Agile metodologiyalari. Kanban vs Scrum

Agile yondaşuvi jamoalarni innovatsiya qilişga, özgarişlarga tezda reaksiya bildirişga undaydi. Şu sababli kompaniyalar agile metodologiyasini qöllaşga, şu jumladan, Scrum, Kanban, Lean kabi freymvorklaridan foydalanişga harakat qilişadi.
Biz "agile soyaboni" (agile umbrella) deb ataydiganimiz - freymvorklar töplami quyidagilarni öz içiga oladi:
- Scrum
- Kanban (vizual iş jarayoni)
- XP (ekstremal dasturlaş)
- Lean
- DevOps
- FDD (özgarişlarga (features) urğu berilgan dasturlaş)
- TDD (testlaşga urğu berilgan dasturlaş)
- Crystal
- DSDM (Dinamik tizimlarni işlab çiqiş metodi)
- ASD (Dasturiy ta'minotni moslaşuvçan (adaptiv) darajada işlab çiqiş).
Agile soyaboni
Quyida biz freymworklardan ba'zilarini körib çiqamiz.
Lean
Lean metodologiyasi dasturga qiymat qöşmaydigan barça narsa çiqarib taşlanişi va ayni vaqtda kerakli bölgan işlar bilan band bölişni nazarda tutadi. Çiqarib taşlaşga befoyda yiğinlar (meetings), vazifalar va dokumentatsiyalar kiradi. Şunningdek çiqarib taşlaş oqibatida paydo böladigan qöşimça vaqt kelajakda kerak böladigan özgarişlarga sarflanişi kerak.
Tuşunarliroq tilda aytganda - dasturlaşdan boşqa narsalarga e'tibor bermay, faqat mijoz xohlayotgan funksiyani tezda yetkazib berişni nazarda tutadi.
Lean yondaşuvi 5 qadamdan iborat (rasmda).
Lean yondaşuvining 5 qadami
Scrum
Scrum - tayyor mahsulotni olişni tezlaştiriş va mijozning biznesi qiymatini oşiriş uçun jamoa işlaydigan freymwork. Jamoa odatda Scrum-master, loyiha egasi (mijoz) va dasturçilardan iborat böladi. Scrum'da asosiy e'tibor kiçik yangilanişlarni öz içiga oladigan tezkor iteratsiyalarga asoslanadi.
Iteratsiyalar yana qisqa sprint ham deb nomlanib, har bir iteratsiya davri 1-4 haftagaça yetadi. Mijoz (loyihaning buyurtmaçisi) har bir sprint ohiridagi yiğilişda iştirok etib, özgarişlarni körişadi va yangi sprint uçun vazifalarni taqdim etişadi.
Scrum
Scrum master va mijozning jamoada bölgani sababli, ularni har kuni qilinayotgan işlar haqida boxabar qilib boriladi. Buning uçun örtaça 15 daqiqa davom etadigan Scrum stendaplar (qisqa majlislar) taşkil qilinadi. Bunda sprint maqsadi böyiça jamoaga uçta savol qöyiladi:
- Keça nima işlar qilindi?
- Bugun jamoa nimani rejalaştiryapti?
- Maqsadga erişiş uçun nima tösiq bölyapti?
Scrumning ustunliklari:
- Scrum jamoa içida ma'lumotlarning oşkoraligi
- Jamoalarning vazifa bilan özini-özi ta'minlay olişi
- Jamoaning har bir a'zosi öz işiga özi javob berişi sababli motivatsiyaga ega
- Bozor talablaridan kelib çiqib, riskni kamaytiriş
Kamçiliklari:
- Scrum masterga boğlanib qoliş
- Birneça scrum jamoalar bir-biriga yaqin funksiyalar ustida işlaganda, jamoalarning öz işi bilan taniştirişi uçun majlislarda birga qatnaşişi kerakligi.
Kanban
Kanban jamoaga öz işini vizuallaştiriş imkonini berib, samaradorlikni oşirişga yordam beradi. Kanban odatda raqamli yoki oddiy doskani taqdim etadi.
Kanban
Jamoaning vazifalari doskada işning qaysi jarayondaligiga qarab kerakli ustunlarda joylaşadi:
- Iş hali boşlanmagan (To-do)
- Iş jarayonida (In progress)
- Testlaşda (Testing)
- Topşirildi (Delivered)
Şaroitga qarab ustunlar sonini oşiriş mumkin. Masalan hali aniqlaştirilmagan vazifalar uçun "need specification", yoki live'ga çiqqan özgarişlarni "Deployed to live" kabi ustunlar qöşiş mumkin.
Kanban jamoa a'zolarining har biriga vazifalarning holatini körib turiş imkonini beradi. Kanban doskasida, ayniqsa "In progress" ustunida bir vaqtning özida qança iş bajarilişiga limit qöyiladi. Bu samaradorlikni uşlab turişga va ortiqça production relizlardan himoya qiladi.
Raqamli doska sifatida özim işlatgan birneça web-dasturlarni keltirib ötaman:
Kanban'ning Scrum'dan farqi nima?
Kanban'da:
- Aniq belgilangan rollar yöq
- Continuous Delivery. Relizlar yöq, tayyor bölgan özgariş live'ga çiqib ketadi
- Istalgan vaqt özgartiriş kiritiş mumkin
Scrum'da:
- Scrum master, mahsulot egasi, jamoa a'zosi kabi rollar bor
- Aniq belgilangan vaqtga ega sprintlar
- Qilingan özgarişlar töplanib bittada live'ga çiqadi
- Sprint örtasida özgartiriş kiritilmaydi