WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Karyera, Linkedin va rekruiterlar

Karyera, linkedin va rekruiterlar

Odatda blogda karyera haqida köp yozmayman, ammo tajriba davomida menda yiğilib qolgan foydali ma'lumotlarni berib boriş zarar qilmasa kerak.

Karyera

Hozir ham rawpixel foto-stok startapida dastur injeneriman. Saytning 85-90% frontend qismida mehnatim singgan. Hozirda fevral oyida jamoamizga qöşilgan Janubiy Afrikalik Maykl ham frontendga yordam bermoqda. Frontendda JS kodni ES6 sintaksisida yozamiz, şablonlar uçun MustacheJS işlatamiz. CSS uçun Tailwind + PostCSS. Icon-fontlarni generatorda yasaymiz. Barçasini Webpack + Gulp da kompilyatsiya qilamiz. Kelajakda Reactga ötkaziş niyatimiz bor, faqat yangi özgarişlardan ortib saytni Reactda yozib çiqişga vaqt yetmayapti.

Backendning asosiy qismi afsuski hamon Drupalda. GET zaproslar uçun Nodejs API, POST zaproslar uçun Drupal API endpoint işlatamiz. Media fayllarni Amazon S3 da saqlaymiz, rasmlarni Imgix orqali thumbnail'larini olamiz. Bundan taşqari backendda microservislar işlab turadi.

Dasturlaş muhiti uçun Docker'dan foydalanamiz. Relizlarni Jenkins'da çiqaramiz.

Tölov uçun Taxamo + Stripe. Taxamo tanlangan billing davlatga qarab, öşa davlat stavkasidagi soliqni generatsiya qiladi. Stripe podpiskalar uçun juda qulay.

Proyekt uçun Agile metodologiyasidan foydalanamiz. Vazifalar Trello'da beriladi. Korporativ chat uçun Slack'ni işlatamiz.

Keyingi oy rawpixelga kelganimga 2,5 yil bölarkan. Meni bu yerga nima boğlab turipti? Birinçi navbatda, tajribali, adekvat dasturçilar va yaxşi team-leaderning borligi. Örganadigan narsalarim hamon köp, backendda Stack, Microservices'ni örganişim kerak. System design - katta tizimlarni loyihalaş böyiça bilimim ham yöq. rawpixeldagi missiyam kamida proyektning frontend qismini Reactga ötkazgunimizça davom etişiga umid qilaman.

Tprogerda "Как попасть в Google: инструкция по подготовке" maqolasini öqib, Google'ga işga kirişga harakat qilib körmoqçi böldim. Dastlab Leetcode'da masalalar yeçişni boşladim. Ungaça behavioral job interview'ga ham tayyorlangandim. Leetcode'da 75taça masala yeçgandan keyin motivatsiya yöqoldi. Şunçaki AQŞga borişni xohlamayapman.
UPD: Algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmasini örganişni boşladim.

Mavzu böyiça: Yaşaş va işlaş uçun qulay şaharlar.

Linkedin

Linkedin profilimga Bangkokdagi rekruiterlardan iş takliflari kelib turadi. rawpixelga boğlanib qolganim uçun ularga keyingi yilgaça iş joyimni almaştirmoqçi emasman, deb aytaman.

Ötgan yili FoodPanda Singapore taklifiga jiddiy qiziqdim, intervyudan ötmadim lekin. Ularga Go dasturçi köproq zarur ekan. Men Göni endi örganişni boşlagandim.

Yanvarda eski taniş rekruiter yana Sofiyaga (Bolgariya) işga çaqirdi. Millatçi şahar va yana Drupalga qaytiş - yöq, uzr.

Sönggi vaqtlarda Linkedin'da özbek dasturçilaridan connection request'lar köpayib qoldi. Dasturçilar köpayvotgani uçun xursandman, 8-9 yil oldin Toşkentdagi dasturçilar bir birimizni yaqindan bilmasakda, 1-2 aloqa orqali kim bilandir birga işlagan bölib çiqardik.