WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Veb studiya asosçilariga xat

web-design-agency-1024x576

Bilmadim bu xatni studiya yoki didjital-agentlik asosçilari öqiydimi yöqmi. Balki dasturlaş xizmatlari körsatuvçi studiya oçmoqçi bölganlarga foydali bölar.

Assalomu alaykum, IT biznes asosçilari!

Agar meni öqiyotgan bölsangiz, menga qanday qilib studiyani (uzoq vaqt) yuritayotganingiz, qanday qilib noldan heç bölmaganda 15-20 hodimni işlatayotganingiz qiziq!

IT biznesida eng katta muammo - kadrlar masalasi. Ular yöq! Til biladiganlari allaqaçon frilansda yoki masofadan turib çet el kompaniyalariga işlaşadi. Kiçik studiya uçun senyor-dasturçi topiş - utopiya. Middle-dasturçilarning köpi özidan yulduz yasab olgan. Işni vaqtida bitiriş, sifatli işlaş degan narsa onasinikiga qarab ketgan. Topşirgan işida kamçilik tiqilib yotipti. Lekin oyliklarni vaqtida beriş kerak!

Mijozlar - yana bitta boşoğriq! Iloji bölsayu, bir million sömga Ucell'nikiga öxşaş korporativ sayt qildirsa. Yana "lagan"lar çiqadi. Telefon qilib uçraşuv belgilaşadi, loyihani muhokama qilişadi, narxini minimaligaça qisqartirişadi, smeta tuziladi. Ertaga kelamiz deb, yöq bölib qolişadi! Hayf - ularga ketqizilgan vaqt.

Buyurtmalarni vaqtida bitiriş kerak, bölmasa ştrafi bor. Loyihalarni dasturçilarga taşlab qöyolmaysiz, har kuni nazoratga oliş kerak, bölmasa iş vaqtida va sifatli bitmaydi.

Mijozlarning ertasi köp! Ayniqsa iş bitgaç, ohirgi tölovni paysalga solişadi. Hodimlarga oylik, ofis ijarasi haqi, soliq, pensiya fondi, va hokazo hammasini vaqtida tölaş kerak. Yöq, blin, mijozlar pul ötkazişini kutamiz, vaqtida ötkazişmasa öz çöntagimizdan tölaymiz.

Darvoqe, yangi mijozlar qidiriş, saviyali hodimlar topiş, studiyani reklama qiliş, xususiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş - hammasi asosçining böynida! Çunki firma uning egasidan boşqasiga kerakmas.

Firma muammolaridan tort yasasak, bank xizmatlari tort ustidagi tovlanib turadigan olçadek. Xorijlik hamkorlardan pul qabul qiliş qiyin (kim biladi, balki senga terrorizmni qöllab quvvatlaş uçun pul jönatişayotgandir?!). Naqdlaştirişga - tuşingni suvga ayt. Bankga sotiş - davlat narxida (ikki baravar arzonga) sotasan!

Agar studiyaning investori bölsa yoki studiya kattaroq agentlik qaramoğida iş boşlagan bölsa, ularga oson böladi. Lekin noldan stabil daromad keltiruvçi studiyaga yetiş... Bilmadim qança vaqt kerak bölardi. Men 1 yilgaça çidadim xolos.

Siz qanday qilib 15-20 hodimga ega stabil IT biznes qurişga erişdingiz?..

 

P.s. Firma 2017-yilda faoliyat yuritgan.