahifasiga yetib kelgan, peşonasining tirişişiga qaraganda özi istagandek ma’lumot topa olmayapti…
- Siz kimnidir qidirvossizmi? Kompyuterga ötirmoqçi bölsangiz, a’zolik kartoçkangizni menga bering.
Bu kutubxona boşqaruvçisi edi. Obbo, xali a’zolik kartoçkasi ham kerakmidi.
- Kartoçkam qob ketibdi. Hozir beş minutda çiqib ketaman.
U rozi böldi.
… Yana bittasi videokarta rasmining tagida qandaydir yangilikni körib ötiribdi. Sönggi ikki kompyuterda Google’dan rasm tomoşa qilişyapti. Bu yerda boşqa qiladigan işim qolmadi. Soat bir yarimlarda yana kelaman.
Bir yarimda kelsam, elektron kutubxona taşqarisida talabalar navbat kutib turişibdi. Içkariga nazar taşlar ekanman, kompyuterlar hammasi band, Google’dan ma’lumot qidiruvçilar köpaygan. Elektron kutubxona ma’lumotlaridan foydalanayotganlar ham topilib qoldi. Kompyuterlarning deyarli barçasi Internetga ulangani sababli tezlik sezilarli darajada pasaygan, bitta sahifani oçiş uçun 2-3 daqiqa ketmoqda. Ammo bekorçi “geymer”larning öyin öynab ötirişi köngilni ğaş qildi. Taşqaridagilar “sarğayib” kompyuter böşaşini kutişmoqda. Bularni parvoyi falak. Öqişdan çiqib şu yaqin atrofdagi Internet-kafega bordim. Eng yaxşi kuzatuv – menimça şu Internet klublar. 12 kompyuter hammasi Internetga ulangan, barçasi band. Dastlabki ikki kompyuterda ikki qiz (kollej yoki litsey öquvçilari bölsa kerak. Ularday bekorçilar topilmaydi) chatda ötiribdi. Har birida önlab yangi xabarlar (asosan bolalarning ismidan) kelgan. Sizga qanday bilmadimu, men uçun chat degani ğirt bölmağur narsa. Biror foydali maqsad yölida chatda ötirganlar bordir. Lekin yoşlar asosan virtual tanişuv uçun chatga kirişadi. Yaşirmayman, men özim dastlab 15 yoşimda chatga kirganman. Bir oydan söng jonga tekkan. Şundan beri biror narsani reklama qiliş uçungina chatga kirib turaman, xolos. Chat – vaqt ötkazişni yana bir turi. Uç kompyuter “Lineage” öyini (Lineage – Internetda onlayn sarguzaşt öyin) bilan band. Mening sinfdoşlarim ham şu öyinga “kasal” bölişgandi. Özim bir marta kirib körganman. Registratsiya qila olmaganimdan söng boşqa qiziqmadim. Yana ikki kompyuter mail.ru’ni oçib olgan, boşqa biri qaysidir forumda ötiribdi. Ohirgi közim tuşgan kompyuterdagi foydalanuvçi, LovePlanet tanişuv saytida edi. LovePlanet.ru, 24open.ru saytlari ruslar tomonidan çiqarilgan. Ammo unda MDH davlatlarining deyarli barçasida istiqomat qiladigan foydalanuvçilarning anketasi bor. Özbek qizlari ham ozçilik emasligi meni hayron qoldirdi. Yana bir Internet-kafega kirib köriş kerak. Nahotki, Internetni bekorçilikdan vaqt ötkaziş uçun foydalanişadi?
Şahar markazlaridan biridagi Internet-kafega bordim. U yer katta va şinam edi. 10 taça kompyuter işlab turibdi. Ha, topdim, mana bu yerda Internetning foydali maqsadda işlatilayotgan ekan! Bir kompyuter oldida törttaça odam ötirib olgan. Veb-kamera orqali çet davlatdagi tanişi (ehtimol qarindoşi) bilan gaplaşardi. Yahoo Messenger dasturining uşbu xizmati yordamida minglab insonlar özga yurtlarda yurgan öz yaqinlari bilan aloqaga çiqadilar. Internet-sözlaşuv telefon-sözlaşuvdan ança (25-30 baravar!) arzon. Sifatini ham yomon deb bölmaydi. Biroz uzilişlar bölişi mumkin, lekin eng muhimi – uzoqdagi yaqiningizni öz yoningizdagidek his qiliş. Davom etamiz: bu yerda ham avvalgidek poçta saytlari körilmoqda, chatda ötirişibdi. Sönggi kompyuter Internetdan SMS yozmoqda. Keç böldi, uyga boriş kerak.
Keçqurun ovqatdan söng maqolamni tugatmoqçi bölganimda qöl telefonimga SMS keldi. Kursdoşim ekan. “Iltimos webmoney sçotimga 3 WMZ pul taşavor. Totalizatorda öynaşga pulim qomadi. Ertaga bervoraman”. Bu haqda yoziş esimdan çiqib ketibdiyu. Totalizator saytlar sport, ayniqsa futbol natijalarini avvaldan töğri körsatgani uçun pul tölaydi. Student pul hidini (ayniqsa tekinini) darrov sezadi. Kollejda öqib yurganimda ham kursdoşlar totalizatorga qatnaşardi. Pul topişning oson yöllaridan biri deb öylaşadi şekilli. Özbekistonda totalizator klublari 2-3 yil avval oçilgan. 2007-yilda Toşkentni “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingandan söng darrov totalizatorlarni hammasini yopib taşlaşdi. Töğri qilişdi, bu ham qimorning bir turi edi, farqi - sport turlari bilan “niqoblangan” edi. Ammo Internetda totalizator saytlarini yopib taşlaşning iloji yöq. Internet foydalanuvçilari (nafaqat talaba, Internetda tajriba orttirgan köpgina foydalanuvçilar) elektron hisobdan pul tölab totatizatorlarda iştirok etişmoqda.
Xotima
Bir kunlik sarguzaşt mana şu edi. Ertalab foydalanuvçilarning internetni ijobiy maqsadlarda işlatişayotganiga amin edim. Keçga borib fikrim özgardi. Afsuski, biz Internetdan foydalanuvçilarni heç qaçon öz xohişlaridan qaytara olmaymiz. Ayniqsa globallaşuv jarayoni keçayotgan bir pallada. Hammasini foydalanuvçilarning öz insoflari va xulqlariga qöyib berişga majburmiz. Zero Alfred Nobel aytganidek, “Elektrni faqat elektr stul uçun yaratişmaganku”!