Bangkokda qo’lga tushgan 11 o’zbek qizi

Bangkokda qo'lga tushgan fohishalar

O’zbeklar haqida Taylandda juda kam maqola chiqadi, adashmayotgan bo’lsam, bir yil ichida 1ta xabar o’qidim shekilli. Uni ham yaxshi deb bo’lmaydi:

Big Joke bags eleven Uzbek prostitutes in Nana, Bangkok

Ok, bir boshidan boshlaymiz.

Big Joke sirkdagi masxaraboz emas, u immigratsiya bosh ofitseri. Big Joke laqabini uning publikaga ko’p o’ynagani uchun o’ylab topishgan bo’lsa kerak. U Tayland mediasida hisobotlar bilan chiqib turadi.

O’zbek ***… Ular bizdan ko’ra rivojlangan istalgan davlatda topiladi. Taylandda ham qo’nim topganlari bor ekan. Bu axloqsizlik allaqachon o’zbekning virusi bo’lib ulgurgan (chet elda yuradiganlar bilishadi).

Nana – Bangkokning «spalniy» tumani.

Big Joke jamoasi sentyabrdan noyabr oyi boshigacha «X-Ray» operatsiyasini boshlab, mamlakatda noqonuniy yurgan yoki noqonuniy ishlayotgan muhojirlarni ovlash ishlarini olib bordi. Ular asosan qoratanli (afrikalik, hind, pokistonlik, va hokazo) odamlardan shubhalangan. «Biz avval ularning o’zini topamiz, keyin hujjatlarini tekshiramiz» deb rasistik bayonot bergan ham immigratsiya ofitserlaridan biri bo’ladi. Tekshiruv xorijlik ekspatlarda vahima uyg’otdi, hatto rus forumlarida pasportni yoningizda olib yuring deb tavsiya ham berishdi.

O’zbek qizlar shug’ullangan iflos ish Taylandning xorijliklar uchun ruxsat berilgan kasblar ro’yhatida yo’q, unday ish umuman kasblar ro’yhatida yo’q (shuning uchun taylandliklar massaj ko’rinishida maskirovka qilishadi). Ular katta ehtimol bilan turistik viza asosida ishlashgan. Immigratsiya ofitserlariga ham qizlarning raqobatchilari yetqizgandir.

Qo’lga tushganlarning ahvoli nima bo’ldi, bilmadim. Shtraf, deportatsiya va Taylandga kirishga taqiq bo’lsa kerak.

Nima deyishga hayronman. Axloqsizlikka qarshi kurashish kerak, baraka topgurlar. Sharmandalik!

Manba:
https://www.thaivisa.com/forum/topic/1066553-big-joke-bags-eleven-uzbek-prostitutes-in-nana-bangkok/