Priority queue. Ustuvor navbatlar ma'lumotlar töplami

Priority queue (PQ) - huddi stack va queue kabi ma'lumotlar töplami. Yagona farqi - qaysi element öçirilişida. Stack'da ohirgi qöşilgan element birinçi bölib öçirilsa, queue'da birinçi qöşilgan element birinçi öçiriladi. PQ'da esa biz ustuvor bölgan elementni (eng katta yoki eng kiçkina elementni) öçiramiz. PQ ikki amalni bajaradi: qöşiş (insert) va maksimumni (yoki minimumni) öçiriş (remove).
Priority Queue — algs4.cs.princeton.edu
Priority queue uçun API yoziş
Priority queue'ning ikki amali bölgani uçun, unga API yozib keyin boşqa funksiyalarda işlatiş qulay. Javascriptda Priority queue'ni ikki xil uslubda, tartiblangan array (ordered array) va tartiblanmagan array (unordered array) körinişda ifodalaşimiz mumkin.
**Tartiblangan array. **PQ'ga ma'lumot qöşilganda u array'ning ohiriga qöşiladi. Söngra array Mergesort yordamida tartiblanadi. Ma'lumot öçirişda PQ ning prioritetiga köra, arrayning eng kiçik elementi - birinçi elementi yoki arrayning eng katta elementi - ohirgi elementi arraydan öçirilib, uning qiymati qaytariladi. Demak PQ'ni tartiblangan array körinişida ifodalaganimizda ma'lumot qöşiş - O(N log N) - tartiblaş hisobiga, ma'lumotni öçiriş O(1) böladi.
Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/priority-queues/priority-queues-ordered-array.js
Tartiblanmagan array. PQ'ga ma'lumot qöşilganda u array'ning ohiriga qöşiladi, ammo tartiblanmaydi. Ma'lumot öçirişda PQ ning prioritetiga köra, arrayning minimum yoki maksimum elementi indeksini topadi, söngra uni arrayning ohirgi elementi bilan soliştiradi. Agar minIndex yoki maxIndex arrayning ohirgi elementiga teng bölmasa, ularning örnini almaştiradi. Keying arrayning ohirgi elementini öçirib, qiymatini qaytaradi.
PQ'ni tartiblangan array körinişida ifodalaganimizda ma'lumot qöşiş - O(1), ma'lumotni öçiriş O(N) böladi.
Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/priority-queues/priority-queues-unordered-array.js
Ordered yoki unordered array versiyasidan foydalaniş, PQ'ning nima maqsadda işlatilişiga boğliq. Agar PQ'ning insert funksiyasi köp işlatilsa, unordered array foydaliroq; delete funksiyasi köp çaqirilsa, ordered array varianti tezroq işlaydi.
Şuningdek, PQ'ni implementatsiyasi uçun binary heap ma'lumot tuzilmasidan foydalaniş mumkin. Binary heap haqida keyingi maqolada gaplaşamiz.
Işlatişga misol
Faylda tranzaksiyalar röyhati mavjud. Röyhat uzunligi 1,000,000 yozuvdan ortiq.
Turing 6/17/1990 644.08 vonNeumann 3/26/2002 4121.85 Dijkstra 8/22/2007 2678.40 vonNeumann 1/11/1999 4409.74 Dijkstra 11/18/1995 837.42 Hoare 5/10/1993 3229.27 vonNeumann 2/12/1994 4732.35 Hoare 8/18/1992 4381.21 Turing 1/11/2002 66.10 Thompson 2/27/2000 4747.08 Turing 2/11/1991 2156.86 Hoare 8/12/2003 1025.70 vonNeumann 10/13/1993 2520.97 Dijkstra 9/10/2000 708.95 Turing 10/12/1993 3532.36 Hoare 2/10/2005 4050.20 ...
Biz röyhatning hammasini ekranga çiqara olmaymiz yoki array'ga yiğa olmaymiz, kontent juda katta bölib ketadi. Şuning uçun biz maksimum qiymatdagi 5ta tranzaksiyani tanlab olamiz. Maksimumni topiş uçun narxlarni soliştiramiz.
Fayldan öqiş funksiyasining time complexity - O(M * N). M bu yerda 5 - max tranzaksiyalar soni.
Mavzu böyiça savollarni Github’dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository’da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin.