Vaqt qadri
Tom Kruz ishtirok etgan «Грань будущего» (Edge of tomorrow) kinosi yoqadi. O’lgach 24 soat orqaga qaytib qoladigan qahramon – Keyj (Kruz), har safar biror narsani o’rganib, tajribasi ortib boradi.
Dasturchi, frilanser, gik va introvert
Ushbu sahifada biror voqeaga munosabat maqolalarimni bildirib boraman. Ko’p hollarda maqola biror ijtimoiy tarmoqdagi uzundan-uzoq kommentim yoki postim nusxasi bo’ladi.
Tom Kruz ishtirok etgan «Грань будущего» (Edge of tomorrow) kinosi yoqadi. O’lgach 24 soat orqaga qaytib qoladigan qahramon – Keyj (Kruz), har safar biror narsani o’rganib, tajribasi ortib boradi.
Uzoq vaqt bu mavzuga aralashmay, ohiri nima qilisharkan deb kuzatib turdim. Hammasi avvaldan rejalashtirilganidek, didsizlik bilan blokirovka qilishga tushishdi.
Taylanddagi ekspatlar orasida yaqin ikki oy ichidagi muhokamalardan biri – amerikalik o’qituvchining Koh Chang orolidagi resortlardan birida bo’lib, yomon baho qo’ygani uchun, tuhmat qilish ayblovi bilan sudga berilgani bo’ldi.
Telegramdagi guruhda ko’rganim – uch o’git videosi haqida ba’zi fikrlar.
Koronavirusni yahudiylar fitnasiga bog’lash nazariyasi haqida o’zbek blogerlari biror narsalarni yozishyapti. Telegramdagi sinfdoshlar guruhida ushbu blogpost haqida fikrimni so’rashgandi. Guruhda yozganlarimni umumlashtirib, maqola sifatida bu yerga ham qo’shib qo’ydim.
Rus tiliga rasmiy maqom berish, umuman boshqa tilga rasmiy maqom tirkash aslida yomonmas. Masalan Singapurning dastlabki bosh vaziri maktablarda ingliz tilini asosiy til sifatida qo’llashni boshlagan. O’shanda ham Singapur aholisining asosiy qismi – kelib chiqishi xitoylik bo’lgan xalq va media uni davlatga xiyonatda, o’tganlarni unutishga majburlayotgani haqida bong urgan…
Yakshanba kuni Yangi Dehlida hind ruhoniylari va ularning muridlari – 200 mingdan ortiq odam Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Hind millatchi partiyasidan Ayodhyadagi masjid xarobalari o’rniga hind ibodatxonasini tiklashni talab qilib chiqishipti.
Tayland hukumati yangi yil oldidan yordam sifatida ro’yhatdagi kam ta’minlangan odamlarning kartalariga 500 bat ($16) tushirib berdi.
Salkam 23 ming AQSH dollariga baholanayotgan «o’zbekcha» Tracker – qimmat, «avtomat korobkali» pozitsiyasi esa 26 ming ekan, juda qimmat!
O’zbeklar haqida Taylandda juda kam maqola chiqadi, adashmayotgan bo’lsam, bir yil ichida 1ta xabar o’qidim shekilli. Uni ham yaxshi deb bo’lmaydi.