UzAirways’ning Bangkokga reyslari haftasiga ikkitagacha kamaygani sababli, hafta ohirida Bangkokga uchish uchun AirAstana’ning Toshkent-Almati-Bangkok reysiga chipta olishga majbur bo’ldim. Ikki kompaniyaning chiptalari orasidagi farq $20 orasida edi. Deyarli bir xil narxdagi chipta AirAstana va UzAirways’ni solishtirish imkonini beradi.
Air Astana‘ning afzalliklari:
– Vebsayti qulay va zamonaviy. Kompaniya saytida bilet sotib olish jarayonida bepulga o’rindiq joyini va ovqat turini (vegetarian, halol) tanlash imkoni bor.
– Kompaniya reys haqida email va sms bildirishnoma berib turadi. Reys yarim soatga kechiksa ham ogohlantiradi.
– Toshkent-Almati reysiga Embraer yangi E190-E2 samolyot qo’yilgan. Shuningdek, Almati-Bangkok reysidagi Boeing 767 ham yangidek holatda.
– Bir yarim soatlik Toshkent-Almati reysida ham ichimlik va shirinlik berishadi.
– Almati-Bangkok reysi 2 yarim soatga kechikdi, shu sababli styuardessalar aeroport hududida reys yo’lovchilariga ichimlik taklif qilishdi.
– Reyslarda wifi bor, tarmoqqa ulanib film ko’rib ketish mumkin. Mediatekasida yangi filmlar ko’p. Boeing 767 o’rindiq-planshetlari zamonaviyroq, ishlatishga qulay.
– Almati-Bangkok reysida yo’lovchilarga puflanadigan bo’yin-yostiq, ko’zyopqich (uxlash uchun), krem, va boshqa yo’lovchilar uchun zarur bo’lgan aksessuarlarni taqdim etishadi.
– Ovqat borasida xilma-xillik ko’proq. Yegulik tarqatishdan avval menyu berib chiqishadi. Yo’lovchilarda 2-3 variant ichidan tanlash imkoniyati va tanlovga vaqti bo’ladi.
Uzairways afzalligi:
– Bangkokga to’g’ridan-to’g’ri parvoz.
Xulosa
Keyingi safarlarda, birinchi navbatda albatta AirAstana’ning takliflarini ko’rib chiqaman.