Davlat xizmatlari işini optimallaştiriş

Janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlarida ötayotgan yarim yildan ortiq xizmat safarlarim davomida, ba'zi davlat xizmatlari bilan tanişib çiqdim. Ulardan xulosa sifatida özimizdagi yaxşilanişi qiyin bölayotgan ba'zi xizmatlarga takliflar berişga ijozat berasiz.
Xöş, özgariş bölişi qiyin keçayotgan davlat xizmatlariga nimalar kiradi? Pasport stoli, soliq qömitasi, davlat avtomobil nazorati xizmatlari va kommunal xizmatlar. Ha, öşa eski nimqoronği xonalar, uzoq navbat kutişlar...
Elektron hukumatga yangi davlat xizmatlari qöşib borilayotgani bilan baribir asosiy xizmatlarni odamlarga öşa binolarda ötirgan "qoraköz"lar xizmat körsatadi. Ular kuniga 30 ta odamga xizmat qilsa ham, 50 ta odamning işini hal qilib bersa ham bir xil oylik olişadi. Hattoki 12-14 soatlab işlayotgan soliqçilarga ham qöşimça bonus qöşib berilişiga şubham bor. Ularda sifatli xizmat körsatiş yoki köp odamlarga xizmat körsatiş uçun motivatsiya yöq.
"Siz kimdan keyin?"
Idora hodimlariga motivatsiya berişdan avval, şoşqaloq xalqimizning illati bölmiş - navbat kutiş madaniyatini tartibga solib olamiz: elektron navbat. Elektron navbatni taniştirişning hojati yöq albatta. Mobil operatorlar yoki bank ofislarida yölga qöyilgan, navbat raqami yozilgan qoğoz çiqaruvçi apparat har qanday şoşib turgan, yoki "faqat nimanidir söraşga kelgan" har qanday uçarni ham "ramkaga" solib qöyadi.
Ammo gap budjet taşkilotlari haqida borarkan, texnika harid qiliş va unga xizmat körsatiş uçun davlat budjetidan mablağ ajratiş muşkul masala.
Mana bu havolada umid uçqunlarini yoqib, elektron navbat haqida qisman aytib ötilgan ekan: https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/elektron-navbat-maxsus-mobil-ilova-oziyurar
My.gov.uz portalida biometrik pasportga navbatga yoziliş uçun ariza beriş xizmati bor ekan: https://my.gov.uz/uz/service/207 Tabiiyki, onlayn ariza bergan fuqaro çaqirilgan kunda kelgani bilan navbat kutadi baribir.
Biz esa texnika haridi haqida davlat moliyaçilarining boşini qotirmaymizda, özimiz nimadir öylab topamiz. Eng oson va doimiy harajat talab etmaydigan yeçim - kiçik maxsus sayt işlab çiqib, u yerda davlat xizmatlari röyxatini körsatiş va fuqarolarga saytga kirib kunlik navbatga yoziliş imkonini beriş.
Sayt navbatda turgan odamlar sonini va navbatning tahminiy keliş vaqtini real vaqtda körsatib turadi. Hodimlar esa har bir mijozga xizmat körsatgaç öz kompyuteri yoki telefonidan mijozga xizmat körsatib bölinganini belgilaydi. Şu tariqa keyingi mijozning navbati keladi. Tartibning bölişi odamlarga vaqtini çamalab, kerakli işlariga ulgurişini kafolatlaydi.
Onlayn navbatga yozilişga imkoni yöqlar binodagi planşetdan foydalanib navbat olişlari mumkin. Onlayn navbatga qöşimça tarzda mijozga xizmat körsatgan hodimni baholaş tizimini qöşsa böladi.
"E menga nima?"
Hodimda motivatsiya bölmagaç şu savol paydo bölişi tabiiy. Unga nima, u navbat kutmayapti, öz megabaytini sarflasinmi? :)
Motivatsiyaning birinçisi - oy ohirida xizmat körsatgan mijozlari soniga qarab qöşimça bonus ajratiş. Bunda ham davlat budjetiga tegmaymiz.
Ba'zi şoşib turganlar işining tez hal bölişini xohlab taniş-biliş yoki pora berib işini tezlaştirmoqçi bölişadi, çunki ularda kutişning iloji bölmaydi (ayoli tuğişi kerak bölib qoladi, yoki samolyoti uçolmay uni kutayotgan bölib çiqadi, va h.k.). Ularga elektron navbat yeçim bölmasligi mumkin, şunda qöşimça katta mablağ evaziga işni tezroq bitirib beriş xizmatini yölga qöysa böladi. Masalan, 500 ming tölab, çetga çiqiş stikerini 20 kunda emas, 5 kunda oliş, yoki 1 million söm tölab, 2 kunda işini hal qiliş imkoni bölişi kerak. Tezkor mablağdan töplangan pullar davlat budjetiga tuşmasdan idoraning öz hisob raqamida qolişi va hodimlarga öşa summadan bonus çiqariş mumkin.
Bu yerda nozik masala - tezkor xizmat narxini belgilaş. Arzonroq qilinsa, tezkor xizmatga talab ortib ketişi, natijada oddiy navbatlar çözilib ketişi mumkin. Narxni har oy yakunida murojaatlarning soniga qarab özgartirib turiş kerak böladi.
"Xonalarni qaçon ta'mirlaymiz?"
Eski binolar borasida menda boşqa taklif bor:



Bu - 10 yil avval qurilgan Tayland qirolligining davlat xizmatlari ofis-binosi. Binoda ofislardan taşqari dökonlar, oşxonalar, hordiq çiqariş joylari mavjud. Bir söz bilan aytganda - bizdagi savdo markaziga öxşaş.
Biz ham ba'zi davlat xizmatlarini katta savdo markazlariga köçirişimiz mumkindir. Bunda:
- hodimlarga şinam ofislar kafolatlanadi;
- avtoturargoh masalasi hal böladi;
- odamlar savdo markazida vaqt ötkazişlari, navbat kutiş jarayonida köngiloçar attraksionlar yoki tamaddixonalarga kirişlari mumkin.
Ofis ijarasini tezkor xizmatlar orqali tuşadigan mablağlardan tölaşni öylab köriş kerak.
Albatta yuqorida keltirilgan takliflarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş zarur böladi. Muhimi xizmat sifatini yaxşilaş va korrupsiyani yöqotiş.
Omon böling!
P.s. Dastlabki rasmda Namanganda yaqinda oçilgan davlat xizmatlari ofisining binosi. Batafsil - https://www.gazeta.uz/oz/2018/05/03/davlat-xizmatlari/