WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Tayland-Xitoy öyini haqida

P80602-182647

Ertalab çampionat.asia saytida yangiliklarni öqib borayotib, hisoblar ruknida Tayland-Xitoy öyini haqidagi e'longa közim tuşib qoldi. Bangkokdagi xizmat safarim davomida ança vaqtdan beri şaharda futbol bölsa körgani tuşaman deb rejalaştirib yurganim sababli, internetdan uçraşuv haqidagi yangiliklarni öqib çiqdim...

Aslida Bangkokda har hafta Tay Liga 1 (bizdagi Superliga) öyinlari böladi, şahar şarafini ligada 6 ta jamoa himoya qiladi: Port FC, Police Tero (sobiq Bek Tero Sasana), Muangtong Yunayted, Air Force Central, Bangkok glass va Bangkok yunayted. Ular içida Muangtong Yunayted eng kuçlisi bölib, sovrinlari böyiça Buriram Yunayteddan keyingi örinda turadi.

Afsuski poytaxtning eng kuçsiz jamoasi - Port FC ning stadionigina şahar markaziga yaqin joylaşgan, qolgan jamoalarning stadionlari şahar çetida bölgani uçun metroda borib bölmaydi (salom, Lokomotiv). Avtobuslarda esa bekatlar nomi tay ierogliflarida yozilgani uçun çet ellik sayyohning avtobusda adaşib qolişi ehtimoli yuqori.

Darvoqe, Tayland milliy terma jamoasining öz stadioni bor - Rajamangala. Stadion Osiyo öyinlarini ötkaziş uçun 1998-yilda oçilgan, dastlab 80 ming tomoşabinni siğdirgan inşoot keyinroq 65 ming örindiqga kamaytirilgan. Stadionda yuguriş yölakçasi, sakraş uçun qum maydoni bor va tribunalarning maydondan uzoqligi böyiça Paxtakor stadionini ham hijolatga qöyadi. Örta yoşdagi muxlislar stadionni yaxşi eslaşadi. Özbekiston 2003-yilda, Osiyo kubogi-2004 saralaşi doirasida Taylandga safar qilgan va Rajamangala stadionida 4:1 hisobida yengilgan. Termamiz ungaça Osiyo kubogiga yöllanma olib bölgani bois, yirik mağlubiyat bizga ta'sir körsatmagan, Taylandni esa kubokga olib çiqqandi. Qiziği, Tayland özaro öyinlarga köra bizdan ustun: 6ta ğalaba ularda, 5ta ğalaba bizda.

...Xöş, yangiliklarda yozişiça Xitoy bilan örtoqlik öyini ötkazişga kelişuv aprel oyida, 2 oy oldin hal bölgan ekan (sizlar terma jamoalar öz rejalarini bir yilga tuzişadi deb yuribsiz ;)). Tayland Futbol Assotsiatsiyasi prezidentining aytişiça Xitoy va Hindiston Taylandda öyin ötkaziş istagini bildirgan ekan. TFAdagilar uzoq öylab körib va FIFA reytingiga köz qirini taşlab olib, Xitoyni tanlaşipti. Qisqasi, Tolibjonov usulida örtoqlik öyini ötkazişga kelişişgan.

Öyin 18:30 da boşlanar ekan, 16:30 da stadion darvozalari oçiladi.

Çiptalar 5ta kategoriyada çiqarilgan (vip çiptalar haqida ma'lumot yöq): W1 zona - narxi 500 bat (130 ming söm) W2-3 zona - 400 bat (103 ming söm) Away zona (mehmon muxlislar zonasi) - 350 bat (90 ming söm) E1 zona - 300 bat (78 ming söm) E2 zona - 200 bat (52 ming söm) N va S zonalar - 100 bat (26 ming söm)

Çiptalar bizning narxda qimmat, qöşilaman. Lekin yuqoridagi narxlar örtoqlik öyini bölgani uçun nisbatan arzon. Şou-öyinlarda, masalan Çelsi kelganda çipta narxlari 1 200 000 ga baholangan.

Rajamangala stadioni zonalari Rajamangala stadioni zonalari

Zukko öquvçi W, E, N, S - ğarb, şarq, şimol, janubni anglatişini tuşunişgan bölsa kerak. Ğarbiy tarafdagi W2-W3 zonalarining tomi bor va quyoş hamda yomğirdan asraydi.

Odatda çiptalarni https://www.thaiticketmajor.com/ saytidan onlayn harid qiliş mumkin bölardi, lekin örtoqlik öyini bölgani uçun onlayn savdo bölmayotgan ekan. Naçora, vaqtliroq borib, çipta sotib olaman.

Bangkokdagi tirbandliklarda qolib ketgan avtomobil içidagi odam umrining ötib borayotganini ijtimoiy tarmoqlarda havoga uçirgan vaqtidan köra köproq his qiladi. Şanba - odatiy iş kuni emas, hali işdan qaytadigan vaqt ham bölmagan... Yöq, baribir tirbandlik dastidan taksida stadiongaça yetib borolmadim. "Okya, şu yerga saqlang" deb, 10 minutli yöl qolganda tuşib qolib, uyoğiga piyoda ketdim.

Stadionning 5-raqamli darvozasi oldida "Эй, гражданина! Ты туда не ходи, ты сюда ходи!" deb turadigan qöriqçi barçani 4-darvozadan kirişga yuboryapti. 4-darvozaga yetib boriş uçun esa stadionning 100 metr radiusdagi atrofining yarmini aylanib çiqiş kerak ekan.

Yölda dastlab motobayk-taksiçi bilet sotib olişni taklif qildi, keyin ötib ketayotgan odam qölidagi biletlarni reklama qildi. Taylandda ötayotgan yarim yillik umrim davomida taylarning sayyohlarni "kiydirişiga" immunitet hosil bölgan, şu sababli söraganim W2 zona biletini yaxşilab tekşirdim. Peçatlari turipti, yaltiroq stikeri ham bor. Qiziği - narxi 400 bat, kassadagi bilan bir xil :-D . Yonğoqning şaqirlaşiga işqiboz yölovçidan biletni sotib olib, 4-darvozaga yetib keldim.

Ey hudoyim! 2 oy oldin hal bölib ketgan örtoqlik öyiniga muxlislarning taşrifini köring!

Raqib - Xitoy! Yevropa jamoalari emas, Yaponiya emas.

Niqobli vahimaçilar - ultras. Aşaddiy fanatlar. Abdurahmon Fozilovning fan-klubi bir ovozda baqirganda ham rasmdagi ultrasning şovqiniga yeta olmaydi, ular şunçaki boşqa fan-klublarni va xitoy fanatlarini "öçirib qöyişdi" (bu haqida keyinroq).

Odamlar "oqib" kelişmoqda:

Bu esa kamina:

Stadion hududiga kiriş 12 ta yölakçaga bölingan. 8 ta erkaklar va 4 ta ayollar yölkasi. Olomonni erkak-ayolga ajratib bölarmidi? Hamma köziga yaqin köringan yölkadan kirmoqda:

Çiptani ştrix-kodni öqiydigan apparatda tekşirib ötkazişyapti. Işqilib soxta bilet olgan bölmay, bilett!

Yöq, hammasi joyida. Dastlab oğiz oçişga deb olgan baklaşka-suvimni olib qolişdi, keyin biletimni tekşirib ötkazib yuborişdi :)

Stadion taşqi tarafdan bitmay çala qolganga öxşaydi:

Özimizda şu stadion qurilganda, öz holiça qoldirişmasdi. "Skeletni yop oq alyukoponda, onasini emsin!" deganidan berişardi ;)

Jamoalar allaqaçon stadionga kelişgan ekan:

Stadion binosiga kirişda çiptani yirtib, qölga muhr bosib berişadi. Muxlislar qölidagi muhr bilan keyinçalik darvozadan kirib-çiqib yurişlari mumkin böladi:

Stadionga kirdimu, "Alhamdulillah..." Tirbandlik sababli özgarib ketgan rejalar öylantirmaydigan böldi. Buddaga e'tiqod qiluvçilar yaşaydigan davlatning boş stadionida, birinçi etajida namozxona va tahoratxona bor ekan. Bunisini diniy bağrikenglik deyiladi.

Nihoyat stadiondamiz! Uçraşuv boşlanişiga 1 soat bor.

Birozdan söng fan-klublar örinlariga joylaşişdi. Ular 3ta. N zonada "CheerThai Power" - bayroqlar, kriçalkalar, barabanlar - hammasidan bor. E zonada (örtada) "Thailand Hardcore", köp ham faol bölişmadi, lekin muxlislar ustidan yoziladigan eng katta bayroq ularda. S zonada "Thailand Ultras". Ultras eng aşaddiylari - baraban va baqirişda boşqa klublarga master-klass ötkazib berişarkan. Ayniqsa ular "CheerThai"ga nisbatan 3 barobar kam bölişlariga qaramay, eng faol bölişdi.

Xitoy muxlislari va fan-klubi esa Away zonada ötirişdi, ular ham faollik körsatişdi.

Jamoalar maydonga tuşib kelişdi:

Barçasi huddi rasmiy öyinlardagi kabi - FIFA musiqasi, bayroqlar, madhiyalar.

Uçraşuv Tayland terma jamoasining faolligi bilan boşlandi. Ular 10-daqiqagaça taşabbusni öz qöllarida uşlab turdilar, keyinroq öyin maydon markaziga köçdi. Garçi jamoalar faollik körsatişlariga qaramay birinçi taymda darvozalar oldida xavfli vaziyatlar köp bölmadi.

Xitoy 1-golni 34-daqiqada qarşi hujumdan kiritdi, gol ularning darvozaga yöllagan birinçi aniq zarbasi edi.

Taylandda yomğirli iqlim oktyabr-noyabr oylarigaça davom etadi, kunora çaqmoq çaqib, yomğir yoğib turadi. Öyin kuni ham istisno bölmadi. Birinçi taym yakuniga kelib boşlangan yomğir tropik jalaga ulanib ketdi. Usti oçiq tribunada ötirganlar taym tugaşi bilan özlarini panaga urişdi:

Jamoalar jalaning tugaşini, heç bölmasa sekinlaşişini kutişdi. Öyinni qoldirmoqçi ham bölişdi şekilli, hakam va nazoratçilar maydonga qaytib nimalarnidir tekşirib yurişdi.

Öyinni qoldiriş adolatsiz qaror bölardi, sababi ultras allaqaçon yomğirni kutmay tribunaga qaytişgan, futbolkalarni yeçib, özlarini hammomda his qilgança qöşiq kuylaşardi.

Uçraşuv yarim soat keç davom ettirildi. Bu vaqtga kelib maydon ahvoli yomonlaşgan, ba'zi joylarda kölmaklar hosil bölgan edi. Koptok tepilgan joygaça dumalab bormaydi, yarim yölda qolib ketadi. Havodan oşirilgan töp yerda sakramay, huddi Marselo töpni töxtatganiday kölmakga yopişadi. Hullas, zerikarli tuyulgan öyin qiziqarli tus ola boşladi. :-)

Keyinroq Tayland futbolçilari maydonga könikib, hujumlari sonini oşirişdi (yomğirli öyinlarda öynaş böyiça tajriba borda), ammo darvozaga töp kiritişni uddalay olişolmadi. Aksiga olib birinçi gol muallifi Lu Vei yana bir qarşi hujumda texnikasini namoyiş etib, uzoq masofadan töpni darvozaga yölladi va taylandlik muxlislarning ham olqişiga sazovor böldi.

0:2 hisobi uçraşuv sönggigaça saqlanib qoldi.

Uçraşuvga tahminan 20 mingdan ortiq muxlis taşrif buyurgandir, aniq statistikani topa olmadim. Örtoqlik öyini bölgani uçun bölsa kerak, muxlislar jamoalaridan norozi bölib körinişmadi. Yoki ular öz termalarining darajasini bilişadi va könikişgan.

Muxlislarning yarmidan köpining egnida terma jamoaning kök futbolkasi bor edi. Ularga tekin futbolka tarqatilmagan, ular jamoani qöllab quvvatlaş uçun sotib olişgan.

Futbol assotsiatsiyasi marketingi yaxşi işlaydi, köçalarda terma jamoaning va liganing reklamalari, videoroliklari qöyib boriladi. Futbolkalar sotuvi keng yölga qöyilgan, terma futbolkasini deyarli barça bozorlarda topiş mumkin, Real, Çelsi, Barselona futbolkalari bilan bir qatorda Tayland va klublari futbolkalari ham sotiladi. Umuman olganda taylandliklar öz yurtini yaxşi körişadi.

Terma jamoa reklamasi:

Bunisi esa Warrix kompaniyasining 2018-yilgi milliy terma jamoa formasi reklamasi:

Şunaqa gaplar. We are Thailand, we çeer Thailand... (tilimga örnaşib qoldi).