Taylandda ishlash, taqiqlangan va ruxsat etilgan sohalar

Biznesmenlar Bangkokda

Taylandda qonunni buzmay mehnat qilish uchun yuqori malakali kadr sifatida ishga joylashish kerak bo’ladi. Sababi – oddiy, bilim talab qilmaydigan ishlarni hukumat maxsus ro’yxat qilib, xorijliklar ishlashini taqiqlagan. Quyida siz o’sha ro’yxat bilan tanishib chiqasiz:

A kategoriya (taqiqlanadi)

Qishloq xo’jaligida quyidagilar taqiqlanadi:

  • guruch yetishtirishchar
  • tuz yetishtirish

Bu sohalar Taylandning eksport sohalari bo’lgani sababli faqat tay millatiga mansub bo’lganlargina mehnat qilishi va biznes ochishi mumkin. «Guruch yetishtirish» – 2009-yilda xorijiy kompaniya Taylandning shimoli-sharqida agrobiznes ochgach kelib chiqqan noroziliklar oqibatida taqiqlangan.

Xizmat ko’rsatishda taqiqlanadi:

  • buxgalterlik/hisobchilik
  • ferma
  • arxitektura
  • reklama
  • broker va auksion o’tkazish
  • sartarosh, soch ulovchi/kesuvchi, go’zallik saloni
  • qurilish

Taqiqning asosiy sababi oddiy aholi va qo’shni davlatlardan keladigan mehnat migrantlarining ishini himoya qilish. Mehnat migratsiyasi bo’yicha Taylandning ASEAN tarkibiga kiruvchi boshqa davlatlar bilan qandaydir kelishuvi bor, unga ko’ra qo’shni davlatlardan keladigan mehnat migrantlari ishga joylashishida yengillik (yoki ustunlik) beriladi.

B kategoriya (taqiqlanadi)

Qishloq xo’jaligi biznesida quyidagilar taqiqlanadi:

  • orxideya o’stirish
  • bog’dorchilik
  • chorva mollari va ipak qurtini parvarishlash/yetishtirish
  • yog’och homashyosi (daraxt o’stirish, tayyorlash)
  • baliqchilik

Industriya va hunarmandchilikda:

  • guruchni frezerlash
  • tegirmonchilik, un tayyorlash
  • shakar, alkogol va non-alkogol ichimliklar ishlab chiqarish
  • muzqaymoq ishlab chiqarish
  • farmatsevtika
  • yog’och, oltin, tilla va qimmatbaho toshlarni saqlash xizmati
  • o’ymakorlik, lakirovka, gugurt tayyorlash, sement (va shu kabi qurilish materiallari) tayyorlash
  • kiyim va poyafzal ishlab chiqarish
  • nashriyot, gazeta chop etish, ipak mato chiqarish va ipakga chop etish
  • ipakdan mahsulotlar tayyorlash

Savdo:

  • C kategoriyada bo’lmagan savdo bilan shug’ullanish
  • Ovqat va ichimliklar sotish **
  • Antikvar va tasviriy san’at namunalarini sotish

Xizmat ko’rsatish:

  • Tur agentlik
  • Mehmonxonalar, mehmonxona menejmenti bundan mustasno
  • Fotografiya, tozalash, kiyim tikish va xizmat ko’rsatish kasblari

Yer, suv va hokazo:

  • Transportatsiya

C kategoriya (ruxsat etiladi)

Quyidagilarda tegishli ruxsat va viza rasmiylashtirilgach ishlash mumkin:

Eksport

  • A va B da ko’rsatilmagan ulgurji savdo
  • Ombor uchun qurilmalar, uskunalar
  • Turizmni targ’ib qiluvchi yegulik va ichimliklar sotish **
  • Industriya ha hunarmandchilik

Biznes:

  • Hayvonlar uchun ovqat ishlab chiqarish, o’simlik yog’i chiqarish
  • Tekstil, bo’yash, matoga chop etish, shish mahsulotlari chiqarish
  • Likopcha va kastryullar chiqarish
  • Statsionar va bosma qog’oz, tuz qazib olish ***

** Ichimlik va ovqatlarni faqat sayyohlar uchun sotish mumkin, mahalliy aholi do’konlarida sotish mumkin emas.

*** Tuz ishlab chiqarish mumkin emas, lekin qazib olishga xorijliklarga ruxsat beriladi. Buning sababi tuz qazib olish katta harajat talab etadi.

Ba’zi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

  • barmen yoki sotuvchi bo’lib ishlash mumkin emas, Lekin restoranda biznes egasi yoki menejer bo’lib ishlash mumkin.
  • ro’yxatda bo’lmagan sohalarga ruxsat beriladi. Masalan dasturlash sohasiga ruxsat bor.