Çipta sotib oliş va Özbekiston havo yöllari

Çipta qidiriş uçun odatda Skyscanner xizmatidan foydalanaman. Xizmat maşhur çipta sotuvçi saytlarni tekşirib çiqadi va eng arzon variantlarni körsatadi. Albatta Toşkentdan Bangkok, Malayziya yoki Singapur uçun eng arzon çiptalar "Özbekiston havo yöllari"da böladi, sababi ÖHY yuqoridagi şaharlarga töğridan-töğri reys taşkil etgan va uşbu reyslarda raqobatçilardan holi. Monopoliya xullas.
Havo yöllari'ning çipta buyurtma qiladigan mini-sayti bor - book.uzairways.com . Qidiruvni boşlaş uçun yölovçilar sonini kiritasiz, yönalişni tanlaysiz va... qidiruvni boşlaşdan avval ğalati işni körasiz:
-
Bangkokga yoki Kuala Lumpurga uçmoqçi bölsangiz, qaytiş çiptasini sotib olişingiz majburiy. Bir tomonga çipta buyurtma qilolmaysiz, "Boriş va qaytiş" tugmasi avtomatik belgilanib qoladi. Yetmaganiga qaytiş uçun "Sanani tanlang!" deb buyruq ham berib qöyadi. Qaytiş çiptasini olişni majburiy qilib qöyiş ortiqça. Sayyohlar doim ortga - Toşkentga qaytmaydiku. Uçinçi davlatga uçadiganlar uçun majburiy qaytiş çiptasini oliş - ortiqça harajat.
-
çipta qidiruvida ba'zan ekonom-klass çiptalarini körsatmaydi, holbuki ular bor böladi. Skyscanner topib beradi.
-
ÖHY çegirmalar böyiça e'lonlar bermaydi. Qiziği çiptani boşqa saytdan arzonroqqa sotib oliş mumkin.
Yaxşiyam book.uzairways.com uçun muqobil çet el xizmatlari bor. Ular qulay interfeys taklif qiladi, Mastercard/Visa tanlab ötirmaydi. Skyscanner orqali çipta topib, sotuvçi saytga kirganda esa çegirmalar beradi.
Özbekiston havo yöllari'ga tegişli elektron çiptani boşqa saytdan sotib olgaç, çipta töğriligini tekşiriş uçun yana uzairways.com ga qaytiş kerak. uzairways.com köp hollarda sotib olingan çiptani tekşirmaydi. Ma'lumot oliş uçun 140-02-00 ga telefon qiliş kerak böladi.
Umumiy olganda, ÖHYning çipta sotiş xizmati befoyda sayt.
Nima qiliş kerak?
Saytdagi foydalanuvçi interfeysini zamonaviylaştiriş va har xil taqiqlarni olib taşlagan ma'qul. Şundoq ham aeroportda har bir yölovçinining qayerga ketayotgani va boradigan mamlakatidan çiqiş çiptalarini olganligi bilan qiziqişadi.
Agar yaxşi dizayner va tajribali dasturçiga pul yetmasa, book.airways.com qismining özini yoki domenni xususiy çipta sotuvçilarga hamkorlikda işlaş uçun taqdim qilişligi mumkin. Xususiy firmalar özi sayt interfeysini epaqaga keltirib olişadi.
Masalan, men foydalanadigan saytning interfeysi bunday:

