Quyidagi maslahatlar dasturchi uchun rezyume yozishda asqotadi deb umid qilaman.
Rezyume ni bir varaqdan oshirmang.
Vaqt qisqa, umr qisqa. 😉
HR menedjerlar har bir vakansiyaga ko’plab rezyumelar qabul qilishgani uchun, bitta rezyumeni batafsil o’rganib chiqishga vaqt ko’p sarflashmaydi. Shu sababli, ikki varaq va undan ko’p rezyumelarning birinchi varag’idan keyin o’qilmasligi ehtimoli katta.
Shuning uchun rezyumeyingizni bir varaqgacha qisqartiring.
Nimalar hisobiga qisqartirish mumkin?
- Rasm kerakmas. AQSH va Yevropadagi kompaniyalar rasmi bor rezyumelarni xush ko’rishmaydi. Sababi agar nomzod rad etilsa, u «tashqi ko’rinishim bois ishga qabul qilinmadim» deb kompaniyani sudga berishi mumkin.
- Manzilingiz kerakmas. Aloqa ma’lumotlari sifatida ism-familiya va email yetarli. Rekruiterlar email orqali aloqaga chiqishadi.
- Ko’p joylarda ishlagan bo’lsangiz, ish joyingizda nimalar bilan shug’ullanganingiz haqida qisqaroq yozishga harakat qiling.
- Hobbi va qiziqishlaringizni yozish umuman kerakmas.
- Qaysi maktab, va kollejda o’qiganingiz qiziqmas (Agar Ivy League kollejlaridan birida bo’lmasa).
P.s. Agar sizda bakalavr diplomi yo’q bo’lsa, xorijdan ish topish qiyinlashib ketadi, chunki diplom sizni oliy toifali mutaxassis sifatida ishga olishlari, hamda sizga viza olishlari uchun muhim.
Mos texnologiyalarni kiriting
Biladigan dasturlash texnologiyalaringizni ro’yhatini kiritish muhim albatta, ammo kiritganda ham mos texnologiyalarni yozish kerak. Agar PHPda Laravel bo’yicha tajribangiz bo’lsayu, faqat PHPni kiritsangiz, rekruiter qaysi frameworkda ishlaganingiz haqida faqat tahmin qilib ko’radi xolos. 🙂
Boshqa tarafdan, ko’p texnologiyalarni kiritib tashlash, ohir-oqibat rekruiterda bilimlaringiz texnologiyalar bo’yicha umumiy va sayoz degan fikrni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun vakansiyada so’ralgan texnologiyalarni rezyumega kiritish maqsadga muvofiq.
Qo’shimchasiga texnologiyalardan qanday foydalanganingiz haqida ish tajribasi (work experience) bo’limida ham ko’rsatib o’ting.
Rezyumeda sizning butun portolio bo’lishi shartmas. U sizga faqat bir vakansiya bo’yicha intervyuga chiqishingiz uchun kerak xolos.
Bilimlaringizdan ish tajribasida qay darajada foydalanganingizni ko’rsating.
Bilimlarni ko’rsatishdan tashqari, ulardan foydalanib nimaga erishganingizni yozish ham kerak bo’ladi. Masalan:
«Created internal website for agents and management, saving an average $8,000 in labor costs per week.»
Ushbu misolda nomzod o’z bilimidan foydalanib katta proyektni muvaffaqiyatli amalga oshira olgani haqida yozgan.
Nimalarni yozish oldidan kompaniya haqida internetda ma’lumot to’plash ham zarar qilmaydi. To’plangan ma’lumotlar ish tajribasida vakansiya mos matn yozishga yordam beradi.