WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Tartiblaş. Insertion sort

Insertion sort

Algoritmlar böyiça navbatdagi maqolalar tartiblaş metodlari haqida böladi. Eng oson va oddiy tartiblaş algoritmlaridan biri - Insertion sort. U array elementlarini soliştirib, elementlarning örnini almaştiriş hisobiga tartiblaydi.

Insertion sort'ning ustunliklari:

  • Oddiy algoritm
  • Kiçik array'lar uçun mahsuldorlik yuqori

Kamçiliklari:

  • Katta array'larda mahsuldorlik pasayib ketadi, sababi juda köp soliştirişlarni amalga oşiriş kerak böladi.
  • Upper bound - ¼ N2 ~ O(N2). Algoritm mergesort va quicksort bilan soliştirganda yaxşi natija körsatmaydi.

Işlaş konsepti

  1. Arrayning ikkinçi elementini birinçi elementi bilan soliştiramiz. Agar ikkinçi element katta bölsa, birinçi element va ikkinçi element örnini almaştiramiz.
  2. Arrayning uçinçi elementini ikkinçi elementi bilan soliştiramiz. Agar uçinçi elementi ikkinçi elementidan katta bölsa, uçinçi va ikkinçi element örnini almaştiramiz. Söng 1-qadamni takrorlaymiz.
  3. Arrayning törtinçi elementini uçinçi elementi bilan soliştiramiz. Agar törtinçi elementi uçinçi elementidan katta bölsa, törtinçi va uçinçi element örnini almaştiramiz. Söng 2-qadamni takrorlaymiz.

Animatsion körinişda:

Insertion sort Insertion sort

Kod:

*Note: Funksiya faqat integer sonlarni töğri tartiblaydi. Harflarni yoki string sonlarni tartiblaş uçun "<" dan boşqa amalni işlatiş kerak. Masalan, ES6 uçun *String.prototype.localeCompare() ni işlatib köring.

Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/sorts/insertion-sort.js


Mavzu böyiça savollarni Github'dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository'da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin.