WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Kuala Lumpur şahri transport tizimi

21950643_1497134477022109_2900853151915044865_o

Hukumat tomonidan 90-yillar örtalaridan boşlab transport sohasiga kiritilgan investitsiyalar hamda pulni töğri sarflay oliş - hozirgi kunda Kuala Lumpurning transport tizimi taraqqiy etgan şaharlardan biri bölişiga xizmat qildi.

Bugungi kunga kelib, şahar transport tizimida avtobuslar, 5 xil turdagi poyezd, metro va monorelslar xizmat körsatadi hamda şahardagi probkalarning kamayişiga hissa qöşib kelmoqda:

  1. ERL (Express Rail Link) - KLdan 57 km uzoqlikda joylaşgan, KL xalqaro aeroportini boğlab turiş uçun işga tuşirilgan tezyurar poyezd liniyasi. U soatiga 175km gaça tezlikda harakatlana oladi va 40daqiqa içida şahar markaziga olib kelişi mumkin.

KLIA Express KLIA Express

ERLning 2 xil liniyasi mavjud:

  1. KLIA Express - aeroportdan şahargaça töxtamasdan yetib boradi.

  2. KLIA Transit - aeroportdan şahargaça bekatlarda töxtab boradi.

  1. KTM Komuter - Britaniya koloniyasi davridan qolgan eski poyezd yöl tizimining Kuala Lumpur va uning yon-atroflarini boğlovçi qismi. Hozirgi kunda zamonaviy poyezdlar bilan ta'minlangan bölişiga qaramay, raqobatda şahar içidagi boşqa transport yönalişlariga yutqazadi.

KTM Komuter KTM Komuter

KTMning 2ta yönalişi bor. 3-yönaliş esa endi qurilmoqda.

  1. LRT (Light Rapid Transit) - özimizning metroni eslatib yuboradi. Farqi - LRT asosiy vaqtini taşqarida yuriş bilan ötqazadi. LRTning 2.5 ta yönalişi bor, 2-yönaliş yarmidan 2ga ajraladi 😊

LRT LRT

  1. Monorels - tramvayga öxşaydi. Eng sekin yuradigan transport turi ekan. Asosan KLning markaziy köçalarida harakatlanadi. Içki körinişi biroz eskirgan, eng talabgor transport şu bölsa kerak, faqat şundagina odam köp edi.

Monorels Monorels

  1. MRT (Mass Rapid Transit) - qurilganiga 1 yil bölgan yangi metro yönalişi. Uning haydovçisi yöq, avtomatik boşqariladi! Saloni toza, yangiligi bilinib turipti. Tezligi 90km/soatgaça çiqadi. Bekatlarining yarmi yer ostida joylaşgan.

MRT MRT

Bundan taşqari, elektrda yuradigan avtobuslarga ega BRT Sunway yönalişi ham mavjud. 2018-yilga kelib esa özining alohida yölkasiga ega böladigan BRT Federal yönalişi işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Keyingi yil işga tuşadigan BRT Federal yönalişi maketi (sariq rangdagi avtobuslar) Keyingi yil işga tuşadigan BRT Federal yönalişi maketi (sariq rangdagi avtobuslar)

LRT, MRT va Monorels yönalişlari bitta tarmoqqa ulangan va biridan ikkinçisiga ötiş yölakçalari bor. Yer ustidagi deyarli barça bekatlarda ventilyatorlar, yerosti bekatlarida konditsionerlar örnatilgan. Poyezd salonlarida ham konditsionerlar salqin havoni ta'minlab beradi.

Vagonlar saloni toza, monorelsni hisobga olmaganda, qolgan transportlarda yoqimsiz hidlar yöq. Nima uçundir aksariyat örindiqlar metalldan işlangan va konditsionerning salonni sovutib yuborişi hisobiga doim muzdek bölib turadi.

Salon içida reklama plakatlari örniga kiçik monitorlar örnatilgan. Ekranda reklamalar va transportdan töğri foydalaniş qoidalari xazil aralaş körsatib ötiladi. Birovning kiyimiga, soç turmagiga boşqasi ahamiyat bermaydi. Bu yerda ham kattalarga joy beriş odobi bor. :-)

Poyezd yöllari va bekatlari uçun yerdan balandda alohida yöllar ötqizilgan, eskalatorlar va liftlar xizmat körsatadi.

Eskalator Eskalator

Bekatlarda transport tizimining xaritasi osib qöyilgan, yozuvlar ingliz tilida.

Poyezd yönalişlari Poyezd yönalişlari

Barça yönalişlar uçun yagona kartoçka tizimi joriy etilgan. Kartoçka metroga ham, avtobusga ham ötadi. Metroga kirişda va avtobusga çiqişda tölovni amalga oşiriş uçun, kartoçkani apparatga tekkazib qöyiş kifoya. Kartoçka VIP emas albatta, kartani sotib oliş, söngra pul tölab kartani töldiriş kerak. Yönalişga qarab narxlar özgarib boradi, lekin qanaqa qilib hisoblanişini tuşuna olmadim. 15.50 ringgit ($3.7) tölaganimdan söng, kartaga 9.90 ringgit tuşdi. Barça liniyalarni aylanib çiqqanimdan keyin esa, hisobimda 3.4 qoldi. 6.5 ringgit ($1.55) 4.5 soatlik sayr uçun şunçaki kulgili summa.

Bekatlarda poyezd yöli tösib qöyilgan. Bekat eşiklari poyezd kelganda oçiladi:

MRT bekati MRT bekati

Qiziği haydovçisiz poyezdlar ham, haydovçiga ega poyezdlar ham bekatda öta aniqlikda töxtaydi. Poyezd töxtagaç, bekat eşiklari hamda poyezd eşiklari orasidagi farq 5-sm.gaça bölişi mumkin:

MRT bekati

Bekatlarda birorta militsiya hodimini uçratmaysiz. Ularga iş ham yöq, bekatlar va vagonlar kameralar bilan jihozlangan. Qöriqçilar öz xonasida kuzatib borişadi.

MRT bekati

Poyezd yönalişlari şaharning barça qismini boğlaydi. Hukumat öz aholisining eski uylarini turistlar körib qolişidan uyalmaydi şekilli, eski uylar katta devorlar bilan berkitib qöyilmagan.

Umuman olganda, transport tizimi şaharni köriş uçun eng qulay vosita hisoblanadi.

TTDI bekatidan olingan rasm

Katta parkovka:

Şahar

Masjid

Tabiat va urbanizatsiyaning uyğunlaşuvi Tabiat va urbanizatsiyaning uyğunlaşuvi

Golf maydoni Golf maydoni

Hi-tech uslubida qurilgan uylar Hi-tech uslubida qurilgan uylar

Bukit Jalil stadioni bekati Bukit Jalil stadioni bekati

Transportda ötgan sayohat Kuala Lumpurning holatini körsatib berdi. Qurilişlar juda köp, aksariyati baland minoralar. Şahar rivojlaniş bosqiçida, zamonaviylaşmoqda. Yaxşi öylangan transport infrastrukturasi esa şahar çekkalarini markazga boğlaş bilan birga, yangi texnologiyalarni ijtimoiy hayotga jalb qilib, şaharliklar va sayyohlar uçun öta qulay transport yönalişlarini va vositalarini taqdim etib kelmoqda.