WALKER

Dasturchi, frilanser, gik va introvert

by Sherzod Shermukhamedov

Tartiblaş. Mergesort

Mergesort

Mergesort effektiv tartiblaş algoritmlaridan biri bölib uning işlaş prinsipi "bölib taşla va hukmronlik qil" (divide and conquer) tamoyiliga asoslanadi. U tartiblaş jarayonida röyhatni (array'ni) ikkiga böladi, ikki tarafini yana ikkiga böladi, ikki tarafini yana ikkiga böladi, ... ikki tarafda bitta son (yoki bir tarafda bitta son) qolgunça bölişda davom etadi. Keyin ularni tartiblaşni boşlaydi. Bittalik yonma-yon turgan sonlar tartiblanib bölingaç, ularni array sifatida birlaştiriladi. Birlaştirilgan, yonma-yon turgan ikkita elementli array'lar özaro tartiblanadi va birlaştiriladi. Keyin törtta elementli arraylar özaro tartiblanib birlaştiriladi. Şu tariqa bölaklar bitta butun array'ga yiğilgunça davom etadi.

Mergesort'ning effektivligi - uning işlaş vaqtida, time complexity - O(n log n). Insertion sort va Selection sort bilan soliştirganda, işlaş vaqti ança samarali.

Işlaş prinsipi

Mergesort vizualizatsiyasi Mergesortning işlaş prinsipi. Image credit: https://link.medium.com/xxbF3brb09

Mergesort işlaş prinsipi Mergesortning işlaş prinsipi. Image credit: https://link.medium.com/xxbF3brb09

Kod

Mergesort'ni tuşunib oliş biroz murakkabroq. Kodda izohlar yozib çiqdim, agar tuşunarsiz joylari uçrasa Çrome'da Developer Tools'ni oçib, Console tab'da quyidagi kodni işga tuşirişingiz mumkin. Tuşunarsiz joylariga console.log() qöyib tekşirasiz.

*Note: Funksiya faqat integer sonlarni töğri tartiblaydi. Harflarni yoki string sonlarni töğri tartiblaş uçun «> <» dan boşqa amalni işlatiş kerak. Masalan, ES6 uçun *String.prototype.localeCompare() ni işlatib köring.

Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/sorts/mergesort.js

Rekursiv funksiyani tuşunişga qiynalsangiz, iterativ varianti ham bor:

*Note: Funksiya faqat integer sonlarni töğri tartiblaydi. Harflarni yoki string sonlarni töğri tartiblaş uçun «> <» dan boşqa amalni işlatiş kerak. Masalan, ES6 uçun *String.prototype.localeCompare() ni işlatib köring.

Kod Githubda: https://github.com/Webmaxor/leetcode-solutions/blob/master/algorithms/sorts/mergesort-bottom-up.js


Mavzu böyiça savollarni Github’dagi Webmaxor / leetcode-solutions repository’da yozişingiz yoki kodda **Reference in new issue **ni bosib, qoldirişingiz mumkin.